verxoplavkalar
;
tilla baliq
turlaridan
vualexvost, teleskop
va ayni bir vaqtda
(boshqa akvariumda) mahalliy suv havzalarining baliqlari saqlanishi
mumkin. Bu baliqlarning tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatidagi farq
anchagina sezilarli bo‘lib, bolalar kuzatish vaqtida ularni sezishlari mumkin.
O‘rta gurux tabiat burchagi uchun qush tanlashda biz yuqorida
kichkintoylarga taklif etganlardan birini tanlash lozim. Biroq sniger (nar va
makiyon) ning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
O‘rta gurux tabiat burchagida doimiy yashovchilar sifatida sut
e m i z u v c h i l a r n i ham saqlash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ularni
parvarish qilishning oddiy malakalarini bemalol egallay oladilar. Xatti-
harakatiga ko‘ra qiziqarli bo‘lgan
dengiz cho‘chqasi
va
siriya olmaxonlarini
joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Ularni parvarish qilish qiyin emas, ular
samimiy, ularda xilma-xil signallar — vaqt, muhitga refleks oson
shakllanadi.
K a t t a g u r u x t a b i a t b u r c h a g i
Katta guruxda predmetlarni kuzatish, solishtirib ko‘rish, ularni turli
belgilarga ko‘ra umumlashtirish va klassifikatsiyalash ko‘nikmalarini
shakllantirish davom ettiriladi. Kuzatishlarning asosiy mazmuni o‘simlik va
hayvonlarning
o‘sishi hamda rivojlanishini, ularning mavsumlarda
o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bolalar o‘simlik o‘sishi uchun
yorug‘lik, nam, issiqlik, tuproqdan oziqlanishga muhtojligini, turli
o‘simliklar turli miqdordagi yorug‘lik va namlikni talab qilishini bilishlari
kerak.
Bolalarni o ‘ s i m l i k l a r , ular tashqi tuzilishining xususiyatlari; faqat
barglarininggina emas, balki poya va gullarining ham xilma-xilligi bilan
tanishtirish davom ettiriladi. O‘simliklarni parvarish qilish usuli asosida
barg va poyalar xarakteriga ko‘ra aniqlash (o‘simlikni ozoda saqlash usuli)
ko‘nikmasi mustahkamlanadi.
O‘simliklar haqidagi bilish vazifalari mazmuniga ularii vegetativ
ko‘paytirishning ba’zi usullari, jumladan, poyasini qalamcha qilib
ko‘paytirish haqidagi bilimlar kiritiladi. Bularning barchasi tabiat
burchagini yangi o‘simliklar: xilma-xil poyali (chirmashadigan, yoyilib
o‘sadigan yoki tik poyalilarning ko‘rinishi o‘zgarganlari), piyozli, kartoshka
piyozli va shu kabilar bilan to‘ldirib borishni talab qiladi. Bular
tradeskansiyaning
2—3 turi,
xona uzumi, plyush, chirmashuvchi fikus, aloe,
zigokaktus, epifillyum, siklameq, primula, amarillis, kliviya
va shu kabilar
bo‘lishi mumkin. Ular shakli va barglari, poyasi, gullarining xarakteriga
ko‘ra xilma-xil bo‘lib, ularning nur hamda suvga ehtiyojlari ham turlichadir.
Katta gurux bolalarining tabiat burchagi uchun hayvonlarni tanlashda asosiy
programma vazifasi — hayvonlarning yashash muhiti sharoitlariga
moslashish xususiyatlari haqidagi boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishni
ta’minlash nazarda tutilishi lozim.
A k v a r u m l a r d a issiqsevar tirik tug‘iladigan va ikra tashlaydigan
baliqlar —
guppi, mechenoses, skalyariy
va shu kabilarni saqlash maqsadga
muvofiqdir.
Ilonbaliqni kuzatish ham bolalarda zo‘r qiziqish uyg‘otadi. Mahalliy
suv havzalarida yashovchi bu kichik baliqcha o‘ziga xos barometrdir: havo
aynashidan oldin bu baliq go‘yo ob-havoni aytayotgandek to‘lqinlanib suza
boshlaydi.
Q u s h l a r d a n tutqunlikda bola ochadiganlari kanareyka, yo‘l-yo‘l
to‘tiqushlarni saqlash lozim. Qush bolalarining o‘sishi va rivojlanishi, katta
qushlarning avlod haqida g‘amxo‘rligi kuzatish uchun qimmatli materialdir.
Bu o‘rinda kichkina qush Zolalariga alohida e’tibor berish va homiylik
qilish bolalarga xos ekanligini, himoyasiz o‘sayotgan qushchalarga
g‘amxo‘rlik — xayrli hamda odamiylik hissiyotining, barcha tirik
mavjudodlarga ehtiyotkorona va g‘amxo‘rona munosabatda bo‘lish manbai
ekanligini unutmaslik lozim.
Katta gurux tabiat burchagiga toshbaqa (istalgan turini) saqlansa
yanada yaxshi bo‘ladi. Odatda bu jonivor qishda qisqa muddatli uyquga
ketadi. Agarda toshbaqa tabiat burchagida bir necha yildan beri yashayotgan
bo‘lsa u uxlamasligi mumkin, biroq u bu davrda lanj bo‘lib qoladi, ozuqani
istar-istamas yeydn. Bunday holatning sababini hamda uning yashashi uchun
muvofiq sharoitni faqat maktabgacha yoshdagi katta bolalar tushunishlari va
yaratishlari mumkin.
Sut emizuvchilarni tanlash ham juda xilma-xildir. Bu gurux burchagida
dengiz cho‘chqasi va og‘mahondan tashqari tipratikon, olmaxon ham
bo‘lishi kerak. Olmaxon tabiat burchagida yashovchi boshqa sut
emizuvchilarga nisbatan ko‘proq darajada mavsumlarda o‘z hayot tarzini
o‘zgartiradi.
Olmaxon
kuzda
ko‘pincha
ovqat
qoldiqlarini
o‘z
omborxonasiga yashira boshlaydi, qishda kam harakat qiladi, bundan
tashqari u yiliga ikki marta gullaydi. Bu o‘zgarishlar hayvonlarning
tabiatdagi hayot sharoitlariga bog‘liqdir, buni esa maktabgacha yoshdagi
katta bolalar bilishlari kerak.
M a k t a b g a t a y y o r l o v g u r u x i n i n g t a b i a t b u r c h a g i
Tayyorlov guruxda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy
vazifasi-ularda
tabiat olamidagi muhim
bog‘liqliklar-o‘simliklarning
kompleks sharoitlarga (namlik, issiqlik, yorug‘lik va shu kabilar),
hayvonlarning tashqi tuzilishi va hayot tarzining yashash muhitiga
bog‘liqligi haqida elementar bilimlarni shakllantirishdir. Bolalar turli
mavsumlarda o‘simlik va hayvonlar hayotida sodir bo‘layotgan doimiy
takrorlanuvchi o‘zgarishlar, ularning o‘sishi va rivojlanishining asosiy
davrlari bilan tanishadilar.
O ‘ s i m l i k l a r dunyosi haqidagi bilimlar mazmuniga o‘simliklarni
vegetativ ko‘paytirishning ba’zi usullari haqidagi bilimlar kiritiladi. Bolalar
predmetlarning muhim, umumiy va individual belgilarini, ularning
o‘zgaruvchanligini ko‘ra bilishlari kerak.
Shunga
ko‘ra o‘simlik va hayvonlarni tanlashda faqat ular
tuzilishlarining xilma-xilligiga emas, balki muhitning ma’lum sharoitlariga
moslashganligiga ham e’tibor beriladi.
Bolalar o‘simliklarni sug‘orish (suvning miqdori va sug‘orishning
takrorlanishi) o‘simlikning tabiatdagi yashash muhitiga; tropik botqoqliklar
va soya changalzorlar, quruq cho‘l va dashtlarda, shuningdek yil fasllariga
bog‘liqliginp anglab olishlari zarur. Bolalar bu bog‘liqlikni anglab olishlari
uchun tayyorlov guruxining tabiat burchagiga namga bo‘lgan ehtiyojlariga
ko‘ra bir-biridan keskin farqlanuvchi o‘simliklarni: yilning 10 oyi davomida
juda nam tuproqda o‘sadigan (vazon suvga joylashtiriladi)
papirusni;
suvni
kam talab qiladigan va onda-sonda sug‘oriladigan
kaktuslarni
( 1 - 2 turini);
namga ehtiyoji katta bo‘lgan
primula, tradiskansiya
hamda o‘rtacha
sug‘orishni talab qiladigan
uzambar gunafshasi
kabilarni qo‘yish zarur.
Qishda ko‘pgina subtropik o‘simliklar sug‘orishni uncha ko‘p talab
qilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |