2-mavzu. Pul va bank ishini tarixiy va nazariy jihati



Download 1,65 Mb.
bet15/21
Sana29.05.2022
Hajmi1,65 Mb.
#614834
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
2-MAVZU. PUL VA BANK ISHINI TARIXIY VA NAZARIY JIHATI

Veksel- nemischa Vechsel so‘zidan olingan bo‘lib, dastlab XII-XIII asrlarda Italiyada paydo bo‘lgan. Veksel-bu qarzdorning ko‘rsatilgan summani, kelishilgan muddatda, belgilangan joyda to‘lashi to‘g‘risidagi yozma majburiyatidir. Veksel, sodda qilib aytganda, qarzdorlik to‘g‘risidagi tilxatdir.
Vekselning quyidagi turlari mavjud: tijorat veksellari- oddiy va o‘tkazma Veksellar, moliyaviy veksel, xazina vekseli, bank vekseli, muddatli veksel va boshqalar.
Banknot – Kredit pullarining yetakchi turlaridan bo‘lib, Markaziy banklar tomonidan Veksellarni hisobga olish yo‘li bilan chiqarilgan. Banknotlar dastlab, XVII asr oxirlarida chiqarilgan bo‘lib, u paytda banknotni hohlagan vaqtda bankga topshirib, o‘rniga unda ko‘rsatilgan summaga muvofiq oltin yoki kumush olish mumkin bo‘lgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniya, Rossiya va AQSH da banknotlarni oltin bilan ta’minlanganligi 30-50%ni tashkil etgan. Bugunga kelib hech qaysi mamlakatda banknotlar oltin yoki kumush bilan ta’minlanmagan.
Hozirda mamlakatlarning Markaziy emissiya banklari qat’iy belgilangan nominalga ega bo‘lgan banknotlarni muomalaga chiqarmoqdalar. Bu banknotlar mamlakatda milliy pul birligi bo‘lib hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Markaziy banki ham muomalaga turli nominalga ega bo‘lgan banknotlarni chiqargan, masalan:



Iqtisodiy adabiyotlarda Cheklar–dastlab 1683 yilda Angliyada qo‘llanila boshlagan, deb yozilgan. Holbuki, Ovropa siyosiy iqtisodchilaridan 4 asr muqaddam savdo-sotiq ishlarining davlat uchun juda kata daromad manbai ekanligini yaxshi bilgan Amir Temur davlat ichkarisida va tashqarisidagi savdo ishiga keng yo‘l ochib bergan va savdogarlarni moliyaviy qo‘llab-quvatlagan. Samarqand to‘qimachilik va boshqa hunarmandchilik turlari rivojlangan xalqaro savdo-sotiq markazi hisoblanar edi. Klavixoning yozishiga ko‘ra, hatto Iskandariya bozorlarida ham bu yerdagi narsalarni topib bo‘lmasdi. Dashti Qipchoq va mo‘g‘ul yurtlaridan teri, Chindan ipak, Xo‘tandan olmos, yoqut kabi qimmatli toshlar keltirilardi.
“Hozirda hammaning og‘zida bo‘lgan Chek tizimi dastlab o‘sha Uzoq zamonlardayoq joriy qilingan edi. Chek (chak) tushunchasi aslida yevropaliklarga biz orqali kirib borgan bo‘lib, savdogarlar yirik savdo tadbirlarini amalga oshirayotganlarida yonlarida katta mablag‘ni olib yurmasdan, har bir shaharda mavjud ishonchli sarroflar (pul maydalab beruvchilar, almashtiruvchi)larga naqd pul topshirib, shu haqda hujjat, ya’ni chek olganlar. Mo‘ljaldagi shaharga borib xuddi shunday sarroflarga yoki yirik savdogarlarga chekni ko‘rsatib, o‘z rejalarini amalga oshirganlar.Shunisi diqqatni tortadiki, Mahmud Qoshg‘ariy lug‘atida chek aslida ip-gazlama turlaridan biridir, deb yozilgan. Mahmud Qoshg‘ariy Keltirgan Chek gazlama turi bilan savdo muomalasida ishlatilgan chek o‘rtasida bog‘liqlikka shubha qilmasa ham bo‘ladi. Zero, bundan ming yil burun yozuv obekti o‘rnida qog‘oz bilan bir qatorda gazlama parchalaridan foydalanilgan” – deb yozadi Azamat Ziyo o‘zining “O‘zbek davlatchilik tarixi” asarida
Demak, savdogar va tadbirkorlar bir shahardan ikkinchi shaharga og‘irdan-og‘ir tilla, kumush tanga pullarni ko‘tarib yurmay o‘zaro “Chek” bilan hisob-kitob qilishgan bo‘lib, bu ham ularning ishini yengillatish uchun qilingan qulay chora-tadbirlardan biri edi. (I.T.) (37-38 b.)
Chek mijozning o‘z bankiga unda ko‘rsatilgan mablag‘ni naqd pulda berilishi yoki boshqa hisob raqamiga (schyotiga) o‘tkazilishi to‘g‘risidagi buyrug‘idir.
Chekning quyidagi turlari mavjud:

  • muayyan bir shaxs nomiga yozilgan Chek;

  • orderli chek;

  • ko‘rsatuvchiga Beriladigan Chek;

  • hisob-kitob cheki;

  • akseptlangan Chek va boshqalar.





Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish