Standartlashtirish
— mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umuman va
ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali maolum sohada eng maqbul
darajada tartiblashtirishga yg’naltirilgan ilmiy-tehnikaviy faoliyat (ISO/IEC
GU1D2.1996 gabinoan).
Respublikamizda standartlashtirish bilan O’zstandart va vakolati doirasida
O’zbekiston Respublikasining Qurilish Davlat qo’mitasi, Tabiatni muhofaza qilish
Davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi shug’ullanadi.
Sobiq Ittifoqning Davlat standartlari (GOCT) standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish sohasida MDHning kelishilgan siyosatini g’tkazish haqidagi
Bitim va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-martidagi «O’zbekiston Respublikasida
standartlashtirish ishlarini tashkil qilish haqida» gi Qaroriga binoan MDHning
davlatlararo standartlari sifatida amalda. Tarmoq standartlari (OCT) va sobiq
Ittifoqning davlatni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan tehnikaviy shartlar
(TY) O’zbekiston Respublikasi hududida ularning muddati tugamaguncha o’z
kuchini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |