2-Mavzu: Materiallar qarshiligi kursiga kirish



Download 0,75 Mb.
bet2/4
Sana02.03.2022
Hajmi0,75 Mb.
#478232
1   2   3   4
Bog'liq
2-Маьруза Materiallar qarshiligi kursiga kirish.

2.2-shakl.


Mx va Mu momentlar brusning bosh tekisliklarida yotgani uchun, ular brusni shu tekisliklar bo‘yicha egadi. Shuning uchun ularga eguvchi moment deyiladi (2.2–shakl, g).
Agar brusga qo‘yilgan tashqi kuchlar ma’lum bo‘lsa, u holda (2.1) yoki tekislik sistemasi uchun (2.2) tenglamalar yordamida, yuqorida bayon qilingan ichki kuch faktorlarini tegishli kesim uchun topish mumkin.

    1. Kuchlanishlar. Biror kesimning ma’lum nuqtasidagi ichki kuch intensivligining o‘lchovini bilish maqsadida kuchlanish tushunchasi kiritiladi.

Kesimning biror nuqtasida elementlar yuzacha ΔF ajratamiz; bu yuzachaga ta’sir qilgan ichki kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ΔR bo‘lsin. Bu ichki kuchning ajratilgan elementar yuzacha yuziga nisbati o‘rtacha kuchlanish deyiladi va ρo‘r bilan belgilanadi, uning qiymati (2.3-shakl, a) quyidagi formuladan topiladi:
ρo‘r = ΔR / ΔF (2.3)

2.3-shakl.
Tabiiyki, bu kuchlanish tekshirilayotgan kesimning elementar yuzacha (ΔF) nuqtasiga xosdir. Ajratilgan elementar yuzacha (ΔF) qancha kamaytirilsa, kesim nuqtasidagi ichki kuch intensivligi shuncha aniqroq topiladi. Ajratilgan elementar yuzacha (ΔF) nolga intilganda shu nuqtasidagi kuchlanish haqiqiy kuchlanish deb ataladi va quyidagicha ifodalaniladi:
(2.4)
Tekshirilayotgan kesimning ayni nuqtasidagi kuchlanish vektor miqdordir, bu vektorning yo‘nalishi dagi ΔR ning chekli yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Kuchlanish ichki kuchning yuzaga nisbati bo‘lganligidan, u odatda H/m2 bilan o‘lchanadi. Demak, kuchlanish kesim yuzasi birligiga to‘g‘ri kelgan ichki kuchdir.
Jismning biror nuqtasidan fazoga turlicha yo‘nalgan yuzachalar o‘tkazish mumkin, bunday yuzachalarning kuchlanishlari turlicha bo‘ladi. Shuning uchun kuchlanish ta’sir qilgan yuzaning yo‘nalishini ko‘rsatmay turib, kuchlanish haqida so‘z yuritib bo‘lmaydi.
Kesimning biror nuqtasiga ta’sir qilayotgan kuchlanish ρ ni kesim yuzaga tik va parallel yo‘nalgan ikkita tuzuvchiga ajratimiz (2.3-shakl, b); bu tuzuvchilarning birinchisini normal kuchlanish va ikkinchisini urunma kuchlanish deyiladi. Normal kuchlanish σ bilan, urinma kuchlanish esa τ harflari bilan belgilanadi. Bu uchala kuchlanish orasida quyidagicha bog‘lanish hosil bo‘ladi:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish