Neftda uglerod miqdori taxminan 83-86%, vodorod miqdori - 12-14%,
oltingugurt S, kislorod
𝑂
va azot N miqdori 1-3% bo’ladi. Massa bo’yicha
uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98%ni tashkil etadi.
Tarkibidagi elementlarning o’xshashligiga qaramasdan
turli joydan olingan
neftlarning fizik va kimeviy xossalari har xil bo’ladi. Bunga sabab,
uglerod va
vodorod atomlarining o’zaro turli shaklda birika olishida. Neft mahsulotlarining
kimeviy tarkibi va xossalari. Neft mahsulotlarining
tarkibidagi barcha
uglevodorodlar kimeviy strukturasi bo’yicha 3 xil guruhga bo’linadi.
Parafin uglevodorodlar, kimyoviy formulasi:
𝐂
𝐧
𝐇
𝟐𝐧
+
𝟐
Parafin uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada
qaynaydigan (yengil) fraktsiyalarda ko’proq bo’ladi.
Bu uglevodorodlarning
birinchi 4 ta vakili 0℃ haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo’ladi.
Bularga: metan CH
4
, etan C
2
H
6
, propan C
3
H
8
, butan C
4
H
10
kiradi. Parafin
uglevodorodlarining
beshinchi vakili pentan C
5
H
12
dan C
16
H
34
vakiligacha suyuq
holatda va C
17
H
36
dan boshlab qattiq holatda bo’ladilar.
Parafin uglevodorodlar kimyoviy strukturasiga
qarab ikki xil guruhga
bo’linadi: - normal-parafin uglevodorodlar; - izomer-parafin uglevodorodlar.
Normal parafin uglevodorodlarda uglerod va vodorod o’zaro to’g’ri zanjir
orqali bog’langan bo’ladi. Masalan,
oktan C
8
H
18
ning kimyoviy strukturasini
ko’ramiz:
Benzin tarkibida normal-parafin uglevodorodlarning bo’lishi
maqsadga
muvofiq emas, chunki tarkibida shunday uglevodorod bo’lgan yonilg’i dvigatelda
yomon yonadi. Normal-parafin uglevodorodlar yuqori temperatura ta’siriga
beqaror bo’lib, tez oksidlanadi va detonatsion (portlab) yonishni keltirib chiqaradi.
Lekin, bu uglevodorodlar shu xossasi (tez oksidlanishi) tufayli ular tezyurar dizel
yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyatini oshiradi. Normalparafin
uglevodorodlarning qotish temperaturasi yuqori bo’lgani uchun ular ko’proq yozgi
sort dizel yonilg’i va moylarida ishlatiladi.
Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izomerlari
xisoblanadi. Ular turlituman tarmoqli strukturalar xosil qiladi.
Bitta oktanning
kimyoviy formulasiga
𝑆
8
𝑁
18
izooktanlar deb ataluvchi 17 xil birikma javob beradi.
Ularning tarkibidagi elementlar bir xil bo’lsa xam, ular turli xil tuzilishga ega
(molekulalarda atomlar turlicha joylashadi). Shuning uchun xam ularning kimeviy
va fizikaviy xossalari xar xil. Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentan
deb ataluvchi birikma quyidagicha tuzilishiga ega:
Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha ko’p bo’lsa, shuncha
yonilg’i to’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: