Quduq ustidagi mustahkamlash tizmasi bog’lanadi ya’ni, quduqning boshqa jihozlari biriktiriladi, bu esa tizma boshchasi deyiladi.
Tizma boshchasi (2.3-rasm) quduqning hamma mustahkamlash tizmalarini birlik tizimga biriktiradi. Ularning og’irligini qabul qiladi va hamma yuklanmalarni konduktorga uzatadi. U tizmalar oralig’idagi fazoni izolyatsiyasini va germetikligini ta’minlaydi hamda bir vaqtda quduqning stvol qismining holatini va kerakli texnologik jarayonlarni bajarishni nazorat qilishga yo’l beradi.
Tizma boshchasi quduqqa tushiriladigan ishlatish jihozlarini montaj qilishda supa vazifasini bajaradi. Quduqlarni burg’ilash vaqtida unga otilmaga qarshi jihoz preventor montaj qilinadi va burg’ilash tugagandan keyin demontaj qilinadi.
2.3-rasm. Tizma boshchasining konstruktsiyasi. 1-g’altak; 2-zichlama; 3-pona; 4-korpus; 5-qulfak; 6-mustahkamlash quvuri; 7-ichki tizmani saqlab turuvchi mustahkamlash quvuri.
Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.3-rasm) korpusdan (4) tashkil topgan bo’lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsni korpusiga (1) g’altak o’rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Quvurlar oralig’idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasida qulfak (5) o’rnatilgan bo’lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday tizma boshchasini tik o’lchami bir metrga yaqin bo’ladi. Mustahkamlash quvurlarining diametriga bog’liq massa 500-550 kg bo’ladi. Bunday tizma boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 metr, bosimi 25 MPa gacha bo’lgan quduqlar jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasini soni ko’p bo’lgan uch, to’rt va besh tizmali quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday tizma boshchalarini prinsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o’xshashdir.