2-mavzu: qo‘ZG’aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi


Sarkomer - muskul tolasining strukturaviy va funksional birligi



Download 0,75 Mb.
bet12/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#658633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
3.2 Sarkomer - muskul tolasining strukturaviy va funksional birligi.
Umurtqali hayvonlarning targ’il mushaklari alohida, juda ko‘psonli mushak tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular umumiy bog’lovchi – to‘qima qobig’ida joylashgan va paylarga ulangan. Ayrim (parallel tolali tip) mushaklarda, barcha tolalar mushakning uzun o‘qiga (asosiga) parallel joylashgan. Boshqa mushaklarda (patsimon tip) ular qiya joylashgan bo‘lib, bir tomondan payning markaziy tig’iga, ikkinchi tomondan esa – tashqi pay qobig’iga biriktirilgan. Bunday tuzilish, ko‘ndalangiga kesilganda qushning patini eslatadi.
Skelet mushaklarining har bir tolasi - bu yupqa (diametri 10 dan to 100 mkm), ancha uzun (2-3 sm) ko‘p yadroli hosila - simplast bo‘lib, u ontogenezning boshida mioblast-hujayralarning qo‘shilishidan paydo bo‘ladi.
Mushak tolasining asosiy xususiyati shundan iboratki, uning protoplazmasida (sarkoplazmasida), tolaning uzunchoq o‘qi atrofida joylashgan ko‘pgina yupqa (diametri taxminan 1 mkm) iplarning, ya’ni miofibrillalar mavjudligidadir. Miofibrillalar navbat bilan keladigan och va to‘q bo‘laklardan - disklardan tashkil topgan bo‘lib, bunda targ’il toladagi ko‘p miqdordagi qo‘shni miofibrillalarda bir xil nomli disklar bitta tabaqada joylashgan (ko‘ndalang kesishgan joyda). Aynan ohirgisi, barcha mushak tolasiga doimiy ko‘ndalang chiziqlikni (targ’illikni) ta’minlab turadi.
Miofibrillalar birin-ketin kelgan polyarizatsiyalangan (yorug’likni turli ravishda sindiradigan) disklardan iborat. Yorug’likni ikki yuzaga sindiradigan disklar oddiy mikroskopda qoramtir ko‘rinadi va ular anizotrop disklar deb ataladi. Tolaning bu disklarga yondosh qismlari esa yorug’likni bir yuzada sindiradi, ular mikroskopda tiniq ko‘rinadi va izotrop disklar deb ataladi. Anizotrop disklar A harfi bilan, izotrop disklar I harfi bilan belgilanadi.
Anizotrop disklar o‘rtasida yorug’ N xoshiyasi ko‘rinadi. Izotrop disklar o‘rtasidan qoramtir Z chiziq o‘tgan bo‘lib, u yupqa membrana teshiklaridan o‘tuvchi miofibrillalar shu membranaga birikkan. Shu tufayli, mushak tolasida parallel o‘tuvchi miofibrillalar orqali disklarning qisqarishi vaqtida bir-biriga nisbatan siljib ketmaydi.
Targ’il mushaklarning miofibrillalari o‘rta hisobda 2500 protofibrillalardan (iplardan) tuzilgan. Protofibrillalar miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho‘ziq molekulalaridan iborat. Miozin protofibrillalar aktin iplarga nisbatan ikki marotaba yo‘g’onroq (diametri taxminan 10 mm). Mushak tolasi tinch holatda turganida, ingichka uzun aktinlarining uchlari yo‘g’onroq va kaltaroq miozin o‘rtasidagi yoriqlarga kirib turadi. Izotrop disklar faqat aktin iplardan, anizotrop disklar esa miozin va aktin iplardan tashkil topgan. Anizotrop diskning o‘rtasida aktin iplardan hosil bo‘lgan N xoshiya joylashganligi ko‘rinadi. Miofibrillaning bir-biriga yaqin bo‘lgan ikkita Z chiziqlar oralig’idagi qismi bir sarkomerni tashkil qiladi. Demak, miofibrilla birin-ketin takrorlanadigan juda ko‘p sarkomerlardan iborat. Har bir sarkomerga esa ikkita I disk va bitta A disk kiradi.
Umurtqali hayvonlar mushak tolalarining qoramtir disklari 1,6 mkm uzunlikka ega, yo‘g’on (diametri 10 nm) miozinli iplarning parallel bog’lamlaridan shakllangan. Miozin oqsilining molekulyar massasi 500000 Da (dal’tonni) tashkil qiladi. Miozin iplarida o‘simtalar - miozinli molekulalarning boshchalari (uzunligi 20 nm) joylashgan. Och rangli disklarda, aktin oqsilidan tuzilgan (molekulyar massasi 42000 Da) ingichka iplar (diametri 5 mm, uzunligi 1 mkm), hamda tropomiozin va troponin mavjud. Qo‘shni sarkomerlarni bir-biridan ajratib turadigan Z- chiziq atrofida ingichka iplar bog’lami Z- membrana bilan birikkan.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish