2-mavzu. Menejmentning nazariy asoslari


rasm. Menejment tizimining tuzilishi



Download 80,86 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi80,86 Kb.
#951978
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-MAVZU. MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI

2.2. rasm. Menejment tizimining tuzilishi

Bunda quyidagilar tashkilotning menejment tizimi maqsadli tizimchasining tarkibiy qismlari bo’ladilar: ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning sifatini oshirish, resurslarni tejash, tovarlarni sotish bozorlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik rivojlantirish, jamoani ijtimoiy rivojlanishi va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Tashkilot menejment tizimining ta’minlovchi tizimchasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: uslubiy ta’minot, resurslar ta’minoti, axborot ta’minoti va xuquqiy ta’minot.
Vazifaviy tizimcha quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: marketing, rejalashtirish, jarayonlarni tashkil qilish, hisobga olish va nazorat, motivatsiya va tartibga solish.
Tashkilot menejmenti tizimini boshqaruvchi tizimchasi quyidagilarni o’z ichiga quyidagilarni oladi: xodimlarni boshqarish, menejmentning sotsiologiyasi va psixologiyasi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qarorlarni qabul qilishdagi tahlil, qarorlarni qabul qilishdagi bashorat.


2.3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
Menejmentning samaradorligi ko’proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgalanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejmentga nisbatan faqat ba’zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo’llaniladi., bu uni tushunishni “torligi” bilan izohlanadi.
Har bir ob’ektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov bo’yicha menejmentga nisbatan o’z ilmiy yondoshuvlarini qo’llash zarurligini belgilashga imkon beradi. (2.1- jadval).
2.1-jadval
Menejmentga nisbatan yondoshuvlar



Nomi

Qisqacha mazmuni

Ma’muriy
Qayta ishlab
chiqaruvchi

Dinamik
Integratsiyali


Miqdoriy


Majmuaviy

Marketingli


Me’yoriy


Ahloqiy


Jarayonli


Tizimli


Vaziyatli


Vazifaviy



  • Ma’muriy yondoshuvda me’yoriy hujjatlardagi menejment tizimining vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, element- lari tartibga solinadi

  • Qayta ishlab chiqaruvchi yondoshuv bozor ehtiyojlarini kamroq xarajatlar bilan qanoatlantirish uchun tovar ishlab chiqarishni doimo qaytadan boshlashga mo’ljallangan

  • Dinamik yondoshuvda boshqaruv ob’ekti dialektik rivojlanishda, sabab-natija aloqalarida va birgalikdagi tobelikda ko’rib chiqiladi

  • Integratsiyali yondoshuvda alohida tizimchalar va boshqaruv tizimining elementlari o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatiladi

  • Miqdoriy yondoshuvning mohiyati matematik, statistik va muxandislik hisoblashlar yordamida miqdoriy baholashdan foydalanishdan iboratdir

  • Majmuaviy yondoshuvda menejmentning texnik, iqtisodiy ijtimoiy va boshqa jihatlari hisobga olinadi

  • Marketing yondoshuvi boshqaruvchi tizimchalarni iste’molchi- ga qaratishni ko’zda tutadi

  • Me’yoriy yondoshuvda boshqaruvdagi me’yorlar va normativlar belgilanadi

  • Ahloqiy yondoshuv xodimga shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga yordam berishdan iboratdir.

  • Jarayonli yondoshuvda boshqaruv o’zaro bog’liq vazifalarning majmuasi sifatida ko’rib chiqiladi

  • Tizimli yondoshuvda har qanday tizimga o’zaro bog’liq elementlarning majmuasi sifatida qaraladi

  • Vaziyatli yondoshuv boshqaruvning har xil usullar qo’llanishi aniq vaziyat bilan belgilanishi nazarda tutiladi

  • Vazifaviy yondoshuvning mohiyati ehtiyojni qanoatlashtirish uchun bajarish kerak bo’lgan vazifalarning majmuasi sifatida ko’rib chiqilishida iborat bo’ladi

Ushbu yondoshuvlarni boshqaruvning asosiy tamoyillariga kiritish mumkin. Boshqaruv jarayonlarini aniq ob’ektlarini boshqarish jarayonida boshqaruv sub’ektlari(idoralari) amal qilishlari kerak bo’lgan jamiyatning ob’ektiv qonunlari va qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy qoidalar sifatida belgilash mumkin.


Birinchi marta “boshqaruv tamoyillari” atamasini F. Teylor kiritgan, u 1911 yilda “Ilmiy menejment tamoyillari” nomi ostida asarini nashr qilgan. Ishlarni bajarish asoslari va mehnat operatsiyalarini o’rganish asosida ishchilarning shaxsiy mehnatlarini boshqarishning to’rtta tamoyillarini shakllantirgan:

  • ishning har bir elementini bajarilishiga ilmiy yondoshuv;

  • ishchilarni tanlash, o’qitish va mashq qildirishga ilmiy yondoshuv;

  • ishchilar bilan kooperatsiyalashish;

  • natijalar uchun javobgarlikni menejerlar va ishchilar o’rtasida taqsimlash.

Menejment sohasidagi boshqa mashhur mutaxassis A.Fayolь 1916 yilda “Umumiy va sanoat boshqaruvi” kitobida tashkilotlardagi boshqaruvchilar ishini shakllantirilgan holda ta’riflashni taklif qilgan va boshqaruvning 14 tamoyillarini shakllantirgan, boshqaruv vazifalarini hal qilish va menejment vazifalarini bajarishda ularga amal qilish taklif etiladi (2.2. - jadval).
1

Download 80,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish