2-Mavzu: O‘qituvchining kreativlik kompetentligini oshirish yo‘llari.



Download 32,02 Kb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi32,02 Kb.
#668828
  1   2   3   4
Bog'liq
1.2.2 Amaliy


2-Mavzu: O‘qituvchining kreativlik kompetentligini oshirish yo‘llari. (2-soat amaliy)
Reja:
1. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati.
2. O‘quvchilarda kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha mashqlar.
3. Kreativlik sifatlari. O’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish shartlari. Shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladigan omillar. Shaxs kreativligini ifodalovchi belgilar. Shaxs kreativligini aniqlovchi psixologik testlar.


Ishdan maqsad:
Ushbu amaliy ish davomida quyidagilarni bajarish lozim:
1.O`qituvchining ijodkorlik sifatlarini amaliyotda qo`llash.
2.Innovatsion jarayonida pedagog va uning faoliyati to`g`risida bilimlariga ega bo`lish.
3.Pedagogning kompetensiya tarkibiga kiruvchi turlarini ochib berish. 4.O`qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o`rnini tahlil
qilish.
Masalaning qo`yilishi: Tinglovchi yuqorida keltirilgan topshiriqlarni bajarishi va natija olishi lozim.


1. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati.
Amaliy mashg`ulotga doir nazariy material:
O`qituvchining ijodkorlik sifatlari
Kreativlik (lot., ing. reate ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g`oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Pedagogik kreativlik (ijodkorlik) – pedagogning an`anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta`lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta`minlashga xizmat qiluvchi yangi g`oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo`lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
“Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) o`qituvchilar tomonidan o`quv fanlarini past o`zlashtirayotgan va ularini o`rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e`tiborlarini fan asoslarini o`zlashtirishga jalb etish;
2) o`qituvchilarga o`quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag`batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo`lmasligi tufayli o`quvchilar ham qiziqarli va ajoyib g`oyalarga ega bo`lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo`l qo`yadi. Buning sababli ta`lim jarayonida qo`llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo`ladi. Ular quyidagilardir:
1.Me`yoriy hujjatlar (o`quv fanlari bo`yicha DTS, o`quv dasturi va rejalari)ni tayyorlash;
2.O`quv manbalari (darslik,o`quv-metodik va metodik qo`llanma, tavsiyanoma, lug`at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish ;
3.Ta`lim jarayoni va ma`naviy-ma`rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;
4.O`quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish;
5.Ta`lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo`shqin tashkil etish;
6.Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;
7.Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;
8.Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;
9.Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o`tish;
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog`liq bo`ladi.
Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpepsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan iborat:

Download 32,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish