1. Vazifa ko’rsatkichlari - o’zi bajarishi lozim bo’lgan asosiy vazifalarni
aniqlovchi mahsulot xossalarini tavsiflaydi va qo’llanish sohasini belgilaydi.
Vazifa ko’rsatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi:
a) vazifa va texnik samaradorlik ko’rsatkichlari -
1.
ish unumi;
2.
gazlamaning puxtaligi;
3.
oziq-ovqat mahsulotlari va b. ning kalloriyaliligi.
b) konstruksiya ko’rsatkichlari:
1.
gabarit o’lchamlari(eng katta tashqi o’lchamlari);
2.
yig’ish koeffitsienti (bloklik koeffitsienti);
3.
o’zaro almashinuvchanlik koeffitsienti va b.;
v) tarkib va tuzilma ko’rsatkichlari:
1.
po’latda legirlovchi qo’shimchalarning foiz miqdori;
2.
kislotalarda turli aralashmalar konsentratsiyasi;
3.
gazlamada sintetik tolalar miqdori;
4.
oziq-ovqat mahsulotlari va b. da foydali moddalar miqdori.