2-mavzu. Paleografiya. Mazmuni va mohiyati. Ish usullari
Reja:
1. Paleografiya sohasining nazariy va amaliy asoslari
2. Qadimimy yozuv madaniyatining paleografik tadqiqot ob‟ekti sifatidagi
mohiyati
3. Yozma yodgorliklarning tashqi holati paleografiyaning ob‟ekti sifatida
4. Paleografik tadqiqotlar matnshunoslik va manbashunoslikning birinchi
qadami sifatida
Tayanch so‘z va iboralar: paleografiya, alfavit, dukt, lakuna, palimpsest,
kursiv, lapidar, tosh, spol, yog„och, charm, qog„oz, mato, xat- qamish, siyoh, mo„y
qalam, o„ram, daftar, kodeks.
Paleografiya yordamchi tarix fani yozuv
yodgorliklarining tashqi alomatlari, ularda aks etgan
yozuv shartli belgilar tizimi, yozuv materiali, yozuv
ashyolari, bitik usullari yozuv yodgorliklarining
saqlanish holati, matnni tuzish va uning qismlarini
joylashtirish
xususiyatlari,
kotiblik
ko„nikmalari,
husnixat shakllari, ayrim uslubiy grafik shakllar,
bezaklar, harf va ularnig birikmalarida kotibning xos
usullari, yodgorlikning yaxlit tuzilishiga xos alomatlar
(varaq-qit‟a, o„ram, kodeks, va boshqalar), bosh harf, fraza ajratish, tinish belgilari
va hakazo-ko„plab masalalarni yaxlit o„rganishdan iborat murakkab vazifani ado
etadi.
Markaziy Osiyo xalqlari yozuvning sodda, ibtidoiy shakllaridan mil.avv. I
ming yillikdayoq voz kechib, mil.avv. VI asrdayoq alifboli yozuv tizimlari,
xususan, oramiy yozuvi bilan tanishganlar. Olimlarning fikricha Avesto kitobi
mil.avv. VIII-VII asrlardayoq kitob holatiga keltirib yozib olingan bo„lsa, demak,
ajdodlarimiz mil.avv. VII arsdayoq yozuvning alifboli darajasiga erishganlar.
Demak, paleografik tadqiqotlar uchun alifboli tizimlar asosidagi material
xronologiyasi ham bevosita o„sha davrdan boshlanadi. Shu sababli paleografiya
o„quv kursini «Avesto paleografiyasi»dan boshlab, so„ngra oramiy grafikasidan
rivoj topib, tez orada bir qancha mahalliy yozuv tizimlariga aylangan alifbolar, ular
vositasida yozib olingan yodgorliklarga o„tish ma‟quldir. Bular parfyoniy yozma
yodgorliklari, boxtariy-oramiy yodgorliklar, xorazmiy, sug„diy, o„rtancha forsiy-
pahlaviy yozuvlari, sug„diy asosida rivojlangan uyg„ur-turkiysi, o„rxun-Enisey va
uning o„nlab mahalliy variantlaridirki, paleografik tadqiqot orqali ularning
2.1-rasm. Lotin paleografiyasi
manbaviy ahamiyatini ko„rsatib berish, ilmiy istifodaga olib kirish muhim ilmiy va
amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada yana bir muhim masala borki, u ham bo„lsa
har bir yozuv tizimining ichki grafik rivojlanish dinamikasini ko„rsatishdir.
Masalan: Markaziy Osiyoda oramiy grafikasi asosidagi yozuvlarning oramiycha
shakllardan ajralib chiqib mustaqil chizma shakllar darajasiga, undan go„zal
husnixat shakllariga xos yozuv usullarini paydo etish yo„llarini yodgorliklarda
kuzatish ham muhim ahamiyatga ega.
Yozuv materiallari masalasi paleografiya uchun g„oyat muhim. Zero, eng
muhim material sifatida amal qilayotgan qog„ozning tarixi bor- yo„g„i 2000 yilga
teng. Yozuvlar tarixi esa 5 ming yildan ortiq. Bu uzoq davr ichida tajriba
to„plangan va bu tajriba jiddiy umumlashtirishga muhtojdir.
Paleografiyaning yana bir muhim vazifasi yozma yodgorliklarning saqlanish
ahvolini to„liq tavsiflab berishdir. Matnning yo„qolgan qismlari, satr to„ldirish
usullari, sarlavha ajratish, xat boshi, kolofon va boshqa belgilarning tavsifi muta-
xassis manbashunos tadqiqoti uchun yodgorlikni «tayyorlab berish»dir.
Paleorafiya uchun xat usullari bilan bog„liq texnik badiiy xususiyatlarni
o„rganish ham muhimdir. Masalan, sug„d yozuvining sochma (harflar ulanmay
qatorga terib yoziladigan) shakli bilan kitobiy ravon husnixatgacha bo„lgan
taraqqiyot yo„li bir necha bosqichga bo„linadigan tarixiy-madaniy jarayondir.
Xuddi shu kabi arab yozuvining dastlabki Ko„fa shakli bilan yuksak badiiy
husnixat turlarigacha bir qancha badiiy va kundalik maxkamachilik turlari, yakka
shaxs xat usullari (individual yozuv variantlari) paydo bo„lgan. Ta‟lim jarayonida
arab yozuvi va uning turlarining kelib chiqishi, xattotlik va kitobat san‟ati, islom
davrida arab yozuvidagi manbalarning paleografik xususiyatlariga alohida
ahamiyat berish zarur. Arab yozuvidagi asosiy manbalarning tavsifi va ularni
yaratilgan asos va sabablarini ham shu fan
doirasiada
tahlil
etmoq
maqsadga
muvofiqdir.
Bu
masalaning
chuqur
o„rganilishi arab yozuvidagi manbalar ustida
mavaffaqqiyatli ishlashni hal qiluvchi omili-
dir. Xulosa qilib aytganda, palegrafiya tarix
fani va uning mutaxassislariga, manbashuno-
slarga muhim ahamiyatga ega ilmiy nazariy
va amaliy sohadir.