2-Mavzu: Мaktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish yaxlit tizim sifatida. Fanning amaliy va tashkiliy vazifalari


Tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh



Download 203,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.07.2022
Hajmi203,71 Kb.
#841459
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2- metodika

Tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayo n; 
Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va 
amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy 
bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini 
rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; 
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari

O’quv jarayonida amal qiluvchi 
barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal 
qilinishiga ko’ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy,
amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan 
qonuniyatlar esa xususiy (aniq)deb ataladi. 
I.P.Podlaso’y
1
ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib 
ko‘rsatadi: 
1.Talim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va 
darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va 
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va 
maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi 
imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich 
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material 
xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda 
o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni 
qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, 
o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda 
o‘quv jarayonini tashkil etish. 
5. 
Ta’limniboshqarishmahsuldorligiquyidagilargabog‘liq: 
ta’limtizimidaqaytaaloqalarningintensivligivatuzatish, 
ta’sirko‘rsatishlarningasoslanganliligi. 
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning 
ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari. 
1
ПодласыйИ.П. Педагогика. Новый курс. – Москва, Владос, 1999.


Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga 
quyidagilar kiradi:
1.
Didaktik qonuniyatlar.
2.
Gnoseologik 
qonuniyatlar. ( 
gnoseologiya- grekcha 
so’z 
bo’lib,”gnosis” bilish,fikrlash, nutq, o’rganish, risola yoki fan, “logos” nazariya, 
yani bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta’limot ma’nolarini anglatadi. Bu atama 
1854 yilda shotland faylasufi J.Ferer tomonidan kiritilgan bo’lsada, biroq u 
to’g’risidagi bilimlar zardo’sht, Suqrot, Aflotun,va Aristotel davridayoq shakllana 
boshlagan edi.Gnoseologiya umumiy bilish haqidagi ilm bo’lsa, epistemologiya 
asosan ilmiy bilish to’g’risidagi fandir. 
3.
Psixologik qonuniyatlar.
4.
Kibernetik qonuniyatlar.( yun, kybernetile- boshqarish san’ati-
axborotni qqabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni 
boshqarishda foydalanishbilan shu’g’ullanadigan fan) 
5.
Sotsiologik qonuniyatlar.
6.
Tashkiliy qonuniyatlar. 
Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar 
o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv 
jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari 
qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, 
u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish, 
tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga 
oshirish zarur. 
Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o’qitish qoidalarini ilmiy 
asoslangan o’zaro bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta, 
ongli va ta’sirli o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’qitishni aynan shunday natijaga 
qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini harakterlaydi.Ta’limning 
mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi uchun ham
vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar 
asosida intensivlash o’z aksini topishi kerak.Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi 
muhimki, o’quv jarayonini samarali ko’rish - bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik 
qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sh aroitidagi yangi 
masalalarni xal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro 
aloqada foydalanish demakdir.O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun 
butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur.O’qitish 
qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar 
kelib chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataladi. O’qitish qoidalarini bilish 
o’qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.

Download 203,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish