Pedagogik yangilik– pedagogik faoliyatda ilgari ta`lim jarayonida noma`lum bo`lgan o`zgarishlarni kiritish orqali ta`lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Innovatika–yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o`zlashtirishni va targ`ib-targ`ibotini o`rganadigan fan.
Innovatsion jarayon–yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi ko`rsatgichlarga muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlovchi o`zgarishdir. Innovatsion o`zgarishlarga tayyorgarlik ko`rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.
Innovatsion pedagogik g`oya– tizimlashtirilgan pedagogik g`oyalar; o`quv jarayoni bashorat etilishi, ma`lumotlar to`plami.
Innovatsion ta`lim - 1) ta`lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar; 2) yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta`lim jarayoni.
Innovatsion ta`lim muassasasi– yangi tipdagi ta`lim muassasalari: akademik litseylar, maktabgacha ta`lim kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta`lim muassasalari, ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo`nalishli, predmetlari chuqur o`rgatiladigan maktablar va h.k.
Innovatsion texnologiya–pedagogik taraqqiyotni ta`minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o`yinlar, evristik, kreativ, muammoli, loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari).
Innovatsion o`qitish– 1)yangicha o`qitish tizimi, 2)o`quvchi va talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o`qitish jarayoni (algoritmlash, loyihali, modulli va b.).
Ta`lim innovatsiyalari – ta`lim sohasi yoki o`quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo`llanilib,
avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta`lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi.
Innovatsiyalar turli ko`rinishga ega.
Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko`rinishlari sanaladi
-yangi g`oyalar;
-tizim yoki faoliyat yo`nalishini o`zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
-noan`anaviy yondashuvlar;
-odatiy bo`lmagan tashabbuslar;
-ilg`or ish uslublari
Ta`lim tizimida yoki o`quv faoliyatida innovatsiyalarni qo`llashda sarflangan mablag` va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko`zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o`zgaruvchan mexanizmga ega bo`lishi zarur.
Barcha sohalarda bo`lgani kabi ta`limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to`g`risida so`z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo`lib,faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o`zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi
Bordi-yu, faoliyat ma`lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o`zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e`tibor qaratiladi. Darhaqiqat, yangilik - vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va boshqa. ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Mohiyatiga ko`ra novatsiya va innovatsiya o`rtasida muayyan farqlar mavjud.
Ular quyidagilardir
Novatsiya va innovatsiyalar o`rtasidagi asosiy farqlar
Asosiy farqlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |