Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan elementga ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga bog’liq bo’ladi. - Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan elementga ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga bog’liq bo’ladi.
- Tizma boshchasini ishlatish sharoitlari yetarli darajada murakkabdir: mustahkamlash tizmasini og’irligidan beriladigan yuklanma chuqur quduqlarda bir necha yuz kilonyutondan oshib ketadi. Bundan tashqari tizma boshchasi o’zi bilan kontaklashuvchi zonadan beriladigan bosimni ham qabul qiladi. Qatlam suyuqligini yoki gazini tarkibidagi H2S, CO2 yoki kuchli minerallashgan suvlar tizma boshchasini korroziya ta’siriga duchor qiladi. Chuqur quduqlarga issiqlik tashuvchilar haydalganda ularning stvollari va tizma boshchalari 150-250 oC gacha qiziydi.
Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha quduqlarning ustiga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’ladi, uning tik balandligining o’lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq o’lchamlari 168 mm dan 502 mm.gacha bo’lgan mustahkamlash quvurlari uchun, 2, 4, 5, 7 ponali osmalar va 3 jo’mrakdan tashkil topgan. Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha quduqlarning ustiga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’ladi, uning tik balandligining o’lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq o’lchamlari 168 mm dan 502 mm.gacha bo’lgan mustahkamlash quvurlari uchun, 2, 4, 5, 7 ponali osmalar va 3 jo’mrakdan tashkil topgan. Korpuslar uchun po’latning oqish chegarasi 5,0-5,5 MPa, nisbiy uzatishi 14-15 % va zarbali qovushqoqligi 40 mNm/m2 gacha. Og’ir sharoitlarda ishlatiladigan tizma boshchalarini tayyorlash uchun 35 XML turdagi past legirlangan po’latlardan foydalaniladi. Shtampalangan yoki bolg’alangan flanetslar yoki bo’g’izlar 35 XM, 40 X po’latlardan to’g’ridan to’g’ri yasaladi. Tizma boshchasi biriktirgichlarini, elementlarining o’lchamlarini mos kelmasligi avariya holatlarini keltirib chiqarishga sabab bo’ladi. Standart boyicha 14, 21, 31, 70, 105 MPa,ga ishchi bosimga mo’jallangan tizma boshchalari ishlab chiqariladi.
2.4-rasm. Besh tizmali chuqur quduqlar uchun tizma boshchasining konstruktsiyasi. 1, 8, 9, 10, 11 -chorbarmoqlar; 2, 4, 5, 7 -ponali osma; 3-jo’mrak; 6-zichlovchi element
Do'stlaringiz bilan baham: |