1.4-rasm. Periderma (A), yasmiqchaning tashqi tuzilishi (Б), marjondaraxti poyasidagi
yasmiqchaning ko‘ndalang kesimi (Sambucus sibirica) (В):
1 — epiderma qoldiqlari, 2 — po‘kak (fellema), 3 — fellogen (po‘kak kambiysi), 4 —
felloderma, 5 — yasmiqcha, 6 — bajaruvchi to‘qima.
U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida po‘stloq ostidagi
to‘qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo‘ladi.
Fellogen faoliyatining xarakteriga ko‘ra turli ko‘rinishdagi po‘stloq hosil bo‘lishi mumkin.
Fellogenning doira shaklda joy olishdan halkasimon po‘stloq hosil bo‘ladi. Agarda fellogen ayrim
bo‘laklar shaklida hosil bo‘lsa, tangachasimon po‘stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po‘stloq ko‘p
uchraydi. Qalin qatlamli po‘stloq daraxt tanasini
mexanik shikastlanishdan, yong‘indan va
haroratning keskin sho‘garishidan saqlaydi. Ba’zi o‘simliklarda po‘stloq umumdan hosil
bo‘lmaydi (chinor, chetan, shumrut).
Ba’zi o‘simliklarning havo ildizlari ustida o‘ziga xos tuzilishga ega velamen (lot. velamen
— qobiq) deb ataladigan to‘qimalari bo‘ladi. Bu to‘qima kelib chiqishi
jihatidan rizodermaga
o‘xshash bir qavatli protodermadan yuzaga keladi, lekin ontogenezida rivojlanib ko‘p
qavatli
shaklga aylanadi. Velamen hujayralari tez nobud bo‘ladi. Shu sababli suv ildiz hujayralariga
maxsus poralardan o‘tadi va kapillyar naylar orqali so‘rilib po‘stloq xujayralariga o‘tkaziladi.
Velamen to‘qimalar orxideyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning havoyi ildizlarida uchraydi.
Barcha tirik va o‘lik holdagi hujayralar o‘simlikning mustahkamligini ta’minlaydi.
Jonli
hujayralarning mexanik roli turgor bosim bilan bog‘liqdir. Suv bilan yaxshi tuyigan hujayralar
tarang bo‘lib, o‘sishni shakl va hajmini bir butun holda saqlab turadi. Ortiqcha namlik sharoitida
o‘suvchi o‘simliklar odatda maxsus mexanik to‘qimaga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz rivojlangan
bo‘ladi.
Mexanik to‘qimalarning vazifasi o‘simlikka mustahkamlik berishdan iborat bo‘lib, uni har
xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Mexanik to‘qima tufayli o‘simlik
poyasi tik holatni
saqlaydi. Daraxtlar og‘ir shox–shabbalarni ushlab turadi hamda tashqi muhitining kuchli bo‘ron
va shamollariga, yomg‘ir va qorlarga bardosh beradi. Mexanik to‘qima hujayralarining xarakterli
xususiyati qobig‘ining ko‘pincha lignin moddasi singishi natijasida yog‘ochlashishidadir. Bu esa
o‘z navbatida mustahkamlikni oshiradi.
Mexanik to‘qimalar kelib chiqishi, o‘simlik organlarida joylashishi va umumiy anatomik
belgilariga qarab uch turga bo‘linadi:
1) kollenxima; 2) sklerenxima; 3) sklereidlar.
Do'stlaringiz bilan baham: