2-Mavzu: Shaharni funksional hududlarga ajratish. Shahar hududi balansini hisoblash. Shahar axolisi



Download 235,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.11.2022
Hajmi235,94 Kb.
#869375
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaharni funksional hududlarga ajratish Shahar hududi

100

(A-P) 

bu yerda P-shahar atrofida yashab, shaharga ishlash uchun keluvchi va 
doimiy turar joyi bo‘yicha shahar hosil qiluvchi tarkibga qo‘shiluvchi 
mehnatkashlar soni. 
 Shahar hududini vazifasiga ko‘ra
mintaqalash
Shahar hududini vazifasiga ko‘ra mintaqalash har qanday aholi joyining 
strukturasini belgilovchi vazifalarini 5 ta asosiy toifaga bo‘lish mumkin: yirik 
savdo markazlari, mehnat maishiy ishlar, jamoat hayoti, dam olish, ular o‘z 
navbatida kommunikatsiyalar tizimiga birlashadilar. Jumladan-transport, tizimi–
odamlar va yuklarni bir joydan, ikkinchi joyga olib borishga xizmat qiladi, 
muhandislik tizim-ular orqali energiya va axborot yuboriladi. Bu vazifalar bilan 
bog‘liq bo‘lgan mintaqalarning tashkil etilishi va makonda o‘zaro joylashuvi 
ularning har birini amalga oshishi uchun, boshqasi tashkillashtiriladigan muhit 


ma’lum vazifani zararli ta’sirini yo‘qotish orqali eng yaxshi sharoit taminlanishi 
lozim. Bunda tizimdagi aloqalarning taminlovchi kommunikatsiya uzunligining 
minimal darajada bo‘lishiga intilish kerak.
Vazifa bo‘yicha mintaqalash – bu shahar hududini foydalanish tavsifiga 
ko‘ra, ya’ni vazifasiga ko‘ra differensatsiyalash. 
Vazifalarni shaharsozlik bo‘yicha toifalash va ular uchun ma’lum mintaqalar 
barpo etish g‘oyasi XIX asr va XX asrlar orasida yuz berdi. Uni birinchi marta 
fransuz me’mori Toni-Garne «Sanoat shahri» eksperimental loyihasida (1901-
1904) shakllantirdi. Bu loyihada mehnat qilish joyi, yashash va dam olish joyi 
uchun kommunikatsiyalar bilan bog‘langan (shunisi ham borki, transport harakat 
qiladigan yo‘llar, piyodalardan ajratilgan) aniq chegaralanagan hududlar ajratilgan. 
Vazifalash bo‘yicha mintaqalash tamoyili zamonaviy shaharsozlikda ham 
qabul qiligan. Uning nazariy asoslarini Le Karbyuze 1933 yilda bo‘lib o‘tgan 
me’morlarni xalqaro uchrashuvi materiallari bo‘yicha yozilgan «Afina xartiyasi» 
kitobida yoritib bergan.
Shahar hududi vazifasiga va foydalanish tavsifiga ko‘ra mintaqalarga 
bo‘linadi:
Seliteb - turar joy tumanlarini, jamoat markazlarini (ma’muriy, ilmiy, o‘quv, 
tibbiyot, sport va boshqalar), umumiy foydalanadigan ko‘klamzorlarni joylashtirish 
uchun;
Sanoat - sanoat korxonalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarni, 
tramvay depolari, trolleybus va avtobus parklarini va shu kabi boshqa ob’ektlarni 
joylashtirish uchun;
Tashqi-transport transport vositalari va inshootlarini (yo‘lovchi va yuk 
stansiyalari, portlar, pristanlar va boshqalar) joylashtirish uchun; 
Aholining dam olish joylari-sport va sport-sog‘lomlashtirish majmualari, 
madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon parklari va obodonlashtirilgan suv 
havzalarini joylashtirish uchun;
Sanitariya–himoyalash 

atrof-muhitga 
zararli 
ta’sir ko‘rsatuvchi 
ob’ektlardan (sanoat korxonalari, transport vositalari va inshootlari) va 
mintaqalardan himoyalovchi ko‘kalamzorlar va ochiq makonlar hosil qilish uchun; 
Shu bilan birga katta va yirik shaharlarda umumshahar jamoat markazi 
mintaqasi ham ajratiladi (kichik va o‘rtacha shaharlarda bu markaz seliteb 
mintaqaga kiradi). 
Ilmiy yo‘nalishdagi shaharlarda asosiy mintaqalar soniga ilmiy-tekshirish va 
o‘quv institutlar, konstruktorlik byurolari, kurort shaharlarda esa davolash-
sog‘lomlashtirish va ularga bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar, 
bog‘lar, parklar, cho‘milish joylari va boshqalar joylashadi. 
Shaharlarga yondashuvchi hududlarda mikroiqlimni va havo havzasini 
yaxshilash uchun kerak bo‘lgan yirik ko‘kalamzorlarga, ommaviy dam olish 
joylarga, hamda shahar massivini keyinchalik o‘sishi uchun rezerv sifatida 
saqlanuvchi joylarga ega bo‘lgan shahar-atrof mintaqasi tashkil etiladi.
Shaharning istiqbolda o‘sishi uchun (30-40 yil) ko‘zda tutilgan rezerv-
hududi shahar chegarasiga qo‘shilish lozim va bo‘lishi ko‘zda tutiladigan 
o‘zgarishlarda nazoratga olish kerak. 


Shahar atrof mintaqasi chegarasini shahar va qishloq ahlining ma’muriy 
chegaralarini, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarning o‘zaro bog‘liq ravishdagi 
taraqqiyotini hisobga olgan holda aniqlanadi. Joylashuvning shakllantirilayotgan 
guruhli tizimiga kiruvchi shaharlar uchun, umumiy shahar atrof mintaqasi ko‘zda 
tutilmog‘i lozim. 
Funksional mintaqalarni shakllantirish va ularga ob’ektlarni joylashtirish 
tartibi KMK 2.07.01-94 da ko‘rsatilgan. 
Mintaqalarning o‘zaro joylashuvi sanoat tavsifiga, shahar o‘lchamiga va 
mahalliy, muayyan sharoitga bog‘liq. 
Seliteb mintaqalar shaharning quruq, balandlik, ko‘kalamzorlashtirilgan va 
suv mintaqasiga nisbatan shamolga qaragan tomonda va daryo oqimi bo‘yicha 
yuqorida joylashtirish kerak. 
Sanoat mintaqalarini relefi sokin va temir yo‘l magistraliga yoki suv 
yo‘llariga yaqinroq joylashtirish lozim. 
Transport mintaqalari shaharning seliteb va boshqa mintaqalarini kesib 
o‘tmasligi lozim. Ular sanoat bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak. Yo‘lovchi 
vokzallar shaharning me’yordagi hayotiga halal bermasligi, va shu bilan birga 
uning barcha nuqtalari bilan qulay aloqasi bo‘lishi kerak. 
Dam olish mintaqalari relefi murakkab, past-baland qurilish uchun noqulay 
bo‘lgan joylarda, ko‘m-ko‘k massivlarda va suv havzalari yaqinida joylanishi 
maqsadga muvofiq. Ularni shahar chekkasiga yaqinroq, ammo qulay transport 
aloqasini hisobga olgan holda joylashtirish lozim. 

Download 235,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish