Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi? Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz.
Dars qanday tiplarga ajratiladi? 1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi.
Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi.
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O’quv materiallarini mustahkamlash.
Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
Dars turlari uyg`unlashgan (aralash)darslar.
Yangi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’tish kerak ekan deb mashq qildirish yoki o’tgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari noto’g`ri. O’quvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin - asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
O’tilgan mavzuni qaytarish mashq qildirish darsi o’qitilgan bilimlarnigina emas o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan malakalarni o’tkazishdan iborat bo’lmog`i lozim.
O’quvchining bilimi, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda o’quv-chilarning olgan bilimi tekshirilib ular qanchalik o’zlashtirilganligiga qarab baho qo’yiladi.
Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qo’shimcha darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, o’quvchilarni o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shimcha darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’-shimcha darslarning maqsadga to’laroq javob bera oladigani tashkil qiladi qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.
O’quv mashg’ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari boshqa shakllari: seminar, amaliy-tajriba, mashg’ulotlari, qo’shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilar haqida gapirib o’tish lozim. Shu shakllardan seminar, amaliy-tajriba mashg’ulotlari, ularning tayyorlanish, o’tkazilish yo’llari haqida gapirib beriladi. Bunday mashg’ulotlardan qaysi sinflarda o’tkazilishi ham yoritiladi.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyamizga kirib kelayotgan ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari haqida gapirishda turli ta’lim-tarbiya, ilm-fan masalalariga oid jurnallar materiallaridan foydalanishlari lozim. Masalan, «Xalq ta’limi», «Boshlang’ich ta’lim», «O’zbek tili va adabiyoti» va boshqalardan, ulardagi yangi konferensiya darslari, mushoira darslari, o’yin darslari, bahru-bayt darslari va boshqa ta’lim shakllari haqida gapirib berishadi. Mutaxassisliklarga oid shunday mashg’ulot na’munalaridan misollar keltirishadi.
Savol va topshiriq
“Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.
Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat?
Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?
Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari qaysilar?
Muammoli ta’limning mohiyati nimadan iborat?
“Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari” tushunchasini Siz qanday tushunasiz?
Zamonaviy didaktik tizimning o’ziga xos belgilari nimalardan iborat?
Pedagogik paradigma nima? Ta’limning asosiy paradigmalarini aytib bering.
Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.
2. “Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering.
3. Ta’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?
4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo’yiladi?
6. O’quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan foydalanib mutaxassislik fani bo’yicha dars rejasi va konspektini ishlab chiqing.
7. Har bir darsda o’quvchilar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish va baholash kerakmi? Agarda zarur deb hisoblasangiz mumkin bo’lgan metodik variantlarini ko’rsatib bering.