2-mavzu: ta’lim jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari



Download 358,38 Kb.
bet1/3
Sana27.04.2023
Hajmi358,38 Kb.
#932663
  1   2   3
Bog'liq
2-семинар


2-MAVZU: TA’LIM JARAYONINING UMUMIY MOHIYATI, QONUNIYATLARI, TAMOYILLARI
TA`LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI. (NOAN`ANAVIY TA`LIM SHAKLLARI).

REJA:


  1. Didaktika haqida tushuncha.Bilish ta’lim jarayonining metodologik asosi.

  2. Ta’lim jarayonining mohiyati, vazifalari, uning ikki tomonlma xususiyati.

  3. O’qitish jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalari,

4.Ta’lim shakllarining tarixiy taraqqiyoti.
5.Sinf, dars tushunchalari va uning mohiyati, darsga qo’yilgan talablar.
6.Ta’limning noan’anaviy shakllari, ularning o’quvchi mustaqil fikrlashni o’stirishidagi ahamiyati masalalari o`rganiladi.


  • Tayanch tushunchalar

Ta’lim jarayoni, talim tamoyili (prinsipi).Ta’lim qoidasi, ta’limning ilmiyligi, tizimlilik va izchillik, tabiiy va ijtimoiy fanlarning tarbiyaviy mohiyati, nazariy bilim, amaliyot, onglilik, faollik, ta’limda ko’rsatmalilik, o’quvchilarning yosh xususiyatlari, bilimning puxta va mustahkamligi.
Mashg`ulot maqsadi:
Ta’limiy- ta’lim qoidalari, ularning mohiyati va ahamyatini to’liq tushunib yetish.
Tarbiyaviy- talabalarning dunyoqarashini o’stirish, ta’lim doimo tarbiyaviy xarakterda bo’lishi lozimligini o’qtirish.
Rivojlantiruvchi- talabalarni dars jarayonida ta’lim tamoyillarini qo’llab bilishga o’rgatish, tafakkurni o’stirish.
MAShG`ULOTNING BORIShI:

  • 1. Didaktika so’zi tahlil etiladi, didaktikaning vazifasi o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olishdan iboratligi, ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat ekanlagi gapirilib, didaktikaning ayrim fanlarni o’qitish xususiy metodikalari bilan aloqasi, ular ma’lumotiga tayanib o’qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib borishi, har bir fanni o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qilishi masalalariga to’xtab o’tiladi. Buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo’shgan hissalari, ularning ta’lim, bilish nazariyasi, ilmning ahamiyati haqidagi qarashlari ham yoritib berilsa yaxshi bo’ladi.

Didaktika - grekcha so’z bo’lib, "didasko", ya’ni o’qitish, o’rgatish ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o’qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi.

  • Bilish ta’lim jarayonining metodologik asosi. Bilish jarayoni va ta’lim jarayoni aloqadorligi, har tkkalasida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan to’liq, aniq va chuqurroq bilishgacha yo’lni bosib o’tishi va bu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’lishiga to’xtab o’tiladi. Bu masalan yoritishda pedagogika (A. Munavvarov) kitobining 64-65, 67-68 betlaridan foydalanish mumkin.

  • Ta’lim jarayoni va uning mohiyati, ta’lim jarayoni mazmuni bilim, ko’nikma, malakalar tashkil etishi gapiriladi. Bu tushunchalarga berilgan ta’riflar keltiriladi.ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari bo’lib, ikki tomonlama xarakterga ega ekanligi gapiriladi. O’qitish jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyati nimalardan iborat ekanligi yoritib beriladi.(a. Munavvarov, 66-67 betlar).

2. Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog`liq.
Ta’lim prinsiplari o’quv tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.

  • Ko’pchilik adabiyotlarda «o’qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonining ikkala sub’ektiga- o’qituvi va o’quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta’lim prinsiplari deb atagan ma’qul, deb ta’kidlaydi prof.O.Roziqov. O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta’lim jarayonining mohiyati, vazifalari, uning ikki tomonlma xususiyati.

  • 1. Talim tamoyillarinig mohiyatini yoriting va va o’zaro bog’liqligini ko`rsating. Dastlab ta’lim qoidalari- o’qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli malaka va ko’nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l-yo’riqlarini o’z ichiga olishi bu qoidalar o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning negizi hisoblanishini aytib o’tishadi. Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanishi va ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq sistemani tashkil etishi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkinligi haqida to’xtab o’tishadi. Bunda talimda amal qilinayotgan ta’lim tamoyillari turlari sanab beriladi.


  • Yodda saqlang!





  • 2. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasining hozirgi kundagi ahamiyatini ochib bering. Ta’limning har bir qoidasi (prinsip) ham o’zining muhim o’rniga egaligi aytilib, hozirgi kun talabi asosida ayniqsa onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi juda muhim ahamiyat kasb etayotganligiga e’tibor qaratiladi. Chunki Ta’lim qonunimiz, milliy dastur va Prezidentimiz qo’yayotgan talablarda ham faol, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda, ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar ham shuni talab etayotganligi haqidagi qarashlar yoritib beriladi.




  • E’tibor bering!


Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’quvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim shakllarining tarixiy taraqqiyoti Dastlab ta’lim shakllarining paydo bo’lishi tarixiga qisqacha to’xtalib o’tish kerak. O’tmishdagi musulmon maktab va madrasalarning ta’lim berish shakllari, keyinchalik XV11 asrga kelib, buyuk pedagog Ya.A. Komenskiy (1592-1670) tomonidan maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratilishi, bu tizim tezda shuhrat qozonib, ko’p davlatlarga yoyilib ketganligi haqida gapiriladi. Bu tizimning Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq etilmaganligi va faqat oktabr to’ntarilishidan so’ng bizga sinf-dars tizimining kirib kelganligiga to’xtalib o’tiladi. Sinf va dars tushunchalariga ta’rif beriladi. Sinf- dars tizimining mohiyati yoritiladi.
Sinf, dars tushunchalari va uning mohiyati, darsga qo’yilgan talablar. . O‘quvchining darsga tayyorgarligi. Dars oldiga qo’yilgan didaktik talablarga to’xtab o’tish lozim. Dars turlari: 1.Yangi bilimni bayon qilish, 2.O’quv materiallarini mustahkamlash, 3. Takrorlash va umumlashtirish, 4. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash, 5.Aralash darslar haqida gapiriladi. So’ngra esa yuqoridagi adabiyotlardan foydalangan holda har bir dars turining tuzilishi, tartmbiga oid misollar keltiriladi.
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg`ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham to’garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Talabalar darsga qo’yilgan talablarga va sinf- dars tizimining zamonaviy /noan’anaviy/shakli haqida ham o’z fikrlarini bayon etishlari lozim.
Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida dars tiplari va ularning tuzilishini mazmun mohiyatini asosan o’rganib chiqishgan. Shuning uchun dars tiplarini tuzilishi jihatdan to’g`ri tanlab bilishlari haqida to’xtalib, dars tiplarini sanab o’tishlari mumkin

Download 358,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish