1. Tarixiy geografiya fani haqidagi ilmiy qarashlar



Download 17,43 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi17,43 Kb.
#512621
Bog'liq
geog1


Topshiriq
1. Tarixiy geografiya fani haqidagi ilmiy qarashlar

2. Tarixiy geografiyaning vazifalari. Tarixiy geografiyaning asosiy bo'limlari


3. Tarixiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi


Javoblar
Tarixiy geografiya avvalo tarix fani kabi tarix metodidan foydalanadi. Tarix fani metodologiyasi-ob`ektivlik va tarixiylik metodlaridir. Arxeologiya, toponomika, anropologiya manbalari yuqoridagi printsiplar asosida qayta ishlanadi. Tarixiy geografiya fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Uning vujudga kelishida ikki yirik tarixiy hodisa, ya`ni XV-XVI asrlarda gumanizmning paydo bo`lishi va Buyuk Geografik kashfiyotlar ta`sir qildi. Uyg'onish davrida odamlarda antik davrlarga qiziqish kuchaygan.
Fransuz olimi Dejardenning yirik mashhur asarida Galliya tarixiy geografiyasiga doir adabiyotlar tahlil etilgan3. Ammo Vimmerning ham, Dejardenning ham kitoblarida tarixiy geografiyaning rivoji haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Ingliz ilmiy adabiyotida Bekeming bu sohaga oid maqolasi ingliz tarix va geografiya assosiasiyasining Oksford bo‘limi qo‘shma yig‘inida o'qilgan bo‘lib, unda so‘nggi yuz yil ichida tarixiy geografiya bo'yicha ingliz olimlarining tadqiqotlari ко‘rib chiqilgan.Tarixiy geografiya fan tarmog‘i sifatida qadimdan shakllangan tarix va geografiya fanlaridan ancha yosh sanaladi. U fan sifatida bir necha yuz yildan beri mavjud. Uning taraqqiyot tarixi tarixiygeografik adabiyotlarda qisqacha berib o'tilgan. Jumladan, S.M.Seredoninning kitobida bu fan to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kiyev Rusi va Moskva davlati tarixiy geografiyasi misolida tahlil etilgan, xolos. G ‘arb adabiyotida ham tarixiy geografiya tarixi bo‘yicha ilmiy asarlar juda kam. Avstriyalik taniqli olim Vimmeming tadqiqotida qadimgi dunyo va Germaniya, qisman Fransiya tarixiy geografiyasi bo‘yicha asarlar biroz sharhlangan.
Yuqorida qayd qilingan tarixiy geografiya predmeti haqidagi tushuncha zamonaviy tarixiy va geografik fanlarda qabul qilingan. Tarixiy geografiya fanining muhim vazifalaridan biri bu o`tgan davrdagi mamlakatlarsiyosiy chegaralarini aniqlash, tarixiy voqea-hodisalarjoyini aniqlash, o`rganilayotgan hudуд yoki mamlakatdagi aholi joylashuvida bo`lib o`tgan o`zgarishlarni aniqlash kabilardir. Tarixiy geografiyaning bu qismi siyosiy voqea-hodisalar tarixini o`rganish bilan hukumat faoliyatini, ba`zida hukmdorlar, vazirlar va boshqa hukmron shaxslarni o`rganish bilan uzviy bog'liqdir. Bunday voqea-hodisalarni yaxshiroq tushunish uchun tarixiy geografiya juda kerakdir. Masalan, urushlar va ularning oqibatlarini to`laroq tushunish uchun qo`shinlar harakati, jangning borishi va bo`lib o`tgaн joylarni o`rganish darkor. Bu planda Tarixiy geografiya bir qator tarixiy fanlar qatorida turadi. Shuningdek, tarixiy goegrafiyaning mazmuni, ayniqsa hozirgi zamon nuqtai nazaridan qaraganda kengroqdir. Tarixiy goegrafiyaijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, milliy-ozodlik harakatlarini kengroq o`rganadi. Keng mazmunda tarixiy geografiyani tarixiy jarayonni o`rganuvchi tarix fanining bir bo`limi desak adashmaymiz.

Yuqorida qayd etilganidek, tarixiy geografik izlanishlar tarix fani asoslanadigan manbalarga asoslanadi. Tarixiy geografiya uchun qimmatli bo`lganmanbalar-aholi ro`yxatlari, xo`jalik hisob-kitob daftarlari, yilnomalar, qadimgi geografiyaga oid kitoblar kabilardir. Tarixiy geografiya uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan manbalar yana bu arxeologik manbalardir, u o`tgan davr iqtisodiy geografiyasi uchun alohida muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek toponomik va antropologik manbalar ham tarixiy geografiya uchun muhim manbalar hisoblanadi. Daryolar, ko`llar, shaharlar va boshqa geografik ob`ektlar nomlari, ayniqsa, shu hududda qachonlardir yashagan xalqlar bergan nomlar shu xalqlar bu hududdan turli sabablarga ko`ra ko`chib ketishga ham, ular bergan nomlar saqlanib qoladi. Toponomika xalqlarning qaysi millatga tegishli ekanligini aniqlab beradi. Xalqlar turli joylarga ko`chganlarida o`z yashash joylariga nom beraldilar, odamlar ko`proq o`zlari oldin yashagan joylarining nomlarini yangi yashash joylariga ham beradilar. Bu holni biz AqSh shaharlarini turli Evropa davlatlari shaharlari nomi bilan nomlanganligida ko`rishimiz mumkin. Bu nomlar o`sha shaharlar aholisining qaerdan ko`chib kelganligi haqida ma`lumot beradi.



Download 17,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish