2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi tayanch tushunchalar



Download 294,61 Kb.
bet1/34
Sana14.01.2022
Hajmi294,61 Kb.
#362903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2-mavzu


2-MAVZU. PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

Tayanch tushunchalar: pedagogika, fan, pedagogik fanlar, faoliyat, pedagogik faoliyat, ta’lim, tizim, tarbiya, taraqqiyot, sifat, ilmiy tadqiqot.

2.1.Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.

Pedagogika o‘quv fani o‘zining o‘quv insoniyat jamiyati tarixi rivojlanishi bilan bog‘liq tarixga ega. “Pedagogika” so‘zi yunoncha “paidagogos” (pais, paidos – bola va + agogos – yetaklovchi) so‘zidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri “bola yetaklovchi” degan ma’noni anglatadi. Bu “Pedagogika” so‘zining lug‘aviy ma’nosi, ilmiy ma’nosi emas. Manbalarda qayd etilishicha Qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolasini o‘ydan maktabgacha, maktabdan o‘ygacha kuzatib boruvchi qullar bo‘lgan. Mana shu qullarni pedagoglar deb ataganlar. Keyinchalik “Pedagogika” so‘zi umumiy ma’noda “bolani hayotga tayyorlovchi”, ya’ni bolani tarbiyasi, o‘qishi, bilim olishini tashkil qilish bilan shug‘ullanib, uning ma’naviy, jismoniy rivojlanishga yo‘llovchi kishilarni pedagoglar deb ataganlar.

Shu o‘rinda qayd etib o‘tish joizki, eramizdan avval VIV asrlarda Qadimgi Yunonistonda boshqa pedagogik tushuncha va terminlar ham qo‘llanila boshlagan. Jumladan, maktab (schole) dam olish uyi ma’nosini anglatuvchi gimnaziya (gumnazion, gimnasiy) – jismoniy rivojlanishini amalga oshiruvchi jamoa maktabi va h.k.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha qadimgi Yunonistonning Sparta va Afina shaharlarida dastlabki ta’limtarbiya maskanlari tashkil etilgan bo‘lib, ularda quldorlarning bolalari tarbiyalanishgan. Spartada bolalar 7 yoshgacha otaonalari tarbiyasida, 7 yoshdan 18 yoshgacha agellar deb nomlangan maktablarda ta’limtarbiya olishgan.

Afinada boybadavlat kishilar, ya’ni quldorlar o‘z o‘g‘illarini 7 yoshdan boshlab xususiy maktablarga berishgan. Bu maktablarda bolalar 17 yoshgacha shug‘ullanib, ta’limtarbiya olishgan va jismoiy hamda xarbiy tayyorgarlikni o‘tashgan.

Ma’lumki, kishilik jamiyati yosh avlodni hayotga tayyorlash, unga zaruriy ijtimoiyiqtisodiy tajribani o‘rgatish, buning uchun esa zaruriy bilim, ko‘nikma bilan qurollantirish asosiy maqsad xisoblangan. Shu bois jamiyat taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida tarbiya asosiy qurol xisoblanib u yoshlarni xayotga va ishlab chiqarishga tayyorlashda qo‘llanilgan.

Natijada xayotiy (tarbiya) tajribalarning ko‘payib, murakkablashib va ijtimoiy hayot hamda ishlab chiqarish tajribalarining takkomillashib borishi tajriba, bilimlarni muayyan ko‘rinishda hamda tarbiya orqali umumlashtirish, bir tizimga keltirish extiyojini tug‘dirdi. Oqibat natijada pedagogika nazariyasi – tarbiya haqidagi fan maydonga keldi (buni pedagogika fani deb nomladilar).

Pedagogika tarbiya fani sifatida shu tariqa shakllandi va rivojlanib ijtimoiy – iqtisodiy hayotning zaruriy xodisasiga aylandi. Zero, jamiyatning yanada rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari, vositalari , mehnat jarayonlarini, insonning o‘zini, uning ma’naviy – ahloqiy salohiyati, aqliy qobiliyati, intelekti, jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish tarbiya vositasida amalga oshishini xayot tasdiqladi. Shuning uchun tarbiya zaruriy ijtimoiy kategoriyaga aylandi. Chunki tarbiya doimo jamiyat uchun muhim bo‘lgan vazifa va funksiyalarni bajargan va bajarmoqda. U insonlarning turli ajdodlari o‘rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Biroq, har qanday iqtisodiy tuzum uchun zarur bo‘lgan holda tarbiya o‘z maqsadi va vazifalari, o‘zining mazmuni, metodlari va vositalari bo‘yicha o‘zgarib, takkomillashib boradi. Bu o‘zgarishlar ijtimoiy hayot, aloqalar ya’ni jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida kishilar o‘rtasidagi munosabatlar, muomalalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Natijada jamiyatda qanday ishlab chiqaish usuli xukmronlik qilishiga qarab, mazkur jamiyatda o‘z rolini bajarish uchun muayyan tayyorganlikka ega bo‘lgan kishilar kerak bo‘ladi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash uchunhar bir ijtimoiyiqtisodiy tuzum o‘z tarbiya tizimiga egabo‘ladi. Zero, talablar jamiyatning tuzilmasiga qarab hukmron sinfning extiyojini qanoatlantirishga yonaltiriladi. Shu bois aytish mumkinki tarbiya tarixiy hamda sinfiy xarakterga ega. U jamiyatning rivojlanishi va o‘zgarishi bilano‘zgaradi. Agar jamiyat sinflarga bo‘lingan bo‘lsa u sinfiy xarater kasb etadi, ya’ni tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni va tashkil etilishi xukmron sinf manfaatlariga bo‘ysunadi. Agar bu manfaat halq uchun bo‘lsa u jamoaviy, umuminsoniy talablarni amalga oshiradi.

Shuning uchun tarbiya tarixiy va ijtimoiy xarakter kasb etib ijtimoiy xoditsa xisoblanadi. Zero u insoniyat tarixining paydo bo‘lishi bilan paydo bo‘ldi, rivojlanishi bilan, rivojlanib, takkomilanib bordi. Kishilik jamiyatining xar taraqqiyot bosqichida, tarbiya ijtimoiyiqtisodiy tuzumning ehtiyojini qondiruvvchi rivojlanishini ta’minlovchi omil sifatida o‘zgarib takkomilashib bordi.

Ma’lumki insoniyat jamiyatining tarixida dastlab ibtidoiy – jamoa tuzumi mavjud bo‘lib, bu tuzumning mohiyatini belgilovchi eng muhim xususiyatlar kuyidagilardan iborat bo‘lgan: ishlab chiqarish umumiy mehnatasosida tashkil etilgan: ishlab chiqarish vositalalri va ishlab chiqarish maxsulotlari umumiy mulk xisoblangan. Shu sabab bu tuzumda birov birovga bo‘ysunmagan, jismoniy va aqliy mehnat taqsimlanmagan, xukmron va bo‘ysunuvchi kishilar bo‘lmagan. Shu sabab qabilaning barcha bolalariga bir xil tarbiya berilgan, tarbiyaning mazmuni bir xususiyat va yo‘nalish kasb etgan. Faqat ushbu tuzumning yemirilishi davrida maxsus maktablar , maxsus tarbiya o‘choqlari paydo bo‘lib ularda yoshlar tarbiyalana boshlagan.



Download 294,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish