Standartlashtirish
bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali,
jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazifa (jarayon)larning umum
maqbul yechimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya
talablariga rioya qilingan holda, ma’lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada
tartiblashtirish maqsadida qoidalar o’rnatish va qo’llashdir.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog’ligi va mol-
mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar
va davlat manfaatini himoya qilish;
mahsulotlarning o’zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholining hamda xalq xo’jaligining
ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini
oshirish;
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashish, ishlab chiqarishning texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
mudofaa qobilyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash;
o’lchovlarni yagona birlikda bo’lishini ta’minlash;
Standartlashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
iste’molchi va davlatning manfaati yo`lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan
eng maqbul talablarni qo’yish;
davlat fuqarolari va xorijiy mamlakatlar ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga
kerakli talablarni belgilovchi normativ hujjat lar tuzilishi va uni ishlab chiqish
qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash, hujjatlarni nazorat qilish;
materiallarda energiya sig’imini kamaytirish, kam chiqindili tejamkor
texnologiyalarni qo’llash;
texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarni belgilanishi;
standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish,
mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini
kuchaytirish;
xorjiy mamlakatlarining talablari O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligi
ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ularning xalqaro mintaqaviy va milliy
standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to’g’ridan
to’g’ri qo’llash tajribasini kengaytirish;
mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro
hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy etish.
Standartlashtirishning tamoyillari.
1. Bir-birining o’rnini bosish bo’yicha barcha sanoat mahsulotlariga taalluqli
umumiy maxsus me’yorlar o’rnatish.
2. Bir xil guruh mahsulot yoki muayyan mahsulotga taalluqli bir-birining o’rnini
bosish bo’yicha me’yorlar o’rnatish.
Umumiy normalarga quyidagi talablar kiradi va ular quyidagilarni o’rnatadi:
tartiblashtirilgan va normal chiziqli qatorlar, qo’yim va qo’nim, konstruktiv
elementlar va parametrlar, bir-birining bog’lanish (rez’basi, qotirilishi, ulanishi)
vosita va usullari.
Umumiy o’zaro almashuvchanlik normalariga mahsulotning geometrik va
funksional almashuvchanlik talablari kiradi (parametrik va tiplash qatorlari,
birxillashtirish detallari, markalar va boshqalar).
O’zaro almashuvchanlik maxsus talablari, funksional, geometrik, o’lchash,
biologik, elektromagnit, elektrik, mustahkamlik, dasturiy, texnologik, metrologik,
diagnostik, informatsion, ergonomika jabhalarini o’z ichiga oladi. SHu bilan birga
obektlarning atrof-muhitlari bilan o’zaro aloqa qilishni hisobga oladi.
Odam –– texnika;
Mahsulot –– tarkibiy qismlar;
Mahsulot –– material (xomashyo);
Texnika –– muhit;
Mahsulot –– qadoqlash, o’rash (upakovka), tara;
Texnika –– energiya va yoqilg’i moylash materiallari;
Hisoblash texnikasi –– dasturiy va tashkiliy ta’minlanish;
Mahsulot –– jarayonlar, xizmatlar;
Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash.
2000-yildan boshlab favqulotdagi vaziyatlar Vazirligida xavfsizlikni ta’minlash
bo’yicha ko’riladigan choralarni standartlashga kirishdi.
Favqulotdagi vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari bo’yicha
tasniflashtirildi: tabiiy, texnogen, ekologik va bu vaziyatlarda jabrlangan odamlar
soniga, material zararining kattaligi va mashtabiga qarab, mahalliy, lokal, respublika
va chegaralararo kabi turlarga bo’linadi.
Tabiiy favqulotdagi vaziyatlar, xavfli geologik, gidrologik, mereorologik,
epidemiologik jarayonlarni ta’sir etish manbalari va faktorlarini aniqlanishi
ko’rsatilgan.
Standartlashtirishda o’lchash birligini normativ hujjat lar kompleksi bilan
ta’minlanadi:
standartlashtirishning ilmiy-metodik va texnik asoslarini ishlab chiqish,
asosiy rivojlanish yo`nalishini aniqlash va o’rnatish;
– mahsulotning asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish, qabul qilish va sinov
usullariga asosiy talablarni belgilash va standartlashtirish;
– mahsulot va xizmatlarning sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarini
tashkillashtirish va asoslarni ishlab chiqish;
– yangi usul va oliy aniqlik vositalarini yaratish va ularning mavjudlarini
takomillashtirish;
– standartlar va texnik shartlarni tatbiq etish va ularga amal qilish, o’lchash
texnikasining holati va uning qo’llanishi ustidan davlat tomonidan nazorat qilish
bo’yicha qonuniy, huquqiy asoslarni ishlab chiqish;
– sanoat mahsuloti atestatsiyasi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish va
koordinatsiya qilish va asoslarni ishlab chiqish;
Standartlashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilar:
– normativ hujjat larni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini
inobatga olgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi;
– obektlarga qo’yiladigan talablarni kelishib olish va normativ hujjat larni
amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo`li bilan metrologik ta’minlashni
qo’shib hisoblab o’zaro bog’langan obektlarni standartlashtirishning kompleksligi;
– normativ hujjat larni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg’or
tajribaga, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash;
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida normativ hujjat larni o’zaro
bog’liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog’onalarida ularni o’xshash
obektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi;
– amaldagi normativ hujjat lar, standartlashtirish bo’yicha dasturlar va ish
rejalari to’g’risidagi axborotlarni oshkoraligi;
– ko’pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida normativ hujjat
larni tasdiqlash;
– normativ hujjat larning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi;
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni
qo’llash va hakozo.
Standartlashtirish haqiqiy mavjud yoki sodir bo’lishi mumkin bo’lgan masalalarni
yechishga, sifat esa belgilangan va mo’ljallangan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan.
Bunda
standartlashtirish
bo’yicha
faoliyatningeng
muhim
natijalari
mahsulot(jarayonlar, xizmatlar) ning o’z vazifasiga muvofiqlik darajasini oshirish,
Ya’ni belgilangan va mo’ljallangan ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo’lgan.
Normativ hujjat sifatida namoyon bo’ladi. "Normativ hujjat " tarkibiga standartlar va
texnik shartlar kiradi. Normativ hujjat lar faoliyat turlariga oid tavsiflarni o’rnatadi.
Standartlashtirish obekti bo’lmish inson faoliyati sohasi juda keng: fan va texnika;
ishlab chiqarish-texnikaga mo’ljallangan mahsulotni va xalq iste’moli mollarini
ishlab chiqarish; tibbiyot, ta’lim, maishiy, sayohat, transport va h.k. sohalardagi
xizmatlardan iborat. Barcha hollarda ham har qanday sohada faoliyat sifatiga talablar
normativ hujjat larda belgilab qo’yiladi. Bunda nafaqat mavjud, balki mo’ljallangan
vazifalarni hal etish, Ya’ni nafaqat belgilangan, balki mo’ljallangan ehtiyojlarni ham
qondirish kuzda tutiladi.
Aytilganlardan ma’lum bo’lishicha, belgilangan va mo’ljallangan ehtiyojlarning
qoniqarli bo’lishini ta’minlovchi mahsulot (xizmatlar) tavsiflari majmui normativ
hujjat larda belgilanar ekan, normativ hujjat larning o’zini ham yuqori ilmiy-texnik
darajada bo’lishini ta’minlash zarur. Bu masala quyidagi yo`l bilan hal etiladi:
a) xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlarni qo’llanish;
b) mamlakatimiz normativ hujjat larini xalqaro, hududiy standartlar bilan
uyg’unlashtirish;
v) me’yoriyhujjatlarda
an’anaviy
texnologiyalarning
imkoniyatlaridan
ilgarilanuvchi, kelajakka mo’ljallangan dastlabki talablarni o’rnatish, (o’zuvchi,
oldindan standartlashtirish);
g) mahsulot (xizmatlar) ning texnik saviyasini va sifatini oshirish bo’yicha chora-
tadbirlarni ko’rish maqsadida normativ hujjat larning ayrim tafsilotlarini o’xshash
mahsulotga xorijiy standartning ko’rsatkichlari bilan taqqoslash.
"Mahsulot sifatining darajasi" va "Mahsulotning texnik saviyasi" tushunchalarini
farqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |