dQz = σx dF·Y.
Bu elementar momentlarni ko‘ndalang kesim yuzi bo‘yicha yig‘ib bosh moment tuzuvchilarini topamiz:
Mx = , My = , Mz = .
Bu formulalar yordamida ichki kuch faktorlari ma’lum bo‘lganda kuchlanishlarni topish mumkin.
3. Materiallar qarshiligada qabul qilingan gipotezalar (cheklanishlar). Konstruksiya elementlarini hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida material, yuk va detallarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatish xarakteriga nisbatan materiallar qarshiligida ba’zi gipotezalarga (cheklanishlarga) yo‘l qo‘yiladi. Buning natijasida hisob formulalarini keltirib chiqarish osonlashadi.
1-gipoteza. Jism materiali yaxlit (g‘ovaksiz) deb hisoblanadi. Bu gipoteza mayda zarrachali jismlar uchun juda qo‘l keladi. Yog‘och, beton, tosh va g‘isht uchun juda ham to‘g‘ri kelmasa-da, ammo hisob natijalari bu xildagi materiallar uchun ham haqiqatga yaqin keladi. Bu gipoteza real materiallar uchun matematik analizning uzluksiz funksiya formula-larini ishlatishga asos bo‘ladi.
2-gipoteza. Jism materiallari bir jinsli va izotrop bo‘ladi, ya’ni material har bir nuqtada, har bir yo‘nalishda bir xil xususiyatga ega deb hisoblanadi. Metall bir jinsli materiallardan biri bo‘lib, beton, tosh va g‘ishtning bir jinsli xususiyati kamroqdir.
3-gipoteza. Jism yuklanishdan oldin unda boshlang‘ich zo‘riqish kuchlari bo‘lmaydi deb faraz qilinadi. Darhaqiqat po‘lat detallarning notekis sovishi, yog‘ochning notekis qurishi yoki betonning notekis qotishi natijasida ularda boshlang‘ich zo‘riqish kuchlari paydo bo‘ladi. Bu boshlang‘ich zo‘riqish kuchlari, umuman bizga noma’lum, biroq ularning miqdori tashqi yuklar ta’siridan jismda hosil bo‘ladigan qo‘zg‘aluvchi zo‘riqish kuchlari miqdoriga qaraganda juda ham kichik bo‘ladi.
4-gipoteza. Kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra kuchlar sistemasi ta’sirining natijasida bu kuchlarni yo ketma-ket yoki tartibsiz qo‘yilishidan hosil bo‘ladigan ta’sirlar natijasida teng deb faraz qilinadi. “Ta’sir natijasi” degan termindan jismlarda ichki kuchlar ta’siridan uning ayrim nuqtalarida hosil bo‘ladigan deformatsiya va ko‘chishlar tushuniladi.
5-gipoteza. Sen-Venan prinsipi. Jismga qo‘yilgan kuchning ta’sir nuqtasidan etarlicha uzoqda joylashgan nuqtalarda hosil bo‘ladigan ichki kuchlar xarakteri tashqi kuchning ta’sir xarakteriga bog‘liq emas. Bu prinsip asosida, jismga u qadar katta bo‘lmagan yuzachalarda taqsimlangan kuchlar shu kuchlarning teng ta’sir etuvchsini ifodalovchi bitta to‘plangan kuch bilan almashtirilishi mumkin, buning natijasida hisoblash ishi osonlashadi.
Nazorat savollari
Kesish metodi nimadan iborat va u nimaga kerak?
Qanday kuchlar sirtqi kuchlar va hajmiy kuchlar deb ataladi va u qanday o‘lchanadi?
Tekis taqsimlangan yuklar deb nimaga ataladi va u qanday o‘lchanadi?
Qanday yuklarga statik yuklar deyiladi va qanday yuklarga dinamik yuklar deyiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |