2-Mavzu: Ma’naviy –ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar


Vatanparvarlikni tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning roli



Download 135,39 Kb.
bet10/21
Sana19.06.2023
Hajmi135,39 Kb.
#952334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
2.,-мавзу

Vatanparvarlikni tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning roli.
Vatanparvarlik-bu umuminsoniy qadriyat bo’lib yuksak ma’naviyatli insonlarga, barchaga xos fazilatdir. Shoir aytganidek:
Chekubdur Boburu, Furqat
Vatan hajrida afsonalar
Men ersam, ne g’urbatkim
Vatanda bevatan bo’ldim.
Taraqqiy etgan jamiyatni faqat yuksak ma’naviyatli fuqarolar barpo etishi mumkinligi hammamizga yaxshi ayon. Aynan shuning uchun ham mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy o’quv yurtlarida “Ma’naviyat kunlari” joriy qilindi. Biz ulardan samarali foydalanmog’imiz lozim. Buning uchun esa eski, siyqasi chiqqan, quruq ma’ruzabozlikdan voz kechib, yangi zamonaviy usullardan keng foydalanmog’imiz zarur. Badiiy vositalarga ko’proq e’tibor berishimiz kerak. Yuksak badiiy saviyada yozilgan asar, mahorat bilan sahnalashtirilgan spektaklь yoki suratga olingan filьmlar insonning qalbini larzaga solish, uni ezgu maqsadlarga chorlash, ma’naviy yuksaklikka ko’tarish qudratiga ega. Hozirgi tarixiy davr ana shunday inson qalbini qamrab oladigan asarlar, zamonamiz qaxramoni obrazini yaratishni taqozo qilmoqda. Bu soxada ham Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi zimmasiga g’oyat mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. Xullas, jamiyatimizdagi ma’naviy- ma’rifiy va mafkuraviy muxitni yanada sog’lomlashtirish borasida qiladigan ishlarimiz ko’p.
Ma’lumki xalqimizning ibratli fazilatlaridan biri o’z tug’ilib o’sgan joyiga mehr­muhabbatdir. Unga kindik qoni to’kilgan tuproqdan muqaddasroq joy yo’q.
«Bolalarimizni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, - deb yozadi – Islom Karimov, - biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning vorislari ekanimizni farzandlarimizga etkazish, ularni ajdodlarimiz qoldirgan ulug’ va betakror merosning munosib davomchilari etib tarbiyalash biz uchun ham qarz, ham farzdir”1
Vatanni sevmoq har bir insonning tug’ilib o’sgan, yashayotgan joyiga bo’lgan munosabatlarining gultojidir. Vatanni onaga qiyos etishadi. Chunki ona ham Vatan ham bittadir. Inson faqat bittagina onadan tug’iladi va faqat bittagina Vatanda tavallud topadi. Onani sevish ­ bu insonni dunyoga keltirgan zotni ulug’lash, unga ta’zimda bo’lishni taqozo etadi. Vatanni sevmoq ham onani sevishdan kam emas. Chunki Vatan ­ o’sha inson tug’ilgandagi makon, uni bag’riga olgan go’sha.
Abdurauf Fitrat aytganidek, Vatan ­ qiblagohdir, sajdagohdir; Vatanni sevmoq esa ­ iymon va e’tiqoddir, istiqlol va istiqbol oldidagi mas’uliyatdir. Ayrim allomalar Vatanni sevmoqni yuksak axloq , deb ataydilar. Axloqni umumiy va vataniy axloqqa ajratadilar. Vataniy axloqning bosh talabi Vatanni sevmoqdir. Chindan ham ma’naviyat vatanparvarliksiz kemtik bo’lib qoladi. O’sha yuksak ma’naviyatdan Vatanni sevmoqlik balqib chiqadi, bu ­ uning amaliy ildizlaridan biridir.
Muborak hadislarda “Vatanni sevmoq iymondandir”, ­ deyiladi. Bu barcha millatlarga qilingan da’vat bo’lib, Vatan tarixini bilish va unga intilish vatanparvarlikning birinchi bosqichi sanaladi. Ikkinchi bosqich Vatanning hozirgi holati bilan bog’liq. Vatan dardini his qilish, u bilan yashash ham vatanparvarlikdir. Chunki Vatan muammolarini, dardini boshqa yurtlardan kelganlar hal qilib bera olmaydi. Vatan dardiga uning o’g’lonlarigina malham bo’la oladi. Buni bugun oliy va o’rta maktablarda ta’lim olayotgan yoshlar qalbdan his etishlari zarur. Chunki kelajagi buyuk Vatanning munosib farzandi bo’lish nafaqat sharafli, balki ko’proq mas’uliyatlidir. Yoshlarimiz buni chuqur anglab haqiqiy vatanparvar, xalqparvar bo’lsalargina biz kelajagi buyuk davlatni qura olamiz.
Vatan o’tmishini, ma’naviy va madaniy merosini, an’analarini, urf­odatlarini, tilini, dinini e’zozlash ham vatanparvarlikdir. O’z xalqini sevgan kishi boshqa xalqlarning ham xurmatini joyiga qo’ya oladi. O’z xalqini sevsagina inson uchun o’zga xalqlar taqdiri befarq emas. Boshqa xalqlar yutug’idan quvonuvchi, ma’naviy inqirozidan tashvishlanuvchi inson vatanparvar sanaladi. O’z millatini, o’z xalqini suvuvchi inson millat ajratmaydi. Milliy ixtiloflarga berilgan xalq kamol topmaydi. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ko’p millatli jumhuriyatimizda tinch­ totuv yashamoqlik siyosatini olib bormoqda. Darhaqiqat, tinch­ totuvlik bor joyda baraka ham bo’ladi. Agar baraka bo’lmasa, shuncha xorijiy ishbilarmonlar bizning yurtimizda o’z korxonalarini qurarmidi? Xorijliklarning e’tiborini qozonishimizning sababi ham bizdagi osoyishtalik, totuvlikdir. Ha, uning ildizi kafolatlangan barqarorlikdadir.
Vatanparvarlikning yana bir zaruriy tamoyili Vatan tinchligi uchun har bir fuqaroning sa’y­harakat qilmog’idir. Bu nafaqat chegaralarimiz daxlsizligini, nafaqat ichki tartibni saqlash, balki Vatan tinchligiga, millatlar totuvligiga putur etkazuvchi har qanday nobakor kimsalar bilan murosasiz bo’lishni taqozo etadi. Bu narsa har bir elim deb, yurtim deb yonib yashovchi fuqaroga qo’yiladigan mas’uliyat hamdir. Vatanparvarlikni shakllantirishning kaliti milliy tuyg’uni yuzaga chiqarishdadir. Milliy tuyg’usi yo’q millatning o’zi yo’q. Milliy tuyg’uni kuchaytirish esa o’ta mas’uliyatli vazifadir. Bu ishda o’ta ehtiyotkorlik talab etiladi. Milliy tuyg’uni uyg’otish yo’lidagi salgina ehtiyotsizlik millatchilik yoki milliy shovinizmni keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lumki, shovinizm yoki millatchilik deb atalmish illat jamiyat barqarorligini va tinchligini buzib, osoyishta hayotni do’zaxga aylantirib yuborishi hech gap emas.
Milliy tuyg’u o’z xalqining o’tmishi, milliy qadriyatlari, ajdodlari qoldirgan ma’naviy­ma’rifiy meros hamda bugungi kunini chuqur anglab etgandagina to’g’ri shakllanadi. Urf­odatlar, udumlar ham milliy tuyg’uning shakllanishiga yordam beradi. Milliy tuyg’usi kuchli odamlar o’z Vatani dardi bilan yashaydilar.
Milliy tuyg’uni kuchaytiradigan omillarning eng asosiysi bilimdir. Bilimsizlik bilan shakllantirilgan milliy tuyg’u ko’pincha millatchilikka olib boradi. Milliy ong, milliy g’ururni boshqarishi kerak. Xalqimizda: “Jahl kelsa, aql ketadi”, degan naql bor. Bu xikmatdan xulosa qilsak, milliylik bilan bog’liq har qanday nizoni aql va tafakkur bilan hal qilmoq zarur. Vatanni sevgan odam boshqa yurtlarni ham e’zozlaydi. Chunki boshqa yurtlar ham boshqa insonlarga Vatandir. Inson esa kim bo’lishidan qat’i nazar birinchi navbatda hurmatga loyiqdir. U inson zotidan bo’lganligi uchun ham shunday e’zozga munosib. Vatanni sevmoqni fidoyilik bilan almashtiradilar. Vatan fidoyisi bo’lmoqlikning o’zi etarli emas. Inson avvalo, Vatanni sevsagina olamni seva oladi. Olam taqdiri, hayot tashvishi, kelajakda kutilishi mumkin bo’lgan muammolarni Vatanni sevuvchi insonlargina hal qilishi mumkin. Vatan fidoyisi bo’lmoq Vatan va vatanda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini himoya qilmoq, demakdir. Vatanparvarlik turmush tarzimizga singdirilsagina, u kundalik ehtiyojga aylansagina samara beradi. Vatanparvarlik har bir fuqaroning mustaxkam e’tiqodiga aylansa jamiyatimiz ma’naviy kamoloti shuncha yuksaladi.

Download 135,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish