4 . T u r l i
y o s h
g u r u x l a r d a
t a b i a t
b u r c h a g i n i
t a s h k i l e t i s h
Kichik gurux tabiat burchagi o‘chun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda
eng avvalo bolalarning predmetlarni idrok etish xususiyatlari (kichkintoylar
yorqin belgi va xususiyatlarni ajratadilar), shuningdek ta’limiy masalalar
nazarda tutiladi. Kichkintoylar 2—3 o‘simlikni bilib olishlari va nomini
aytishlari, ularning asosiy qismlari — bargi, poyasi, gulini bilishlari va
aytishlari lozim.
Kichik guruxiniig bolalari o‘simliklarni parlarish qilishga jalb qilinadi:
ular o‘simliklarga suv quyadilar (suvni kattalar tayyorlab beradi, qancha
quyish lozimligini ham ular ko‘rsatishadi), ham latta bilan o‘simliklarning
barglarini artadilar. Hayvonlarii kuzatar ekanlar bolalar hayvonlarning tashqi
aniq belgilariga: gavda qismlari, harakatlanish xarakteri, chiqaradigan
ovozlari va hokazolariga ko‘ra tanib olishni, tanasining asosiy qismlaryni
farqlashni o‘rganib oladilar.
Tarbiyachi bolalarni kuzatishga: savol-vazifani anglashga; diqqatni
kuzatilayotgan predmetga qaratib, uncha murakkab bo‘lmagan tekshirib
ko‘rish harakatlaridan foydalanishga, kuzatish jarayonida berilgan
savollarga javob qaytarishga o‘rgatadi.
Kichik guruxning tabiat burchagiga asosiy qismlari (poyasi, «bargi) aniq
ifodalangan va yorqin, qiyg‘os hamda uzoq gullaydigan o‘simliklar
joylashtiriladi. Bu
oddiy
yoki
zonal yarongul, fuksiya, doim gullovchi
begoniya, xina, azaliya, xitoy atirguli
va boshqalardir. Bolalarning diqqatini
olachipor bargli o‘simliklar —
aukuba
(«tilla» yoki «kolbasa» daraxt),
koleuslar
o‘ziga jalb qiladi. Aukuba va xitoy atirguli (hajmi kichik),
bulardan tashqari, anchagina yirik va sishiq barglarga ega bo‘ladi, ular
ikkinchi
kichik
gurux
bolalarini
o‘simliklarni ozoda saqlashning
boshlang‘ich oddiy usullariga o‘rgatish mumkin. Yosh araliya, fikuslarni
parvarish qilish jarayonida ham bolalarni ana shu usullarga o‘rgatish
mumkin. Aytib o‘tilgan turlardan yil davomida kuzatish uchun 3—4
o‘simlik tanlanadi, Ularning ba’zilari ikki nusxada bo‘lishi lozim, bular
ichidan bolalar bir xil o‘simliklarni topib, ajratib ko‘rsatishni o‘rganadilar.
Kichik guruxi tabiat burchagiga baliqli akvarium joylashtiriladi, bolalar
uchun, ular idrokining xususiyatlaridan kelib chiqib, chiroyli rangdagi,
yilning ko‘p - qismida aktiv yashaydigan, ozuqani shoshib-pishib yeydigan
baliqlarni tanlash lozim. Bular oddiy
tilla baliq, ila
yoki
kumush rangdagi
tovon baliqlardir.
Ular chuchuk suvda: yashovchi baliqlarning shakliga ega,
rangi jozibador, anchagina harakatchan.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotilarining kichik guruxlarida
qushlarni
ham
saqlash
mumkin,
Qush
patlarining
chiroyli,
o‘zi
xushchaqchaq bo‘lishi. ovqat tanlamasligi, qafasda ham sayrashi maqsadga
muvofiqdir. Kanareyka qushi xuddi shunday qushlardandir. Biroq imkoni
bo‘lsa, sa’va, snegerni saqlash lozim.
Kichik gurux tabiat burchagida sut emizuvchilarni doimo saqlash
maqsadga muvofiq emas.
Sut emizuvchilar, hatto maydalari ham, boshqa jonivorlarga nisbatan
ko‘proq e’tibor talab qiladi (ozuqani ko‘p va tez-tez talab qilishi, qafaslarni
har kuni tozalash va shu kabilar; uchastkada quyon asrash mumkin), Quyon,
olmaxon yoki dengiz cho‘chqasi, og‘maxonli qafas ba’zida 1—2 kunga —
epizodik, qisqa muddatli kuzatishlar uchun kichkintoylar guruxiga olib
kiriladi.
O ‘ r t a g u r u x d a g i t a b i a t b u r c h a g i
O‘rta guruxda bolalarda predmetlarning xususiyat va sifatlarining
xilma-xilligini va ularning qismlarini (shaklining xilma-xilligi, rangi,
kattaligi, sathining xarakteri , shu kabilar) ko‘ra olish malakasi hosil
qiliiadi. Bolalar solishtirib ko‘rishning murakkabroq usullarini egallaydilar,
predmetlarning farqi va o‘xshashligini aniqlashni, predmetlarni u yoki bu
sensor belgilariga ko‘ra umumlashtirishni o‘rganadilar.
O‘simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi Bolalar
o‘simliklarning xususiyatlarini aniq farqlay boshlaydilar; ularning hayotlari
uchun zarur bo‘lgan sharoitlar bilan tanishadilar. Bolalar ko‘rganda
taniydigan hamda nomlarini biladigan o‘simliklar soni ortib boradi.
4 yoshga qadam qo‘ygan bola hayvonlar bilan tanishar ekan, ularning
tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, harakat qilishi, ovqatlanishining o‘ziga xosligini
qayd qiladi: dastlabki bog‘liqlik - harakat qilish xarakteri oyoqlariniig
tuzilishiga bog‘liq ekanligini bilib oladi.
Tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish jarayoiida tarbiyachi
bilan birgalikda) bolalar unchalik murakkab bo‘lmagan ko‘nikmalarni
egallaydilar: o‘simlikni toza saqlash, uii to‘g‘ri sug‘orish, hayvonlar
suvdoni va oxur (donxo‘rak)larni yuvishni, ozuqa berishni, o‘simlik va
hayvonlarni
kuzatar
ekanlar,
o‘simlik hamda hayvonlar o‘sishi,
rivojlanishidagi o‘zgarishlarni qayd qiladilar, o‘z kuzatishlarini bog‘langan,
to‘g‘ri nutqda ifodalashni o‘rganadilar.
O‘rta guruxda dastur vazifalarini kengaytirish va murakkablashtirish
tabiat burchagida yashovchilarni to‘ldirib turishni talab qiladi. X o n a
o ‘ s i m l i k l a r i turli shakl va hajmdagi barglarga ega bo‘lishi lozim,
chunki bolalar o‘simliklarni ozoda saqlashning o‘zlarp uchun yangi bo‘lgan
usullarini esallaydilar: mayda bargli o‘simliklarni teshiklari mayda leykadan
suv quyib yuvadilar yoki pulverizatordan purkaydilar, kertik barglarni
namlangan mo‘yqalam yoki cho‘tka bilan, egilgan barglarni quruq
mo‘yqalam bilan artadilar. Bunda bolalar parvarish qilish usulini
barglarning xarakteri: kattaligi, miqdori, sathining xarakteri, pishiqligiga
ko‘ra aniqlashni o‘rganadilar.
Kichik gurux tabiat burchagi uchun aytib o‘tilgan o‘simliklarga
qo‘shimcha sifatida o‘rta gurux tabiat burchagiga aloe yoki agava (barglari
sersuv, chetlari kertik), begoniyareks, asparagus, xushbo‘y yorongul
(naqshindor, egilgan bargli) va shu kabilar joylashtiriladi. Tabiat burchagida
bir vaqtning o‘zida o‘simliklarning 6-8 turi bo‘lishi mumkin.
A k v a r i u m d a tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatiga ko‘ra farq
qiluvchi baliqlarning i k k i t u r i : hovuz tovon balig‘i va jajji harakatchan
Do'stlaringiz bilan baham: |