Birinchi bosqichda pedagogik g‘oyalar dastlab xalq pedagogikasi sifatida rivojlandi. Bu xalq tomonidan yaratilgan miflar (xayoliy tushunchalar)da, maqollarda qo‘shiqkuylarda, ertaklarda, rivoyatlarda, asotirlarda, hikoyatlarda, masalalarda, dostonlarda keyichalik “Avesto”, “O‘rxun Enasoy”(Enisey) yodgorliklar mazmunida pedagogik g‘oyalar, qarashlar o‘z ifodasini topgan. Bu masalada yoshlarni hayotga tayyorlash, ularni mardlikka, jasoratga, kasbhunar egallashga da’vat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, sharmhayo, mehroqibat, ornomus, poklik, halollik kabi tarbiyaviy pedagogik g‘oyalar ilgari suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |