2-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida tabiat burchagini tashkil etish metodikasi Reja



Download 386,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.04.2022
Hajmi386,77 Kb.
#528783
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мавзу амалий MTT tabiat burchagi



 
2-MAVZU: Maktabgacha ta’lim tashkilotida tabiat burchagini tashkil 
etish metodikasi 
Reja: 
1.Tabiat burchagi o‘simlik va hayvonlarni tanlash 
2.Tabiat burchagi uchun hayvon va o‘simliklarni tanlashga qo‘yiladigan 
talablar. 
3.Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirish. 
4.Turli yosh guruxlarda tabiat burchagini tashkil etish
 
 
1.Tabiat burchagi o‘simlik va hayvonlarni tanlash. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tabiat bilan tanishtirish tabiat 
bilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi 
shartlardan biri bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida tabiat burchagiga 
ega bo‘lishdir. Biroq butun bolalar muassasasi uchui umumiy tabiat 
burchagiga ega bo‘lish yanada yaxshiroq. Undan yoshlar guruxlari tabiat 
burchaklarida yashovchi hayvonlarni to‘ldirib turishda foydalanish mumkin. 
Bolalarning tabiat burchagidagi mehnati hamda o‘simlik va hayvonlarni 
kuzatishlari butun yil davomida (qishda, kech kuzda va erta bahorda) tashkil 
etiladi. O‘rta mintaqa sharoitlarida bolalarning yer uchastkasidagi mehnat 
va kuzatishlari bu davrlarda anchagina qisqaradi. 
Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va tizimli tarzda tanishtirish, 
ularda tabiat burchagida yashovchilar haqida pishiq va anglangan bilimlarni, 
mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish, kuzatuvchanlikni 
o‘stirish ishi uchun sharoit ana shunday yaratiladi. Ana shu malaka va 
ko‘nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish 
ham tarbiyalanadi. 
Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha 
hayvonlarga, ularning o‘ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan 
bolalarning anchagina chuqur, mustahkam bilimga ega bo‘lishlariga imkon 
yaratadi. 
Bevosita 
tabiatda 
bolalar 
uchratadigai 
hayvonlar 
va 


o‘simliklarning xilma-xilligi hayvon va o‘simliklar hayotidagi umumiy, 
ahamiyatli 
hamda 
qonuniylikni 
ajratib 
ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. 
Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob’ektlar bilan tabiat burchagida 
tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkonini beradi. 
Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. 
Bolalar masalan, aytaylik akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko‘rish, ularni 
uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator 
talablarni nazarda tutish lozim. Bu tasodifiy yashovchilarni saqlashning 
oldini olishga yordam beradi, mehnat hamda kuzatishlarning bolalarga 
tarbiyaviy va ta’limiy ta’sirini ta’minlaydi. 

Download 386,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish