2-mavzu. Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti
Reja:
1.
Tarixiy geografiyaning paydo bo’lishi va manbalari.
2.
Tarixiy geografiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari.
Tayanch so’z va iboralar:
A.Orteley, Buyuk Geografik kashfiyotlar, Klyuvyer,
"Shajarai turk", J. B. Anvil', Gerodot, Polien, Diodot, Kvint Kurtsiy Ruf.
Asosiy matn
Tarixiy geografiya fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Uning vujudga
kelishida ikki yirik tarixiy hodisa, ya’ni XV-XVI asrlarda gumanizmning paydo
bo’lishi va Buyuk Geografik kashfiyotlar ta’sir qildi. Uyg'onish davrida odamlarda
antik davrlarga qiziqish kuchaygan. Antik dunyoda qiziqish antik davr geografiyasi
bilan shug'ullanishga olib keldi. Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan
yirik asar-qadimgi dunyo atlasi edi. Uni XVI asrning ikkinchi yarmidа flamand
geografi A. Orteley yaratgan edi. U o’z asariga ilova tarzida zamonaviy dunyo
Atlasini keltirgan edi. Orteley o’z kartalarini qadimgi dunyo haqidagi qisqacha
ma’lumotlar bilan keltirar edi. Ortemeyning asaridan so’ng tarixiy geografiya ilmiy
targ'ibot sifatida vujudga keldi. Aytib o’tish kerakki, Orteleyning o’zi antik davrlar
ma’lumotlarini tanqidiy nazarsiz qabul qilgan va shu ma’lumotlar asosida o’z
xaritalarini chizgan. Orteleyning bu kamchiligini XVIII asrda Leyden (Gollandiya)
universiteti professori Klyuver to’g'riladi. U tarixiy geografiya bo’yicha ikkita
nomdor asar-qadimgi Italiya va qadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasini
yozdi.
Tarixiy geografiyani rivojlantirish uchun XVII-XVIII asr fransuz tarixchilari
va shu davr fransuz geografi J. B. Anvil' ham katta hissa qo’shdilar
1
. Ular qadimgi
dunyo tarixiy geografiyasi bilan birga o’rta asrlar tarixiy geografiyasini ham
o’rgandilar. XIX asrningikkinchi yarmidan umumtarixiy ilmiy ishlar ijtimoiy-
iqtisodiy tarixni o’rganish hisobiga boyib boradi. Bu yo’nalish bo’yicha ko’zga
ko’rinarli qilinganishlardan biri bu 1936 yilda Kembridjda Dabri rahbarligidagi
kollektiv tomonidan chiqarilgan Angliyaning tarixiy geografiyasi to’g'risidagi asarni
aytishimiz mumkin. Orteley o’zining aytishiga qaraganda, uningishlari "Tarix
nazarida geografiya" edi. Bu asar Angliyaning 1800 yilgacha bo’lgan tarixiy
geografiyasi. Evropada tarixiy geografiya asoschilari safiga A. Orteley, F. Klyuver,
J. B. Anvil', Darbi kabi olimlarning Rossiyadan V. N. Tatiev, N. N. Barsov, S. M.
Seredonin, L. A. Svitsin, M. K.Lyubovskiy, M. N. Tixomirov, A. N. Nasanov, i. A.
Golubtsov (tarixiy kartografiya asoschisi ) O’rta Osiyo tarixida tarixiy geografiya
1
Яцунский В. К. Историческая география. История её возникновения и развития в XIV-XVIII вв. – М.,
1958. С.45.
elementlarini Beruniy, A. B. Narshaxiy, Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarida
Z. M. Boburning mashhur "Boburnoma"sida ko’rishimiz mumkin. O’rta Osiyo
tarixiy geografiyasining muhim manbalari antik davr olimlari Gerodot, Polien,
Diodot, Kvint Kurtsiy Ruf asarlari. o’rta asrlarga oid Klavixo, ibn Battuta asarlarida,
zamonaviy olimlar A. Byorns, Vitkevich, Demizon, Vamberi va boshqalar asarlari
da aks etgan, yana muhim manbalardan biri Abulg'ozi Bahodirxoning "Shajarai
turk" asaridir, undan tashqari XIX asr faylasufi va tarixchisi Ahmad Donish
asarlarini ham kiritish mumkin. Tarixiy geografiyaning asosiy qismini yordamchi
fanlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |