O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida tanilishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo‘lishini taqozo etdi. Mustaqil pul tizimi tashkil topishining I-bosqichi 1993 yildan boshlab, muomalaga «so‘m-ko‘pon»larning chiqarilishi, (Belgilarini ilova qilish) II-bosqichi esa 1994 yil 1 iyuldan boshlab muomalaga milliy valyuta «so‘m»ning kiritilishi hisoblanadi.
Hozir O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi, 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq amal qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi – so‘m, 1 so‘m = 100 tiyin. So‘m O‘zbekistonda yagona cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga banknot va tangalar chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo‘lib, mamlakatda pul muomalasi holatiga javobgardir. Markaziy bank banknot va tangalarning yangi namunalarini tasdiqlaydi, ularning tasvirini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.
Hozirda muomalada 1,3,5,10,25,50,100,200,500, va 1000 so‘mlik banknotlar, 1,10,25,50 so‘mlik va 1,3,5,10,20,50 tiyinlik tangalar amal qilmoqda. (pul belgilarini ilova qilish)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul, kredit va valyuta boshqaruvi, naqd pulsiz hisob-kitoblar va xalqaro hisob- kitoblarni amalga oshirish, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartib- qoidalarini va boshqalarni ishlab chiqadi, hamda joriy etadi.
Shuningdek, Markaziy bank ho‘zurida uning bosh funksiyalaridan biri bo‘lgan pul emissiyasi siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muhim yordamchi korxonalar: Qog‘oz fabrikasi, Bosmaxona, Zarbxona, shuningdek, Qimmatbaho metallar Agentligi va Respublika Inkassatsiya birlashmasi tashkil etilgan.
Pul massasi va agregatlari
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqiy iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va pulli xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo‘jaligidagi tovarsiz to‘lovlarga xizmat ko‘rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakillardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining ob’ektiv negizi bo‘lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o‘ziga va tovar-pullarga bo‘linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakillardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotning holatiga qarab har bir mamlakatda turli miqdordagi pul aylanib turadi. Aholisi ko‘p va iqtisodiyoti rivojlangan AQSH va Yaponiya bilan, iqtisodiyoti zaif va aholisi kam Mavritaniya yoki Fidji uchun bir xil miqdorda pul talab qilinmaydi.
Iqtisodiyotning asl talabi shuki, har qanday sharoitda ham pul muomalaga keragidan ortiqcha chiqarilmasligi lozim. Shu sababli pul emissiyasi bilan davlat shug‘ullanadi.
Davlat tomonidan muomalaga pul chiqarilishi pul emissiyasi deyiladi. Iqtisodiyot uchun zaruriy pul miqdori ikki narsaga bog‘liq:
1.Sotish uchun bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning pulga chaqilgan miqdori. Bozorga qancha ko‘p va qimmat mahsulotlar chiqarilsa, shuncha ko‘p pul kerak bo‘ladi va aksincha, qancha kam va arzon mahsulotlar chiqarilsa, shuncha kam pul kerak bo‘ladi.
2.Pul aylanish tezligi. Bu pul birligining yil davomida necha marta oldi-sotdiga xizmat qilgani, ya’ni «qo‘ldan-qo‘lga» o‘tganini bildiradi. Pul qanchalik tez aylansa shuncha kam, qanchalik sekin aylansa, shuncha ko‘p kerak bo‘ladi.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri, pul aylanish tezligiga esa teskari mutanosibdir, ya’ni:
Pul aylanishini tezlatish pul operatsiyalarini o‘tkazish texnikasiga bog‘liq. Kassa apparatlarining bo‘lishi, pul sanaydigan mashinalarni ishlatish, yig‘ilgan pulni tezyurar vositalar bilan yetkazib berish, pul operatsiyalarini avtomatik tarzda hujjatlashtirish kabilar pul harakatini tezlashtiradi.
Bank operatsiyalarini avtomatlashtirish bir hisob raqamidan ikkinchisiga pul o‘tkazishni g‘oyat tezlashtiradi. Pul to‘lash qanchalik tez bo‘lsa, oldi-sotdi ham tez bitadi. Qonuniyat shundayki, iqtisodiyot rivoj topgan sari, kam miqdordagi pul bilan ko‘p miqdordagi pul operatsiyalarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |