2-mavzu: Pul nazariyalari to`g’risida umumiy tushuncha


-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari. Pulning barqarorligini ta`minlash yo`llari



Download 212,96 Kb.
bet22/24
Sana14.07.2022
Hajmi212,96 Kb.
#799126
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
пул ва

6-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari. Pulning barqarorligini ta`minlash yo`llari.

  1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish.

  2. Inflyatsiyaning sotsial iqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish yo`llari.

  3. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o`rni. Talab va taklif inflyatsiyasi.



1, Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish.


Inflatsiya lotincha so`z bo`lib ko`pchish bo`rtish degan ma`nolarni anglatadi. Inflatsiya faqat va faqat pul muomalasiga xos bo`lgan hodisa hisoblanadi. Inflatsiya atamasi birinchi marta 1861-1865-yillar oralig’ida shimoliy Amerikada paydo bo`lgan. CHunki bu vaqtda shimoliy Amerikada muomaladagi naqd pul massasi keskin ko`payib ketgan edi.


Iqtisodiy fanda Inflatsiya tushunchasi XX asrda paydo bo`lgan. CHunki XX asrning boshlarida dunyoning ko`plab mamalakatlarida qog’oz pullar muomalaga kiritilgan.
AQSHlik iqtisodchi olim Makkonel Inflatsiyaga shunday ta`rif beradi: Inflatsiya bu tovarlar baholarining ommaviy tarzda o`sishidir.
Taniqli rus olimi Lavrushin Inflatsiya shunday ta`rif beradi: Inflatsiya bu tovarlar va xizmatlar bahosining o`sishi natijasida pulning qadrsizlanishidir.
Inflatsiya keng ma`noda quyidagicha ta`rif berish mumkin. Inflatsiya bu tovarlar va xizmatlar baholarining osishi natijasida muomaladagi pul massasining ko`payishi va shuning asosida pulning qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning klassik talqinida pulning aylanish tezligi o`zgarmagan sharoitda pullar taklifi ko`payishi har doim Inflatsiyani yuzaga keltiradi.
Inflatsiyaning 3 ta namoyon bo`lish shakli mavjud:

  1. Milliy valuta tovarlar va xizmatlar bahosiga nisbatan qadrsizlanadi

  2. Milliy valuta xorijiy valutalarga nisbatan qadrsizlanadi.

  3. Milliy valuta oltin va zargarlik buyumlariga nisbatan qadrsizlanadi.

Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablarni 2 guruhga ajratish mumkin:

  1. Pullik omillar. Bunga davlat budjeti defetsitini qoplash maqsadida naqd pullarni emissiya qilish tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga nihoyatda katta miqdorda kreditlar berilishi, fuqorolarning xorijdan o`tkazayotgan pul o`tkazmalari, markaziy bankning kurs siyosati kabi omillar kiradi

  2. Pul bo`lmagan omillar. Bunga tabiiy manopoliyalar mahsulotlari va xizmatlarining o`sishi, Davlatning iqtisodiy siyosatining o`zgarishi, tashqi iqtisodiy faoliyat kabi omilar kiradi

Inflatsiya jiddiy ijtimoiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Bular ichida eng muhimlari ishsizlik darajasini oshishi, aholining real daromadlarining pasayisi va aholini mulkiy jihatdan tabaqalanishi hisoblanadi.
Inflatsiya iqtisodiy oqibatlarga ham ega. Inflatsiya davlat budjeti defetsitining ortishiga, iqtisodiy o`sishning sekinlashishiga, investitsiya meyorining pasayishiga sabab bo`ladi.
L. Katao va M. Terronza 107 ta mamlakat miqyosida 1960- yildan 2001-yilgacha bo`lgan davrda Inflatsiya va davlat budjeti defetsiti o`rtasidagi bog’liqlikni o`rganishgan. Ular Inflatsiya darajasi yuqori bo`lgan davlatlarda Inflatsiya va defetsit o`rtasida to`g’ridan to`g’ri bog’liqlik bor degan xulosaga kelishgan. Inflatsiyaning o`rtacha yillik darajasi 50 % bo`lgan davlatlarda davlat budjeti defetsitining YAIMga nisbatan 1 % punktga qisqarishi Inflatsiyani 8.75 % li punktga pasayishiga olib keladi.
Tarix, haqiqatan ham bu so`zning mohiyati har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. CHunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy mohiyati – muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko`p pul chiqarish degan ma`noni anglatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o`sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to`lanishi mumkin bo`lgan talablarning vujudga kelishiga olib keladi. Odatda, inflyatsiyaning bu turi – klassik inflyatsiya deb yuritiladi.
Inflyatsiya so`zi AQSHning SHimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida fuqarolar urushi bo`lganda muomalaga juda ko`p miqdorda (450 mln. grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo`llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizgacha tushib ketgan. Agar tarixga e`tibor beradigan bo`lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi inflyatsiya bilan uzviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o`rtalarida namoyon bo`lgan. Germaniyada juda yuqori sur`atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar shuni ko`rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo`lmasdan, tarixan mavjud bo`lgan jarayondir.
Hozirgi davr inflyatsiyasi, o`tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo`lib, ular, odatda, urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chiqarish va tovar aylanmasi sur`atlarini oshirmasdan yoki bu ko`rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo`ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo`llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo`lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo`lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni haqiqatda pul birligi o`zida ko`rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan.
Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma`lum davrda namoyon bo`lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa, odatda, doimiy (xronik) xarakterga ega bo`lib, xo`jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta`sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya teztez uchrab turadigan jarayon bo`lib, sifati ham o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo`jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo`lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda inqirozlar mavjudligi bilan ifodalanadi.
Hozirgi davr inflyatsiyasi pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog’ining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi – bu xalq xo`jaligining turli sohalari o`rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu, avvalam– bor, jamg’arma va iste`molchi o`rtasidagi talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo`jaliklarning naqd pulga bo`lgan talabi o`rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab, uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo`lish mumkin.
Inflyatsiyaning ichki omillari monetarpul siyosati bilan va xo`jalik faoliyati bilan bog’liq turlarga bo`linadi. Xo`jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo`jalikdagi va iqtisodiyotdagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo`l qo`yish, iqtisodiyotning davriy rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit siyosatining noto`g’ri olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi inqrozlar; davlat byudjetning taqchilligi, davlat qarzlarining o`sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo`l qo`yish va boshqalar kiradi.
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan krizislar, (xom ashyo, yoqilg’i, valyuta bo`yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo`lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to`xtovsiz o`sishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi va pul birligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
– tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
– chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
– milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba`zi bir iqtisodchilarning1 fikricha, inflyatsiya – bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o`sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo`lib qolishi, boshqalariniki tushishi ham mumkin ekan. Bunday xulosalar 7080 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin.
Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur`atlarda bo`lmasdan, sakrab turadigan bo`lishi mumkin. Lekin ba`zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo`lib turishi, XX asrning inflyatsiyasi uchun mos, deb to`liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba`zida davlat aralashuvi bilan aholi iste`moli uchun zarur bo`lgan ayrim bir tovarlar bahosini ma`lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to`g’risida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini to`g’ri talqin qila olish kerak. Masalan, hamma vaqt ham ba`zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bo`lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo`lishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o`sib borishiga ko`ra inflyatsiya bir necha turlarga ajratilib o`rganiladi.

  1. Sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 510% dan oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko`proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 34% atrofida ham bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pul qiymatining barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin.

  2. SHiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtada yillik o`sishi 10100% (ba`zida 200% gacha) bo`lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`proq uchraydi.

  3. Giperinflyatsiya. Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o`zgarishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda XVF baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya, deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi o`rtasidagi farq juda yuqori bo`ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo`jalik faoliyati va bozor faoliyatida naturallashtirish avj oladi.

Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga ko`ra uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g’ri keladi.
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodiyotning militarlashuvi.
Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo`lgan jarayonlar muomala uchun keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi;
b) davlat qarzlarining o`sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi.
Byudjet taqchilligi, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu, o`z navbatida, qo`shimcha muomala vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O`zbekistonda byudjet taqchilligi yuqoridagidan tashqari, 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda;
v) xalq xo`jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan talabni oshiradi.
g) chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi;
d) xalq xo`jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham aylanmaga qo`shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
SHunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o`sishi natijasida baholar o`sishi bilan namoyon bo`ladi.
2. Inflyatsiyaning sotsialiqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish yo`llari.
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qaramaqarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. SHuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari– inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Har bir davlatda pul muomalasi ma`lum qonunqoidalar asosida tartibga solib turiladi.
Avvalgi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va xarajatlari davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda, davlat o`z vakolati doirasida narxlarni o`zgartirish va islohot yo`li bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi ma`lum usullar yordamida tartibga solib turiladi.
Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi.
1. Majburiy zaxira stavkasi me`yorini belgilash.
2. Tijorat banklarining ochiq bozorda qatnashishi.
3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavka sini o`rnatish.
«O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risida»gi qonunga ko`ra, Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy zaxira bo`yicha mablag’larni maxsus hisobda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday zaxiralar me`yorlari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm, asosan, tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmining muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta`sir etadi. Kredit esa o`z navbatida, pul massasining ko`payishiga, baholarning o`zgarishiga olib keladi. SHuning uchun majburiy me`yor teztez o`zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasining tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo`yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini aniqlashda asos bo`lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat banklarining boshqa manbalaridan mablag’lar jalb qilishiga ta`sir etmaydi. Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkalarini o`rnatib tijorat banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi
Hozir ko`pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish usulidan foydalanilmoqda.
Bu hozirgi ko`p qo`llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta`sir o`tkaza oladigan eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulning boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xohlagan miqdorda o`tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorning rivojlanish tendentsiyasiga qarab pul muomalasini barqarorlashtirishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi sotdi ob`ekti bo`lib, davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bankning o`zi chiqargan qarz majburiyatlari bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari, qayta moliyalash stavka­si iqtisodiyotda muayyan darajada foiz stavkalarining indikatori bo`lib xizmat qiladi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, tijorat banklari jalb qilingan depozitlar va berilayotgan kreditlar bo`yicha foiz stavkalarini o`zlari mustaqil ravishda belgilashlari mumkinligiga qaramasdan, qayta moliyalash stavkasining ka­maytirilishi foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi.
Hozir ko`pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish usulidan foydalanilmoqda.
Bu hozir ko`p qo`llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta`sir o`tkaza oladigan eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulning boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xohlagan miqdorda o`tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorning rivojlanish tendentsiyasiga qarab pul muomalasini barqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi sotdi ob`ekti bo`lib davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bankning o`zi chiqargan qarz majburiyatlari bo`lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy bankning uch oy muddatda so`ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo`lsa, 1996 yil mart oyi oxirida DQMO chiqarildi. Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavfxatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o`z joriy xarajatlarining bir qismini inflyatsiyadan holi manba hisobidan qoplashga, ikkinchidan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`zlarining bo`sh mablag’larini foyda olish evaziga investitsiya qilishga imkoniyat yaratdi.
DQMOlarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Zarur bo`lsa, obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o`z foydasi evaziga uni sotishi mumkin.
SHunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga ega.
YUqorida ko`rsatib o`tilgan usullar ko`pgina davlatlarda qo`llaniladi. Davlatning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa selektiv usullardan ham foydalanishi mumkin. Bu usullarning maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul massasiga ta`sir o`tkazib borishdir. Bu usullarni har bir davlat o`zining rivojlanishi darajasiga qarab qo`llashi mumkin.
Masalan, rivojlangan davlatlarda, asosan, ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish usulidan foydalaniladi. YUqoridagilarni tahlil qilsak, har bir usul u yoki bu yo`l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasining kamayishiga yoki ko`payishiga ta`sir qiladi.
Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab, Markaziy bank o`zining pul kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari, mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham boshqariladi. Bunga misol qilib, korxona tashkilotlarning kassa tushum rejasini bajarishi ustidan qattiq nazorat o`rnatish, barcha savdo shoxobchalarini inkassatsiyaga tortish, aholining o`z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish, qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya`ni elektron kartochkalarini joriy qilish va boshqalar bularning hammasi muomaladagi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin.
YUqorida ko`rsatib o`tilgan usullar ko`pgina davlatlarda qo`llaniladi. Davlatning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham foydalanish mumkin. Bu usullarning maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul massasiga ta`sir o`tkazib borishdir. Bu usullarni har bir davlat o`zining rivojlanish darajasiga qarab qo`llashi mumkin.
Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish usulidan foydalaniladi. YUqoridagilarni tahlil qilsak, har bir usul u yoki bu yo`l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasining kamayishiga yoki ko`payishiga ta`sir qiladi.



  1. Download 212,96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish