Transformator chulg‘amlarining ulanish sxemalari.
Uch
fazali
transformatorlarda chulg‘amlarning o‘zaro ulanish sxemalari va chulg‘amlarni
б
а
Истеъмо
лчи
а
o‘ralish yo‘nalishlariga qarab transformator gruppalarga ajratiladi. Bunday
gruppalash amaliy jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa elektr uzatish
liniyalarida trasnformatorlarning parallel ishlashida ulanishlarning amaliy
ahamiyati beqiyos. Masalan, uch fazali tok sistemasidan ma’lumki, faza va liniya
kuchlanishlarining nisbati ulanish turiga bog‘liq. Nol nuqtasi yerga ulangan yulduz
sxemada, faza kuchlanishi liniya kuchlanishidan
marta kichik. Shuning uchun,
katta kuchlanishli (odatda 35 kV dan yuqori) elektr uzatish liniyalari pasaytiruvchi
transformatorining kirish chulg‘amlarini yulduz sxemada ulash fazalarda
kuchlanish kamroq bo‘lishini va mos holda izolyatsiyaning ham arzonroq
bo‘lishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari transformatorning asosiy ko‘rsatkichi-transformatsiya
koeffitsienti kirish va chiqish kuchlanishlarining nisbatiga teng bo‘lib, (9.5)
munosabatga ko‘ra faza va liniya kuchlanishlari bo‘yicha transformatsiya
koeffitsientlari bir xil
k
n
n
U
U
2
1
2
1
yoki
Л
Л
Л
k
n
n
U
U
2
1
2
1
ya’ni
Л
k
k
Chulg‘amlar (Y/ Δ) sxemada
ulanganda
k
k
Л
3
. Chulg‘amlar (Δ /Y) sxemada ulanganda esa
3
k
k
Л
.
Chulg‘amlarning ulanish sxemalaridan tashqari bu chulg‘amlarning o‘zakda
qanday
yo‘nalishda o‘ralgani ham ahamiyatlidir. Kirish va chiqish
chulg‘amlarining o‘zakdagi o‘ralishi yo‘nalishiga va chulg‘amlarning ulanish
sxemalariga qarab qarab transformatorlar ulanish turkumlarlariga (gruppalarga)
ajratiladi. Bu turkumlarda kirish va chiqish kuchlanishlari fazalari bilan
farqlanadi. Bu farq esa, chulg‘amlarning o‘ralish yo‘nalishlarini va chulg‘am
uchlarini qanday tanlashga qarab yuzaga keladi. Masalan 14.4- a rasmdagi
o‘zakda chulg‘amlar bir tomonlama o‘ralgan va chulg‘am uchlarining belgilanish
tartibi ham bir tomonlama A, X, a, x tartibda (tepadan pastga qarab). Bu
chulg‘amlardagi kuchlanishlar (kirish kuchlanishi U
1
, chiqish kuchlanishi U
2
)
ham bir tomonga yo‘nalgan (17-b rasm). O‘zakdan magnit oqimi har ikki (kirish va
chiqish) chulg‘amni bir tomonga qarab kesib o‘tadi. Demak xar ikki chulg‘amdagi
elektromagnitik jarayonlar bir fazada kechadi. Ya’ni hosil bo‘lgan Ye
1
va Ye
2
induksion e.yu.k. larning fazalari ham bir xil (bir tomonga yo‘nalgan), 17- b
rasmga qarang. Elektromagnitik induksiya qonuniga ko‘ra Ye
1
va Ye
2
induksion
e.yu.k.lar U
1
, U
2
kuchlanishlarga nisbatan 180° burchakka siljigan (qarama-
qarshi).
Ulanish sxemalarida turkumlarni belgilash uchun soatning minut va soat
strelkalaridan foydalanish qulay. Bunda soat va minut strelkalari orasidagi burchak
kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi faza siljishni bildiradi. Masalan faza
siljishi 30° bo‘lsa 11 bilan belgilanadi, chunki soat 11
00
da strelkalar orasidagi
burchak 30° bo‘ladi, 180° bo‘lsa soat 6
00
ga mos keladi va hokazo.
14.4 rasmdagi ulanish gruppasida chulg‘amlar (Y/ Y ) sxemada ulangan bo‘lsa,
bunday gruppalash Y/ Y-12 deb, agar chulg‘amlar ( Δ/ Δ ) sxemada ulangan
bo‘lsa, bunday gruppalash Δ/ Δ-12 deb belgilanadi, chunki soat 12
00
da minut va
soat strelkalari ustma- ust tushadi, yoki ular orasidagi burchak 0° ga (yoki 360° ga)
teng.
14.4-rasm. Chulg‘amlarning ulanishini gruppalashga doir:
a-chulg‘amlarning o‘ralishi va chulg‘am uchlarining belgilanishi; b-chulg‘amlar
dagi kuchlanish va e.yu.k. lar yo‘nalishi; v-gruppani o‘zgartirish.
Gruppa 6 gruppa 11 gruppa 5
14.5-rasm. Gruppalashni soat millari bo‘yicha belgilash.
Bunday gruppalar amalda ko‘p bo‘lib ulardan 12 tasini aloxida ajratib
ko‘rsatish mumkin. Bu ulanish turkumlari Y/ Δ-1, Y/ Δ-1, Y/ Y -2, Δ / Δ-2, va
12 gacha. To‘la burchak360°, uning 1/12 qismi 30°, shuning uchun gruppalarda
kirish va chiqish kuchlanishlari faza siljishlari gruppa raqamini 30° ga ko‘paytirib
hosil qilinadi.
б
в
a
)
Do'stlaringiz bilan baham: |