qattiq yoki suyuq moddalar xossalariga ega bo‘lishi, plastik moylarning o‘ziga xos
xususiyatidir. Ular uzluksiz moy berib turish imkoni bo‘lmagan ishqalanish
uzellarida.
shuningdek, katta solishtirma yuk (nagruzka) tushadigan hamda kichik
tezliklarda ishlaydigan, germetiklash qiyin bo‘lgan uzellarda ishlatiladi. Bu moylar
sirtlarning ishqalanishi va yeyilishini kamaytiradi, shuningdek, ulami
korroziyalashdan saqlaydi.
Plastik moylar och sariq rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘lgan, ba’zan qora
rangli (grafitli) yoki ko‘k rangli mazsimon mahsulotdir. Ular bir jinsli bo‘lishi,
tarkibida
erimay qolgan qismlar, abraziv aralashmalar va suv bo‘lmasligi, yaxshi
barqarorlikka ega bolishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim.
Harakatlanuvchi qismlardan sachrab
ketmasligi uchun, ishqalanuvchi
qismlar orasidan chiqib oqib ketmasligi uchun, yetarli mustahkamlikka ega bo‘lishi
kerak.
1. Yetarli mustahkamlik xossasi.
Mustahkamligi juda yuqori bo‘lishi ham yomon,
chunki ishqalanuvchi jufflar
orasiga moy yetib bormaydi, natijada qismlar yediriladi. Masalan, eshiklar,
qulflar
tez yediriladi. Mustahkamlik chegarasi kichik bo‘Isa, surkov moy shuncha
yumshoq bo‘ladi.
2. Qovushqoqlik xossasi.
Surkov moylarining qovushqoqligi deformatsiya tezligiga bog‘liq bo‘lib,
deformatsiya tezligi ortishi bilan qovushqoqlik kamayadi.
3. Issiq bardoshlik va sovuqbardoshlik xossalari.
Sovuqbardoshlik - past haroratda qotib qolmaslik xususiyatidir.
4.
Mexanik stabillik - surkov moyining deformatsiyadan keyin o‘z
xossalarini saqlash xususiyatidir. Intensiv deformatsiyadan keyin moyning
xossalari o‘zgaradi. Mustahkamlik chegarasi pasayadi yoki oshadi.
5. Suvga chidamlilik xossasi - o‘ziga
suv yuqtirmaydi, suv bilan reaksiyaga
kirishmaydi.
6. Tirnalish va yedirilishga qarshi xossalari.
Surkov moylari vazifasiga (ishlatilish sharoitiga) qarab uch turga bo‘linadi:
1. Antifriksion surkov moylari ishqalanishni kamaytirish va yedirilishni olidini
olish uchun ishlatiladi.
2. Konservatsion surkov moylari metallami korroziyadan saqlash uchun
(himoya moylari) mashina va mexanizmlami
saqlash va ishlatish vaqtida
korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi.
3. Germetiklash uchun ishlatiladigan - zichlov surkov moylari.
Ishqalanuvchi qismlarga surtish uchun mo'ljallangan moylarning ko‘pi sovun
bilan quyultiriladi. Sovunlar turli yuqori molekulali yog‘li kislotalaming tuzlaridan
iborat Asosan, kalsiyli, litiyli, natriyli, bariyli va alyuminiyli sovunlar ishlatiladi.
Quyultirilgich sifatida sovundan tashqari uglevodorodlardan foydalaniladi.
Antifriksion surkov moylari tarkibidagi quyultiruvchi sovun turiga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.
Kalsiyli surkov moylari (Ka) - quyultirgich
- sovun tarkibiga kiradigan
metailning dastlabki 2 ta xarfi bilan belgilanadi.
2.
Natriy va natriy - kalsiyli surkov moylariga: Uniol-1, 1-13, Yanz-2,
Uniol-3, Uniol-3M moylari kiradi. Bu moylar solidolllarga nisbatan termik
quyuqlashadigan xossaga ega.
3.
Litiyli surkov moylarini ishlatilish sifati yaxshi bo‘lganligi tufayli
dunyo miqyosida yildan yilga keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida Litol-24 birinchi
o‘rinda turadi. U yagona universal moy bo‘lib,
avtomobillarning asosiy
ishqalanuvchi qismlariga surtiladigan barcha turdagi moylarning o‘mini bosishi
mumkin.
4.
Bariyli surkov moylari - haroratda tavsiflari bo‘yicha ham, suvga
chidamliligi bo‘yicha ham litiyli moylardan keyin turadi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: