2-mavzu: O‘lkashunoslikning asosiy manbalari Reja



Download 99,96 Kb.
bet48/63
Sana08.02.2022
Hajmi99,96 Kb.
#435508
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
2-maruza

Mahmud tepa — Qashqadaryo viloyati Koson rayonidagi qishloq. Qishloqning oldingi nomi «Qoratelpak» bo`lgan. Qishloq axlining aksariyati qoratelpak kiyib yurganidan shunday nom olgan, deyishadi. Keyinchalik odamlar chakalakzor va tepalarni o`zlashtirib, yangi qishloq barpo qilganlar. Ishboshi Mahmud ismli oqsoqol bo`lgan ekan. O`sha vaqtdan boshlab Mahmud ota o`zlashtirgan tepa, keyinchalik Mahmud tepa deb atala boshlagan, qishloq nomi esa o`z holicha qolavergan.
Kitob — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. SHaxdrni uch tomondan tog`lar, ya`ni Ziyovuddin tog`ining davomi, Qo`rg`on tog`, orqa tarafidan esa Taxta qoracha tog`i va shu tog`ning davomi o`rab olgan. Kitob nomining kelib chiqishi o`qiydigan «kitob» so`zidan emas, balki tojik tilidan olingan «kift» — elka, «ob» — suv, ya`ni «elkadagi suv» degan ma`noni bildiruVchi «kiftob» so`zidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin. Haqiqatan ham bu nom to`g`ri qo`yilgan, chunki Kitob rayonining ikki tomonidan ikkita daryo — Qashqadaryo va Oqdaryo oqib o`tadi. Kitob rayoni janubdan SHahrisabz rayoni, shimol va g`arbdan Samarqand viloyatiga qarashli Jom deb atalgan qishloq bilan, sharqdan esa Tojikiston tog`lari bilan chegaralangan. Kitob rayoni kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Kitob posyolkasida qurilgan to`rt qavatli ma`muriy binolar va qishloq xo`jalik idorasi, zamonaviy oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, bosh kiyimlar, atir-upa, uy-anjomlar, attorlik, «Bolalar dunyosi» do`konlari binolari shahar ko`rkiga ko`rk qo`shib turibdi. SHuningdek, 500 o`rinli «O`zbekiston 50 yilligi» kinoteatri, mehmonxona binolari, «Paxtakor» sport jamiyati va shu kabilar kitobliklar xizmatida. Kitob rayonida sakkizta kolxoz, to`rtta sovxoz bor. Bularning xammasi don etishtirish, chorvachilik bilan shug`ullanadi. Ikki sovxoz, ya`ni «Qishlik» hamda «Palandara» sovxozlari uzumchilik, chorvachilik, sabzavot va poliz ekinlari, tamaki xom ashyosi etishtiradi.
«Qishlik» sovxozi Kitob rayonining shimol tomonidan joylashgan. Sovxozni «Qaynar» deb ham atashadi. Bunday atalishining boisi shuki, qishloqda katta chashma joylashgan. Bu chashma «Qaynar buloq» deb ataladi. Qaynar buloq sovxozning eng yuqorisida joylashgan. CHashmadan butun sovxoz suv ichadi. Qishloq qariyalari chashma haqida ko`pgina rivoyatlar to`qishgan. CHashmaning o`rtasida ikki tup daraxt o`sadi. Qariyalarning aytishicha, agar shu daraxtni birov sindirsa yoki uning yonida biron nojo`ya ish qilib qo`ysa, uning ko`zi ko`r, qo`li yoki oyog`i shol, ya`ni jonsiz bo`lib qolar ekan. SHuning uchun ham bu joyda hech kim nojo`ya ish qilmaydi. Faqatgina sovxoz ishchilari buloq suvi toza bo`lishi uchun gir atrofini betondan devor qilib ustini yopib qo`yishgan. Sovxoz hududida bir necha sayrgoh joylar bor. SHulardan biri «Etti qiz g`ori», «Ahmad g`ori», «Qirq qiz» degan joylar bo`lib, bu joylar ayniqsa bahorda kishining bahri-dilini ochadi.

Download 99,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish