sohalaridan biri bo„lib, yozma yodgorliklarning yozuv tuzilishi, alifbosi yoki
boshqa turdagi shartli chizma belgi va shakllarning genetik asoslari, ularning rivoj-
lanish yullari va dinamikasi, yozuv asboblari, yozuv uchun foydalanilgan
materiallar, xat turlari, dastxat shakllari, xususiy xat namunalari, yozuvning uslub
turlari, husnixat sifatida me‟yoriy darajalarga yetgan namunalari, yozuvning
bezaklari, umum savodxonlik va kotiblik kasbiy san‟ati turlari, matn tuzish
tamoyillari, yozuv materiallari, yozuv matnlarining saqlanish xolati kabi qator
masalalarni o„rganib, kerakli ma‟lumotlar zahirasini manbashunoslik tadqiqotlari
uchun tayyorlab beradi.
Paleografiya yozma yodgorliklarning tashqi holatini tekshirish bilan shug„ul-
lanadi. Lekin paleografik tadqiqot uchun jahonda yoki mintaqada qadimgi
yozuvlar, ularning belgi tizimlari, harflarning qaysi tovushni yoki lug„aviy
ma‟noni ifodalashi va yozuv madaniyati masalalaridan xabardorlik talab
qilinadi. Bu o„z navbatida dastlabki bosqichda qanday yozma yodgorlik bilan ish
ko„rilayotgani tug„risida farazni olg„a surish, va tekshirilayotgan yozma yodgorlik
yozuvining qanday tizimga, qaysi davrga tegishliligini belgilash imkonini beradi.
“Paleografiya” atamasi yunoncha ikki so„z o„zagidan yasalgan bo„lib, palayos -
“qadimiy ”, grafo – “yozaman” demakdir. Ya‟ni paleografiya qadimiy va umuman
o„tmishga oid yozma yodgorliklarni o„rganuvchi ilmiy sohadir. Yozma
yodgorliklar paleografiyasi ustida ishlash birinchi galda tekshirilayotgan
yodgorliklarning yozilgan vaqtini, makonini, qaysi yozuvdaligini, saqlanish
axvolini sinchkovlik bilan tavsiflashdan boshlanadi. Markaziy Osiyodagi qadimiy
yozuv yodgorliklarida ko„pincha sanalari maxsus ko„rsatilmaydi. Ularning qachon
yozilgani masalasida aksariyat hollarda yo bilvosita manbalardan ma‟lumotlar
qidiriladi., yoki yozuvining paleografik rivojlanish shakllari tadrijidan ayni
tekshirilayotgan yodgorlik yozuv shaklining o„rnini belgilashga to„g„ri keladi. Buni
sug„d yozuvining qadimiy xarflari qo„shib yozilmagan bosqichi bilan yuksak
darajada kursiv (yugurik)-ulab, ravon va uzluksiz xat turida yozilgan shakllari
o„rtasida joylashuvi namunalarni qiyoslash orqali hal etish misolida ko„rish
mumkin, ya‟ni, sug„d yozuvi tarixida harflar o„zaro ulab yozilmagan (lapidar xat
turi) bilan kursiv - ravon husnixat turi oralig„ida qarib 700-800 yillik yozuv tarixi
bor. Shunday qilib, paleografiya manbashunoslar u yoki bu yozma yodgorlikni
o„qib tahlil qilishida asosiy yordamni
yetkazadi.
Manbashunos
uchun
o„z
navbatida paleografik ish usullaridan
xabardorligi va paleografik tadqiqotlar
natijalaridan to„g„ri va unumli foydalana
olish ko„nikmalari muhim ahamiyatga
egadir.
Paleografiyaning
asosiy
maqsadi
muayyan yozma yodgorlikning barcha
tashqi xususiyatlarini aniqlash va tavsif
etishdan iborat. Bu ish avvalo yozuv materiali, yozuv belgilari, matn tuzish
usullari, kabi matnning bezaklari kabi tashqi alomatlari, zamon va makonlar osha
doimiy o„zgarishda va rivojlanishda ekanini, tarixiy shart-sharoitlar bilan
bog„liqligini hisobga olinmog„i lozim.
Paleografik tahlil orqali yozma yodgorlikning tashqi holati barcha belgi va
xususiyatlari haqida ma‟lumotlar yig„indisi yuzaga keladi. Ayniqsa, bu tahlil
yozma yodgorlikning yozuvi noma‟lum, joyi, sanasi haqida ma‟lumotlar yo„q yoki
yetishmagan hollarda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba‟zan paleografik tahlil
uchun yozma yodgorlikning mazmuni va qanday doiraga mo„ljallangani ham
hisobga olinadi. Chunki ko„p hollarda sharqda murakkab mazmunli falsafiy asarlar
murakkab xat usullaridan foydalanib ko„chirilgan hollar ham uchraydi. Bundan
tashqari ayrim shaxslarning savodldiligi darajasida xususiy xat namunalari
me‟yorlashgan husnixa va mahkamachilikka xos usullardan farqli ravishda o„qib
o„rganish uchun qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Paleografik tadqiqotlar bugungi kunda nafaqat qadimiy yozma manbalar
doirasini balki ma‟lum amaliy maqsadlarda so„nggi davrlar, xatto xozirgi zamon
yozuv materiallarini tekshirishgacha amal qilmoqda.
Ushbu umumiy mulohazalardan keyin bevosita sug„d yozma yodgorliklari
paleografiyasi xaqida fikr yuritishimiz mumkin. Nima uchun ayni sug„d yozma
yodgorliklarini ishimiz ob‟ekti qilib qo„ydik. Bunga sabab shuki, sug„d yozuvi
mil.avv. III-II asrlardan boshlab to VIII-X asrlargacha xalqaro yozuv maqomida
bo„lgan. Buyuk ipak yo„llari bo„ylab sug„d yozuvi sharq yozuv yaratuvchilik
estafetasida asos yozuv vazifasini o„tagan. Sug„d yozuvi asosida uyg„ir turkiy
yozuvi, mo„ng„ul, manjur, tibet va nihoyat, koreys alifboli harf-tovush yozuv
tizimlari yaratilgani ma‟lum. Qolaversa, sug„d yozuvining o„zida bizga qadar ko„p
miqdorda yozma yodgorliklar yetib kelganki, ularning paleografik tahlili
manbashunoslik uchun g„oyat muhim ahamiyatga ega.
Sug„d paleografiyasi qadimiy sug„dlar foydalangan moniy diniy jamoalari
yozuvining, sharq xristian cherkovi jamoalarida qo„llangan suryoniy sug„dcha
yozuvlarning ko„plab yodgorliklarini qamrab olmog„i lozim. Shu munosabat bilan
sug„d paleografiyasi birinchi galda har uchala yozuv alifbolari tizimini bilishni
talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: