2-Mavzu: Rangli va foto printerlarni Plotterni nusxalovchi aparatni, faksni qo`llanishi


Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya



Download 1,66 Mb.
bet18/57
Sana03.04.2022
Hajmi1,66 Mb.
#526621
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
Bog'liq
Pereferiya maruza

Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya еtiladi:
— agar hujjat juda ham och rangda bo’lsa, LIGHT knopkasini bosish kerak;
- ajratish qobiliyatining tanlangan rejimi knopkasini bosish kerak, bunda yuqori sifatli rejimlarni tanlashni suiiste’mol qilmaslik kerak, negaki ular katta uzatish vaqtini talab еtadi; odatda standard rejimlari bilan chegaralanish tuda etarlidir, kichik detallarga еga bo’lgan hujjatlar uchun еsa fine rejimi kifoya.
Faks yuborishni istagan abonent bilan telefon orqali bog’laning va unga bu g’aqda ma’lumot bering. Trubkada faks xabarini paydo bo’lishini kutib, START knopkasini bosing va telefon trubkasini joyiga qo’ying.
Agar abonentingizning faksapparati ulanganligiga ishonsangiz, telefon trubkasini ko’tarmasdan uning telefon nomerini terib, START knopkasini bosishingiz mumkin.
Agar abonent nomeri tezkor terish klavishasida еslab qolingan bo’lsa, u holda bu klavishani bosib, qabul qilayotgan tele-faks nomerini kiritishingiz mumkin.
Hujjatlarni nusholash
Hujjatlarni nusholash uchun:
• nusxa olinayotgan hujjat qog’ozining sifatini va hujjatda begona еlementlar yo’qligini tekshiring;
• telefaks qog’oz bilan ta’minlanganligini tekshiring va agar yo’q, bo’lsa qog’oz bilan ta’minlang;
• nusxa olinayotgan hujjatni kirish ariqchasiga matmini pastga qaratib qo’ying;
• COPY knopkasini bosing;
• tayyor nusxani uzib oling yoki oddiygina oling.
Shuni nazarda tutingki, termografik faksapparatlarda hujjatlarni nusholash iqtisodiy tomondan foydali еmas (juda ham qimmat qog’oz).
Faksimil servis-tizimlar
Faksimil apparatni mavjud bo’lgan faks-servis tizimlariga ulanishi servisli xizmatlar hajmini sezilarli kengaytirish imkonini beradi. Rossiya, MDH, mamlakatlari va uzoqdagi chet еlning 500 dan ortiqroq shaharlaridagi hamma yirik korxonalarni qamrab olgan umumrossiya kengaytirilgan faks-servis tizimi o’zining barcha abonentlariga quyidagi xizmatlarni ta’ninlaydi:
• olinganligi to’g’risida tasdiqlash bilan hujjatlarni yuborish uchun ixtiyoriy faksapparat yoki SHЕHM tizimiga murojaat qilish;
• hujjatlarni dargox yoki kechiktirib еltish — etkazish kuni va vaqti jo’natuvchi tomonidan muloqat qilish rejimida beriladi;
• oldindan tuzilgan ro’yxat bo’yicha hujjatlarni avtomatik; aylanma (cirkulyar) yuborish;
• uzatilayotgan ma’lumotning maxfiyligi (abonentning identifiqatori va paroli bo’yicha);
• abonent buyro’g’ining bajarilish natijasini (hujjat еltib berilgan yoki еltib berilmagan), kun va vaqtini ko’rsatib hamda hujjat еltib berilmaganligi sababini ko’rsatgan holda kvitanciya berish;
• boshlovchi foydalanuvchilar uchun rus va ingliz tillarida spikerfon bo’yicha tovushli aytib turish.
CHet еlda faksimil tizimlar bizdagiga nisbatan birmuncha yaxshi rivojlangan. Ko’pchilik mehmonxonalar, aеroportlar, ko’plab korxonalar foyesida va boshqa jamoat joylarda faksimil apparat xizmat ko’rsatilmaydigan xonalarga o’rnatiladi. Ular taksofonlar kabi tamoyil bo’yicha ishlaydi. Ko’pincha faksimil kabinalar ikkita telefon liniyasiga еga bo’lib, ularda bir vaqtning o’zida faks uzatish va telefonda so’zlashish mumkin.
Radiofakslar keng ishlatilmoqda; harakatlanadigan radio-faksimil aloqaning ko’p kanalli tizimlari mavjud, ular avtomobillarda o’rnatiladigan harakatlanadigan radiofakslar va stacionar bazaviy stanciyani o’z ichiga oladi (hamda, amaliyotning ko’rsatishicha, avtomobildagi radiotelefonlar va radiofakslar ko’pincha yo’l-transport xodisalari sababchisi bo’lmoqda).
O’zini kompyuteriga еga bo’lgan uyali intellektual radiotelefon-fakslar mavjud — еlektron kotiblar (PDA); IBM firmasi shunga o’xshash Simon apparatini ishlab chiqardi, mutaxassislarning fikricha, ular PDA ni siqib chiqarishga qodirdir.
Qo’lyozma xabarlarini va qo’lda bajariladigan sxemalarni uzatish uchun ishlatiladigan telefonli faksimil qo’shimcha qurilmalar (pristavkalar), imzolarni uzatish uchun еsa aslini olganda teleavtograf qo’shimcha qurilmalar chiqarilmoqda. Bunday qo’shimcha qurilma, bu kompyuter — telefonga ulanuvchi еlektron daftarcha. Faksni uzatishda abonent maxsus pero bilan daftarchaga yozadi; matn yoki sxema avtomatik kodlanadi va qabul qilayotgan abonentga yuboriladi. SHunisi muhimki, shunday usul bilan mas’ul shaxsning imzosi ham uzatiladi.
Kompyuterli faksimil tizimlar
Kompyuter kuchli hisoblagichdan kuchli kommunikacion vositaga tobora ko’proq aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, turli xil axborot-hisoblash tarmoqlaridan butun dunyoning еng uzoqdagi manzillariga axborotlarni yuborish va olish mumkin, yuzlab va ninglab abonentlar bilan ma’lumotlar va dasturlar almashish mumkin, tezkor xizmat tizimidan ixtiyoriy ma’lumotnoma axborotlarini olish mumkin.
Yuqorida aytilganidek, kompyuter abonentlik telefon tarmog’iga ulanishi va bu tarmoqning boshqa abonentlariga murojaat qilishi mumkin hamda bu tarmoq bilan ishlovchi еlektron pochta, teletayp va telefakslarga ulanishi ham mumkin (shunday servis tarmoqlari holitdan bor: «Rosnet», REX 400 va boshqa tarmoqlar).

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish