2 Mavzu Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi


 Turistik maxsulotning baholanishi, narx belgilashga ta’sir qiluvchi



Download 330,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.03.2022
Hajmi330,77 Kb.
#516318
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Mavzu Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi

3.3. Turistik maxsulotning baholanishi, narx belgilashga ta’sir qiluvchi 
omillar 
Turistik maxsulotning sotilishida rol o’ynagan eng ahamiyatli omillardan 
biri maxsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy bo’lib eng ta’sir 
qiluvchi strategik o’zgaruvchanlikdir. Narx omili xususan o’rta tabaqa turistlar 
tomonidan kuzatilgan hodisadir.
Turizm sektorida turli xizmat va maxsulotlar savdosida narx omili sotib 
olish omillaridan keyin ikkinchi o’ringa tusha boshladi. Bir mehmonxonaning 
narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olishga majbur emas. Boshqa 
arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma’lumot olishni ham hohlaydi. yetarli 
ma’lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik maxsulotni 
sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya 
qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik maxsulotning aralash xususiyatda 
bo’lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko’p omillarga bog’liqdir. Turistik 
maxsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz: 
- Turistik korxonalarda maxsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning 
tuzilishi va raqobat shartlari o’rganishi lozimligi; 
- Turistik maxsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qilishi
- Turizm sohasida bozorning strukturasi, raqobatdosh va monopolistik bozorlar 
ekanligi; 
- Turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo’lmaydi. Talab ko’p bo’lgan 
davrlarda narxlar yuqori bo’ladi, talab kam bo’lganda narxlar past bo’ladi.
Turizm sohasida narx belgilashga quyidagi omillar ta’sir qiladi.
1. Tannarx
Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol o’ynaydi. 
Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o’zgaruvchan. Barqaror tannarxning 
to’g’ri bir shaklda hisoblanishi oson bo’lgani uchun turistik korxonalardagi 
o’zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o’rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir. 


2. Korxonaning o’rni va joylashgan yeri 
Turistik maxsulot joylashgani yerning bozorgacha bo’lgan masofasi, tabiiy 
va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir 
qilmoqdadir. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mehmonxonalar bilan 
Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar qo’llaniladi. 
3. Bozordagi raqiblarning narxlari 
Bir turistik maxsulotning narxi, bozordagi mavjud bo’lgan o’xshash
maxsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo’lishi kerak. Ishlab chiqarilgan tovar 
va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko’ra korxonalar bozor narxidan past 
yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. YAngi bir maxsulotning bozorga ilk kirishida 
asosan boshqa maxsulotlarnikidan past narx qo’yadilar. Bozor narxidan yuqori bir 
narx belgilagan korxonalar, maxsulotlarning o’xshash maxsulotlardan farqli sifati 
va xususiyatlarga ega bo’lishini yaratishga majburdir. 
4. Istemolchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari 
Iste’molchilar turizm xizmatlaridan faqat o’z byudjetlariga mos bo’lgan 
miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo’lsa u maxsulotlarga bo’lgan talab 
kamayadi, shu sababli talab belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish 
kerakdir. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo’lmoqdadir. Ba’zan 
korxonalar narxlarni xalqaro talabiga moslab hosil qilmoqtadirlar. 
5. Ishlab chiqarish hajmi 
Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o’lchovlariga 
bog’liq bo’lib ham turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to’liqlik 
nisbatlariga ko’ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma’lum bir miqdorda 
narxlarni tushirish hollari bo’lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash 
korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib korxonaning 
barqaror chiqimlari ko’riladi.

Download 330,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish