1qISMI
|
Jami
turlar
soni
|
Kuk-yashillar
|
135
|
76
|
101
|
54
|
79
|
172
|
Qizillar
|
1
|
1
|
-
|
3
|
-
|
5
|
Tillosimonlar
|
1
|
-
|
3
|
-
|
2
|
4
|
Diatomlar
|
186
|
-
|
110
|
83
|
104
|
248
|
Pirofitlar
|
18
|
8
|
11
|
4
|
28
|
36
|
Sariq-yashillar
|
2
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2
|
Evglenlar
|
15
|
8
|
9
|
2
|
5
|
32
|
Yashillar
|
144
|
51
|
70
|
28
|
60
|
165
|
Jami
|
496
|
259
|
304
|
174
|
278
|
664
|
Jadvalda keltirilgan 664 ta suvo‘tlarning tur va tur vakilla- ridan 187 ta takson Orol uchun, 11 ta tur esa Ittifoq xududiga birinchi marta keltirildi. Ularga Katagnimene pelagica, K.Pelagica Var. Capitata, Var.Major, Schizothrix flagilis va boshqa turlar misol bo‘ladi.
Orolning o‘rganilgan ko‘ltiqlarida suvo‘tlarning eng ko‘p soni - 484 tur yoz faslida uchragan ularning eng kam soni qish faslida (204 ta tur) topilgan. Orolning janubiy ko‘ltiklari suvining minera- lizatsiyasi 0,3-11,5 g/l atrofida bo‘lib, shu ekologik omil asosida topilgan suvo‘tlar chuchuk suvlarga xos (29 takson), chuchuk-ozroq sho‘rli suvlarga xos turlar 304 ta, sho‘rli suvlar uchun 226, dengizlarga xos 20 ta tur topilgan.
Yashash muhitining o‘ziga xosligiga qarab Orolning janubiy ko‘ltiqlaridan topilgan suvo‘tlar turlari plankton turlarga (380 takson) (yoki 57.23%), plankton-bentos turlarga 267 (yoki 40,21%), bentos turlarga esa 17 (yoki 2,6%) tur xos bo‘lgan. Orolni janubiy qo‘ltiqlaridan topilgan turlardan 185 tasi Kaspiy dengiz suvo‘tla- ri bilan umumiy. 112-tur Qoradengiz va 121 tur Azov dengizi suvo‘tlari bilan umumiyligi aniqlangan. Orol ko‘ltiklari fitoplanktonning biomassasi 27-57 g/m2 ga teng bo‘lgan.
Orolning o‘tmishiga oid gidrobiologik ma’lumotlar shulardan iborat bo‘lib, u davrda dengizning xamma qismida biologik jarayonlari to‘la o‘tib turgan edi. Hozirgi vaqtda Oroldan qolgan qismda nimalar saqlanib qolganligi bizga ma’lum emas. Qolgan suvo‘tlar va boshqa turlar Amudaryoning etak qismidagi ko‘llarda saqlangandir. Regionning iqlim laboratoriyasi 50 mln.dan ortiq axoli yashaydigan vohaning oziq-ovqat manbai hisoblanmish Orol dengiziga keltirilgan katta zararni o‘rni to‘lmaydi va tug‘rilab bo‘lmaydi. Noqulay ekologik holat va insonning salbiy xo‘jalik omili Orol suvi sathini tinimsiz pasayishi va katastrofik belgiga (27 metrga) pasayishi, suv tuzliligini 110-112 g/l dan 280 g/l gacha ko‘tarilishi dengizdagi ko‘plab chuchuk-sho‘rlangan suvlarga xos o‘simlik va hayvonot turlarini, shu jumladan, aborigen ixtiofauna turlaridan lesh, sazan, laqa, usach, vobla kabi 20 dan ortiq baliq turlarini yuqolib ketishiga sabab bo‘ldi.
XX asr 80-yillarning o‘rtalarida shu turlarning ko‘pchiligi dengizda nobud bo‘ldilar. Dengiz sathi 39-40 metrgacha pasaygan va suv sho‘rligi 35 g/l bo‘lgan vaqtda dengizda xammasi bo‘lib to‘rtta baliq turi: qoradengiz glossa kambalasi, baltika salakasi, kaspiy aterinasi va kaspiy bichok-podkamenniklar saqlanib qolgan. O‘z vaqtida shu baliqlar Orolning baliq maqsulotini ko‘paytirish uchun dengizga keltirib tashlangan edi. Shu baliqlardan gloss kambalasi 1978 yili aklimatizatsiya qilingan va ancha yaxshi rivojlangan, ko‘paygan, lekin, kambalani yaxshi moslashish imkoniyatiga qaramasdan u baliq suvning sho‘rligi 60 g/l va undan yuqori ko‘tarilganda, uni yashab qolishi mushkul bo‘lib qoladi. Bundan 15 yillar oldin Orol dengizida baliqchilik to‘xtagan va bu ish Amudaryo etagida joylashgan ko‘llarga o‘tgan (S.Kamalov, 1998).
Baliqlar o‘lishiga dengiz suvining turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi xam sabab bo‘lgan. B.K.Karimov (1995) olib bor- gan tadqiqotlar buyicha Orol dengizi havzasi ekosistemasida uchraydigan turli baliqlar oq qalinpeshona, marinka, lesh, plotva, sazan, sudak, usach va boshqa turlar tanasida DDT va uning metabo- litlari yetarli darajada to‘planishidan va baliqlarning nobud bo‘lishiga sabab ekanligi aniqlangan. Bunday hodisa Sirdaryo va Keles daryolarida uchraydigan baliqlarda xam kuzatilgan, ya’ni shu daryolarda uchraydigan baliqlar tanasida DDT, DDE, DDD kabi o‘taxavfli kimyoviy zaharli moddalar topilgan. Jumladan, oq qalin- peshona baligi ikrasida xlororganik pestitsid (XOP) normadan 4 barobar ortiq to‘plangan. Shu zaharli moddalar baliqlar jigari, to‘qimalari, sut va miyalarida juda ko‘plab to‘planilgan. Masalan, DDT va uning metabolitlari turli baliqlarda me’yordan 10 barobar, sudakda esa 1000 barobardan ortiq to‘plangan. Eng ko‘p tuplanuvchi DDT va XOP bo‘lib, ular baliqlarni to‘qima, yog, jabra va jigarida akkumulyatsiya bo‘lgan. Bundan shu narsa ko‘rinadiki, Orol dengizi havzasidagi suvlar qishloq xo‘jalik oqovalarini tuplovchi kollektor-zovurlar orqali keladigan iflos suvlar bi- lan yetarli darajada zararlangan. Shunday zaharli moddalar suv havzalarni gidroekosistemasida uchraydigan organizmlar tanasi- da asta-sekin to‘planib boradi va oxir-oqibat organizmni halo- katga olib keladi.
Orolning ekologik holati o‘zgarishi natijasida u yerdagi baliqlargina emas, balki ularning asosiy ozuqasi bo‘lmish umurtqasiz hayvonlar-zoobentos va zooplankton xam nobud bo‘lgan. Faqat suvning yuqori sho‘rligiga moslashgan 2-3 ta mikrofauna turi saqlanib qolgan xolos.
Orol bo‘yidagi cho‘llanish dengizni oldingi qirg‘oqlaridan 200 km gacha kengaydi va shu joylarda uchraydigan hayvonlar olamini degradatsiyaga uchrashiga sabab bo‘ldi. Jumladan, shu regionda uchraydigan 178 ta hayvonlar turidan 38 ta tur saqlanib qolsa, 319 ta qushlar turidan 168 ta tur qolgan. Orol buyi tuqayzorlarini asta- sekin qurishi sababli, u yerlarda uchraydigan 60 dan ortiq gulli o‘simliklar, ular ichidagi relikt va endemik turlar xam yuqolib ketish xavfi ostidadir. Bunga sabab, shu yerlar iqlimining keskin o‘zgarishi, ya’ni dengiz maydonini kichrayishi, suv sathining pasayishi, atrofida xavo namligini kamayishi va sovuq davrlarni cho‘zilishidir.
Yuqorida qayd qilingan salbiy ekologik omillar ta’siri na- tijasida regionda 300 ming km2 maydonda ekologik fojia yuzaga keldi va bu holat Orol buyi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy qayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shu sababli hozirgi kunning assiy vazifasi, bu Orolbuyi aholisini toza suv bilan ta’minlash va turli kasalliklarga xamda aholini nochorligiga qarshi kurashishdan iboratdir. Shuni qayd qilish kerakki, Orolni ekologik fojiasi keyingi 40-50 yil ichida yuzaga keldi. Orol dengizini tabiiy muhitini yaxshilash va uni holatini tiklash uchun uzoq vazqt va katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Mablagning asosiy qismini jahon jamoatchiligi o‘z zimmasiga olishi kerak, sababi Markaziy Osiyo hududida joylashgan davlatlar og‘ir iqtisodiy davrni kechmoqdalar.
Ma’lumki, 1994 yili 5 ta Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari Orol regionida yuzaga kelgan ekologik inqirozni yengish uchun moliyaviy boyliklarni birlashtirishga qaror qilib, Orolni saqlab qolish xalqaro fondi (MFSA-OSXF) tuzildi, unda Orolni caqlash buyicha tayyorlangan dastur va loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va natijada regionda ekologik holatni yaxshilashdan iborat bo‘lgan. Orol fojiasidan yuzaga kelgan noqulay holatni o‘tishi buyicha ishlar BMT, Xalharo bank va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlikda ish olib borilmoqda. Mablag‘ ajratuvchi mamlakatlar besh Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Orol buyicha ishlab chiqilgan aniq xarakat dasturini ma’ko‘llaydilar va qisman mablag‘ ajratishni o‘z bo‘yinlariga olib, dastur uchun 31 mln. AQSh dollari ajratishni rejalashtirgan. Shundan 15 mln. dollar ajratilib, uni ekin maydonlari xolatini yaxshilash, yashash joylari, maktab va suvni tozalaydigan inshootlar qurish uchun yo‘naltirilgan (G rebenyuk I. 1997).
Orol bo‘yida tabiiy holatni tiklash va muhofaza qilish borasi- dagi shu kunning asosiy vazifasi:
Ko‘p miqdorda tuz tutuvchi va iflos kollektor-zovur va boshqa suvlarning tozalanmasdan turib Orol havzasiga yuborishni kamay- tirish.
Regionni ekologik holatini inobatga olgan holda ekin may- donlarni sug‘orishda, sanoat va xo‘jalik talablari uchun sarflana- digan suvlarni qat’iyan tejash va me’yorda ishlatish.
Regional texnik va yem-xashak uchun mo‘ljallangan o‘simliklar- ni yetishtirishda kollektor-zovur suvlardan foydalanish.
Cho‘llangan maydonlarda fitomelioratsiya ishlarini olib bo- rishni tezlashtirish va kengaytirish yullari bilan Orol buyi yer- lardan tuz-chang-tuzonni ko‘tarilishini kamaytirishni maqsadga muvofiq deb bilish.
Regionda mikro-iqlimi barpo qilish yuli bilan biologik xilma-xillikni yaxshilashni yulga qo‘yish.
Yaqin kelajakda bu tadbirlarni amalga oshirish Orol dengizi havzasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishiga imkon beradi va Markaziy Osiyoda uziga xos suv havzasini saqlab qolish borasida katta tadbirlarni amalga oshirishga asos yaratiladi.
Orolni hozirgi ekologik holatini belgilari shulardan iborat bo‘lib, tahlil yo‘li bilan keltirilgan ma’lumotlar o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otsa ajab emas.
Shu o‘rinda fikrimizni tasdiqlaydigan va to‘ldiradigan adabiyotlar ruyxatini keltirishni joiz deb bildik:
Galaeva O.S. O monitoringe vыnose peschano-solevoe aerozolya s osushennoy chasti dna Aralskogo morya. Problemы osvoeniya pustыn. 3-4, 1998 st. 17-21.
Izrail Yu.A., Anoxin Yu.A. Monitoring ekologo-klimaticheskix izmeneniy v basseyne Aralskogo morya. Problemы osvoeniya pustыn, 3-4 1998. St. 5-6.
Z.Elmuradov A., Ergashev A.E. Vesenniy sostav fitoplanktona na yuge Arala. Vestnik Karakalpakskogo filiala ANUzSSR, 2. 1970.
4.Elmuradov A. Algoflora yujnыx zalivov Aralskogo morya. Avtoreferat kand. dis. T.1973.
5.Otsenka antropogennыx vozdeystviy na klimat. V kn.: Izmenchivost klimata Sredney Azii. T. 1995. St. 165-184.
Rubanov I.V. Geologiya Aralskogo morya. T.Fan 1987.
Rubanov I.V.Protsessы solenakopleniya v akvatorii Aralskogo morya. Problemы osvoeniya pustыn, 3-4, 1998. St. 31-36.
Semenov O.E. Vыpadanie peschanoslevogo i aeroziya na poverxnost Priaralya. V kN.: Problemы osvoeniya pustыn, 3-4. 1998. St.37-46.
9.Chub V.E. Otsenka vliyaniya aerozolya na klimaticheskie xarakteristiki basseyna Aralskogo morya. V.kn Problemы osvoeniya pustыn, 3-4 1998. St.37-46.
10.Ergashev A.E. Reka Sыrdarya-osnovnoy istochnik orosheniya Arala i bioekologicheskogo raznoobraziya vodoemov basseyna. YuNESKO-MEGA, Ekologicheskiy vestnik «Ekospesialist» N-1, 1999. St. 8-10.
P.Sitsarin A.G., Bortnik V.N., V. kn.: Monitoring prirodnoy sredы basseyne Aralskogo morya. S.-Pyater, 1991.
Razakov R.M. Aral i Priarale: problemы i resheniya. T.1992.
Razakov R.M., Koshnazarov K.A. Migratsii soley i toksika- nov v Priarale. Problemы osvoeniya pustыn, 3-4, 1998. St.63-70.
Mavlyanov T.E., Pinxasov B.I. i dr. Ochagi solepыleыnosa na obsoxshem dne Aralskogo morya. Problemы osvoeniya pustыn, 3-4. 1998. Str. 119-122.
Izmenchivost klimata Sredney Azii. T.1995.
Kamalov S. Protsessы migratsii soley v Karakalpakistane. Problemы osvoeniya pustыn, 3-4, 1998. St. 25-30.
Rafikov A. Sudba Arala. T.: Fan, 1990.
Popov V.A. Rol migratsii soley v landshaftogeneze Priara- lya. Problemы osvoeniya pustыn, 3-4, 1998. St.112-126.
Grebenyuk I. Priaralskiy krizis: more ushlo, prishla beda, biznes-vestnik Vostoka, N-38 24 1992.
Karimov B.K.
Ekologo-toksikologicheskie problemы sostoyaniya rыbxozyaystvennogo ispolzovaniya gidroekosistem basseyna Aralskogo morya. T. 1995. Avtoref. Dok. Dissertatsii.
Orol dengizining hozirgi holati 2007 yilga kelib 29 metrga pasaydi, maydoni 5,8 barobarga kamaydi, suv hajmi 1064 km3 dan 80 km3 qolgan, suv sho‘rligi g‘arbiy qismida 110-112 g/l, sharqiy chuqur- likda esa 280 g/l ga yetgan. Dengiz sathidan 120-200 km ga uzoqlashdi, dengiz tubida 120-200 km ga uzoqlashdi, dengiz tubida 45000 km2 dan ortiq tuzli cho‘l qoldi.
Orolning qurigan tubidan har yili 75 mln. t. qum. 65 mln.t. yupqa dispersion chang va tuz ko‘tarildi. Amu va Sirdaryo pastliklaridagi sug‘oriladigan yerlarga xar yili 100 mln. t. tuz va kum tushadi. Kam suvli yillari Amudaryoning o‘rtacha yillik mineralizatsiyasi 0,8-1,6 g/l, Sirdaryoda esa 1,5-2 g/l ga yetadi. Yer osti suvlari mineralizatsiyasi 10 g/l dan 46 g/l gacha (Mil.Ma’ruza...2008).
Qoraqalpog‘istonda suv oqimlarini 55,9% sanitar-gigienik ta- lablarga javob bermaydi. Xorazm viloyatida 60,8% suv talabga ja- vob bermaydi. hududdan o‘simliklarning 23 turi yuqoldi.
Ko‘llarning suv yuzasi 100 ming ga dan 45-50 ming gacha qisqargan. Qamishzorlar 1200000 ga dan 15-20 ming ga, tuqayzorlar 300 ming ga dan 348 ming ga gacha, tabiiy yaylovlar 348 ming ga dan 125 ming ga ga qisqargan.
2005-2006 yillari Orol buyida sudralib yuruvchi hayvonlarning 23 ta turi va qushlarning 286 turi qayd qilingan. Sudralib yuruv chilarning 15 turi «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Orol dengizining qurigan yerlariga daraxtlar ekilmoqda. hozir- da 200 ming ga yerga himoya daraxtlari eqilgan. Bu ish xalharo jam- g‘arma tomonidan amalga oshirilmokda.
Orol va Orol bo‘yini hozirgi ekologik holatidan kelib chiqib bu sohaga oid bo‘lgan loyihalardan birortasi (quyidagilar) xalqa- ro xamjamiyatlar, Xalqaro Bank, Osiyo banki yordamida amalga oshsa va natijada Orolbuyi ekologik holati, aholini hayot tarzi yaxshi- lansa kelajak avlodlar tashkilotchilardan abadul abad minnatdor bular edi.
Orol dengizini saqlab qolishga oid loyihalar
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda suv muammosi qadimdan katta yechimsiz jumboq bo‘lib qolmoqda. O‘z vaqtida bu muammoni yechishga Aleksandr Makedonskiy xam shug‘ullanib, Himolay tog‘larini tanlab Hindiston tomondan suv keltirmoqchi bo‘lgan.
XX asrning 70-80 yillari Orolni katostrofik o‘zgarishi, suv satxi va maydonini qisqarishi, tuzlar miqdorini ortishi, Orol va Orol bo‘yidagi biologik xilma-xillikni keskin o‘zgarishi, turlar sonini kamayishi, regionda iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish kuchayi- shi, yer usti va yer osti suvlarining sho‘rlanishi, Amu-Sirdaryoning etak qismida yashovchi 30 mln. ortiq aqolini chuchuk ichimlik suv bi- lan ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarini kamayishi, turli ka- salliklarni kelib chiqishi kabi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishga oid 250 dan ortiq loyhalar ko‘rib chiqilgan. Shulardan eng asosiylari:
Sibir daryolari suvini bir qismini Sirdaryoga qushib, Orol dengiziga tashlash bo‘lib suv keltiradigan kanalni uzunligi 2500- 3000 km kanalning kengligi o‘rtacha 500 m., va kanalda 50 km3 suv bo‘lib, kanal atroflarida aholi yashash joylari, ekinzorlar, bog‘larni bo‘lishi muljallangan edi.
Ikkinchi katta loyihalardan yana biri - Kaspiy dengizi suvini 60-100 metrga nasos yordamida ko‘tarib, 100 ming m3 suvining kanalga tashlanilishi va 500 km uzunlikdagi kanal orqali Orol dengiziga yetkazish va kanal atrofi Ustyurt dashtlari o‘zlashtirilar edi.
Eng katta xalharo loyiha - bu Hindiston-Pokistonning Hind daryosi suvini Amudaryoga yetkazish edi. Bu bilan Osiyoni bir butun suv sistema tuzumi yuzaga kelgan bo‘lar, bu sistemada Markaziy Osiyoning 5 ta davlati xamda Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron kabi mamlakatlarni o‘z ichiga oladi.
Hind daryosini yillik oqimi 236 mlrd, m2 ga teng. Daryo Kaylasa tog‘ chizmalaridan boshlanadi. Hindistonning Kashmir vodiysida daryo suvini hajmi 30-35 km3 ga yetadi va qech narsaga, sug‘orishga xam ishlatilmaydi. Shu joydan 220 km tugri Vaxandaryoga undan Pandji va Amudaryoga (Sxema) trasaning uzunligi 325 km. U (1) Hindiston, Afgoniston hududidan o‘tadi.
Ikkinchi (2) variant - Qobul daryosining Hindga qo‘shilish joyi Xovon dovoni teshilib, Qunduz daryosiga undan Amudaryoga suv tushadi. Bu variantni uzunligi 600 km bo‘lib Pokiston va Afgoniston yerlaridan o‘tadi. Suv o‘zi oqadi.
Bu loyihani amalga oshirishga yordam bergan davlatlarga nima beradi, degan savolga akademik N.R.Xamroevniing javobi:
Pokiston umumiy suv toshqinlaridan utiladi, ekologik xavfsiz bo‘lib Orolni qurib qolishidan saqlaydi. Ming-ming odam ish bilan ta’minlanadi. Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy aloqalari kuchayadi.
Afgonistonning suvboyliklari ortadi, sug‘ori- ladigan yer maydoni ko‘payadi, Amudaryoda kemalar yurishi yaxshilanadi.
Tojikiston uz boyliklaridan to‘la foydalanadi va bu holat O‘zbekistan, Turkmanistonni suvga bo‘lgan eqtiyojiga ziyon yetmaydi.
Uzbekistonda suv tan|qisligi barxam topadi, gidroekologik holat yaxshilanadi, Orol asta-sekin tiklanadi, Orol buyi aqolisi sifatli ichimlik suvi bilan, sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi, yetarli ta’minlangan bo‘lardi.
Loyihaning ikkinchi variantida xam tog‘ tizmalarni teshib, o‘tish, tunellar qazish kerak bo‘ladi. Lekin, xalqni yer ostini, tof- larni teshish (Masalan, La-Mansh tunneli, metropoliten yullari, davlatlardan yul ochish tajribalar bor. Faqat xalharo xamkorlik va iqtisodiy baza kerak, xolos.
Nazorat savollari
1.Mahalliy salbiy ekologik omillarga nimalar kiradi?
2.Orol dengizining hozirgi ekologik holati.
2. Orol dengizini saqlab qolishga oid loyihalarni sanab bering
3. Amudaryo deltasi muammolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |