2-Mavzu: Standartlashtirish asoslari. Reja


O’zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari



Download 441,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana18.02.2022
Hajmi441,76 Kb.
#453185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
2-mavzu

1.2 O’zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari. 
Markaziy 
Osiyo 
mamlakatlarining, 
xususan, 
O’zbekistonda 
standartlashtirishning boshlanishi haqida aniq bir raqamli vaqt va makonni keltirish 
avvalgi bo’limning ba’zi bir holatlariga takror bo’lishi tabiiy. Alloma 
donishmanlarimizning tarixiy asarlariga nazar solsangiz bunga hech shubha 
qolmaydi. Qadimdan Eron va Turon zaminida ishlab chiqarish munosabatlari, 
jarayonlari, savdo, iqtisodiy, ilmiy–texnik ishlari o’zaro yaqin va chambarchas 
holatda olib borilgan. SHu munosabat bilan eron mutafakkiri Kaykovusning XI asrda 
yozilgan "Qobusnoma" asaridan bir parcha eslash kifoya: "Hozirgi men yashayotgan 
zamonda inson qo’l urgan har qanday ish bo’lmasin, ularni tartibsiz qoldirib bo’lmas, 
har narsada tartibni anglash zarur". Har qanday sohada me’rosni (an’ana, odat, 
tarbiya) tartibli (standart) holatda qoldirilishini aniq tasdiqlagan Kaykovus vaqti 
kelganda ko’p ishga ulgurishni nazarda tutgan edi. Asarda san’at, haykaltaroshlik, 
musiqa va boshqa sohalarda inson faoliyati xulq-atvoriga qo’yilgan talablar shu 
kunlarda ham o’z ifoda va mazmuniga ega. Qadimgi allomalarimiz asarlaridagi va 
ota-bobolarimizning " …etti o’lchab, bir kes, ...o’ylamasdan so’zlama" kabi hikmatli 
o’gitlari standartlashtirtish jarayonlarining elementlaridir. 
Standartlashtirish elementlari Turon zaminidagi mamlakatlar, xususan, 
O’zbekiston mintaqasida bunyod etilgan noyob arxitektura boyliklarida, standart 
g’ishtlarni rango-rang bezaklar bilan uyg’unlashgan o’lchovlarda qo’llanilishi insonni 
mahliyo qiladigan: Go’ri amir, Bibixonim, Paxlavon Mahmud, Xiva tashqi va ichki 
qal’alari, Ulug’bek madrasasi, Kalon minorasi, Ko’kaldosh madrasasi va boshqalarda 
mujassamlashgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va O’zbekistonda qadimdan: qadoq (400 gr 
atrofida), chaksa (6kg), pud (16kg), botmon (160kg) kabi massa birliklari; enlik 
(panja eni, 2sm atrofida) so’yam (bosh barmoq va ko’rsatkich barmoq o’lchovi – 18 
sm atrofida), qarich (bosh barmoq bilan chinchaloq barmoq o’lchovi-23 sm), qadam 
(ikki oyoqni yurishdagi o’rtacha oralig’i-0,75m atrofida), quloch (ikki qo’lning elka 
sathida cho’zilishdagi uzunlik-1,5 m atrofida), bir tosh (taxminan 0,75km), bir 
chaqirim (taxminan 3 tosh) kabi uzunlik birliklari; tanob (100 m kv atrofida) sirt 
birliklari standart birliklar sifatida keng qo’llanilib kelingan. Kirpich so’zining–
qirbich, kolbasaning – qo’lbos, utyug (dazmol)ning – o’t yuk kabi protiplarining 


turkiy tilda mavjudligi, algebraning al–jabr, meditsinaning–madadi sino kabi 
tushunchalar bilan uyg’unligi ham Markaziy Osiyo mamlakatlarida Standartlashtirish 
obekt va jarayonlari tarixining yetarlicha chuqur va mazmunliligidan dalolat beradi. 
Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekistonda standartlashtirishning rasmiy bosqichi
1923-yil Toshkent shahrida «O’lchov va tarozi mahkamasi Turkiston markazi 
tashkil» etilishdan boshlandi. Bu markazning Qo’qon, Samarqand, Ashxobod, Olma–
Ota shaharlarida shaxobchalari tuzildi.
1926-yilda O’zbekiston ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissariati huzurida 
standartlashtirish mahkamasi bunyod etildi. U davrlarda standart uch xil turda 
tasdiqlanar edi: sinaladigan, tavsiya etiladigan, majburiy qo’llanadigan. 
O’zbekistonda standartlashtirish, standartlashtirish bo’yicha Markazqo’m 
tasdiqlagan sohalar tahliliga ko’ra tuzilgan yillik rejalar asosida olib borilar edi. 
1932- yil mart oyida "O’zbekiston mintaqalarini 2 xil vaqt kamariga o’tkazish
to’g’risida "Sovnarkom qarori qabul qilindi: 4-vaqt kamari (Moskva vaqtiga + 2 soat) 
va 5-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +3 soat). 
SHu yili O’zbekistonda ilk bor kunjutning urug’lik navi uchun 
O’ZREST50
Respublika standarti qabul qilindi. 
O’zbekistonda 
standartlashtirishning 
zamonaviy 
bosqichi 
1973-yili 
O’zbekiston Respublikasi davlat Standart boshqarmasi (O’zdavstandart) tashkil 
etilganidan boshlanadi. 
O’zbekiston suverenlikka erishgandan so’ng, Ya’ni 1992-yili mart oyidagi 
O’zRVM ning № 93 "O’zbekiston respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil 
qilish to’g’risida” gi qarori qabul qilingan vaqtdan buyon, standartlashtirishning 
yangi davri boshlandi. 
1993-1998 
va 
2000-2003-yillarda 
O’zbekistonda standartlashtirishni 
jadallashtirish borasida bir qator o’ta muhim hukumat qarorlari chiqdi, muayyan 
chora tadbirlar belgilandi. 2002-yili O’RVM ning №342 qaroriga binoan 
“O’zdavstandart” – “O’zstandart” Agentligi nomi bilan yangicha faoliyat olib 
bormoqda. Standartlashtirishni rivojlantirishning xalqaro standartlashtirish jarayoni 
bilan uyg’unlashgan asosiy yo`nalishlari belgilanib, sohalar standartlari, normativ 
hujjat larni ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha vakolatli davlat muassasalari, nazorat 
qilish va kuzatib borish bo’yicha idora va tashkilotlar belgilandi. 

Download 441,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish