2 mavzu mahalliy salbiy ekologik oqibatlar orol va orol bo‘yi va amudaryo deltasi muammolari. Aydar arnasoy ko‘llar sistematikasi reja


Dengizning ko‘p yillik o‘rtacha sathi, suvning zhajmi va maydoni



Download 136,44 Kb.
bet2/3
Sana05.06.2022
Hajmi136,44 Kb.
#637410
1   2   3
Bog'liq
2 Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar orol va orol bo‘yi va amudaryo (2)

Dengizning ko‘p yillik o‘rtacha sathi, suvning zhajmi va maydoniYillar

Suvning sathi, m.

Suvning zajmi, km3

Dengizning maydoni, ming km2

1911

53,32

1078

67,5

1920

52,50

1031

63,8

1930

52,76

1047

64,9

1940

52,67

1042

64,5

1950

52,82

1051

65,2

1960

53,40

1083

68,9

1970

51,43

964

60,5

1980

45,75

644

51,7

1990

38,24

323

36,4

2000

33,30

169

23,9

2004

30,72

115

17,6

Keyingi yillarda - 50-60 yil ichida dengiz satxi 29 m ga pasay- gan. Maydoni 5,8 barobar qisqargan. Suvning xajmi 1078 dan xozirda 80-110 km3 ga kamaygan, suv sho‘rligi 10-11 g/l dan 110-112 xattoki 280 g/l ga yetgan. Suv qirgoqlardan (2007 yil) 120-200 km chekingan.


Orol dengizi sathini ko‘p yillik o‘zgarishi va O‘zbekistoida





Yllar

Orol dengi- zining sathi, m.

Fargona vodiysi, mingga

Mirzacho‘l, ming ga

Orol dengizi- ning voqasi, ming ga

1950

53,2

230

170

1 mln.

1955

53,3

905

230

1138

I960

52,5

970

280

1250

1965

51,30

1040

420

4038

1970

50,0

1075

510,2

4313

1975

49,5

1165

633,8

5353,9

1980

46,0

1226

739

5976,6

1985

42,0

1208,4

739

6779,4

1990

39,6

-



884

-


SUG‘ORILADIGAN MAYDONLAR XAJMI

Ko‘p yillik kuzatishlarning ko‘rsatishi bo‘yicha Orol dengizining sathi 1971-90 yillar ichida har yili o‘rtacha 0,7 metrga, 1990-1997 iillar 0,3 keyinchalik esa yiliga 0,2 metr pasaygan. Prognoz bo‘yicha 2040 yilga kelib Orol dengizi o‘rnida bir nechta mayda sho‘r ko‘llar yuza ga keladi. Keyinchalik shu ko‘llarning sathi 28 metrgacha pasayganida suvning sho‘rligi yanada ortadi. 2065 yilga kelib Orol dengining sathi 30 metrga pasayadi, ko‘llarda suv sathi 23 metrcha qoladi, ko‘llarni maydoni 2700 km2 qisqaradi. Sho‘rhoklar hajmi 41 km3, suvning tuzligi esa 356 g/l gacha ko‘tariladi (I.V.Rubanov, 1998). Olimlarning bashorati buyicha, Orol dengizi suvining sho‘rligi 10 dan 356 g/l ga ko‘tarilganda, tuzlarning hajmi 35,6 barobar ortadi. Bug‘lanish 0,25 barobar yiliga 1000 dan 730 mm gacha pasayadi. Kelajakda suvning sho‘rligini ortishi (26,38 dan 36% ga) tuzlar hajmini yana 1,36 barobarga, suv yuzasining kamayishi natijasida bug‘lanishni 7 martta pasayadi, ya’ni yiliga 750 dan 110 mm.gacha kuzatiladi.


Ma’lumki, oxirgi Plestotsen davrida Amudaryo o‘z suvini Sari-xamish ko‘li orqali Kaspiy dengiziga va Orolga quygan. Shu vaqtda Orolni suv sathi 35-40 m ga yetgan. Qadimiy Orol Transpres davri­da Orolni suv sathi 60-73 m gacha ko‘tarilgan.
Hozirgi vaqtda mirabilit qatlami 48-265 sm qalinlikdagi loyqa tagida qolgan 1425 km2 maydonda tuzlar tarqalgan umumiy maydoni 1950 km2 da, qalinligi 1 m dan ortiq tuzlar bo‘lib, uning zaxirasi 3 mlrd, t.ga yetadi.
1961 yildan boshlab Orol tez sur’atlar bilan quriy boshladi. 1997 yili dengiz sathi keskin pasaydi va chuqurligi 35,0-35,7 metr atrofiga keldi. Uning qurigan maydoni 34 ming km2 dan ortiq ket- di. Shu yerlarda to‘plangan tenardit-mirabilit tuz qatlamlari 1 m chuqurlikni tashkil qilib, ularning maydoni 250 km2, tuz zaxirasi esa 80 mln. t. dan ortiq. Ko‘plab sho‘rxok ko‘llarning mineralizatsiyasi 240-350 g/l bo‘lib, ulardagi galitning zaxirasi 32 mln. t, atrofidadir (I.V.Rubanov, 1987, 1998).
Kichik barxanli past-tekisliklarni aeratsiya zonasida sulfat- xlorid tuzlar zaxirasi 180-270 t/ga, baland barxanli joylarda 104 t/gani tashkil etadi. Orol, Muynok; va Adjiboy ko‘rfazlarini qurigan maydoni 1000 km2, shu yerning aeratsiya zonasida tuzlar zaxirasi 2200 t/ga yetadi. Bu tuzlar o‘z navbatida quriyotgan Orol dengiziga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Dengizning hozirgi tuzligi 200- 230 g/l bo‘lib, unga yuqori harorat (+35+40°S) ta’sirida o‘tayotgan kuchli bug‘lanish sabab bo‘lmoqdadir.




Cho‘kmalar va Orol dengizining quriyotgan holati Izohlar:




A - Orolni asta-sekin qurishining boshlanishi (1961 yil).
B - quriyotgan Orol va Orol qum-cho‘lining hosil bo‘lishi (1996 yil).
V - Oroldan qolgan ko‘lchalar va Orol qum cho‘lining maydoni (2040 yil).
G - Orol qum-cho‘li va kichik ko‘lcha (2065); I.V.Rubanov, 1998 yil).

Orol havzasi hududini keng miqyosda chang-to‘zon tuz bilan qoplanish va zararlanish jarayoniga qushimcha, hududni atmosferadan radioaktiv elementlar (Sr, S va S) simob va DDT kabi xavfli moddalar bilan xam zararlanishi anqlangan. Ayniqsa, inson salomatligi, o‘simlik va hayvonlar olami, suv, havo va tuprooda salbiy yoki ijobiy ta’sirini aniqlash kun tartibiga kiradi. Jumladan, tuproqda DDT 15 dan 26 mkg/kg ga, Amudaryo suvida 13 dan 16 mg/l, o‘simliklar massasida 10 dan 17 mkg/kg, Orol suvida 7 dan 10 mk/l ga ko‘paygan. Bu holat biosferani bir katta hududini ifloslanishiga sabab- shr (A.G.Sitsarin va bosh. 1991).


Keyingi 20 yil ichida Orolni suv sathini pasayishi hajmi va maydoni kamayishi, shu regionni issiqlik zaxirasi (54% ga) va |qishida issqlik balansining (93%ga) kamayishiga olib keldi. Orol-buyida iqlimni o‘zgarishidan haroratni yozgi va qishki kontrastlari, farqi keskin oshdi, sovuqli vaqt qisqarib, havo namligi ham 3-5% kamayib, keyingi 10 yil ichida iyulni o‘rtacha harorati 1960 yilga nisbatan 3-3,5 °S ortgan.
Orol atrofini o‘rganishda dengizni qurigan tubidan ko‘tariladigan qum-tuz aerozolini xolatini o‘ziga xos kuzatishni talab qiladi. III O.E.Semenovning ma’lumotiga ko‘ra, Orol bag‘ridagi aerozolning hajmi 1985 yilda 20-30 mln. t.ni tashkil qilgan. Shundan 200- 300 ming tonnasi tuz bo‘lgan. Aerozolni 1966-1979 ko‘p yillik o‘rtacha ko‘chishi 1,6-7.3 mln. tonnani tashkil qilgan.
Orol dengizini qurigan va shamolni asosiy joyi Qozog‘iston kismidan katta hajmda qumning ko‘chishi, uchishi kuzatilgan. Jum- ladan, Lazerev orolidan dengiz suvining sathi 15 m ga pasaygan vaqtda yiliga 211001 t. dan qum ko‘chgan. Borsa-kelmasdan - 46186, Kukoroldan esa 217890 t. yiliga qum dengizni qurigan tubidan ko‘chib shamol bilan havoga ko‘tarilgan. Kuchgan qumlarni uchishi bo‘ronni chuzilishiga va shamolni tezligiga bog‘liq bo‘lgan. Eng uzoqqa, qumni 16 mkm kattalikdagi zarrachalari 900-3200 km gacha uchib borgan bo‘lsa, zarrachalarni 90 mkm kattalikdagilarni 170- 1300 km uzoqlikkacha uchib yetgan (O.S.Galaeva, 1998). Yil davomida Markaziy Osiyo cho‘llaridan atmosferaga ko‘tariladigan aerozolni umumiy massasi 78 mln. t.ga yetadi. Shu jumladan, Qizilqum cho‘lla- ri va Qoraqumni Orolbo‘yidan yil davomida havoga 25 mln. t. aero- yul ko‘tariladi.
Orolning qurigan tubida hosil bo‘lgan dumaloq sho‘rxoklar juda xavfli hisoblanadi. Bunday joylarni 1 m qalinligida 6-12 dan 22% gacha tuz bor bo‘lib, 30 ming ga maydondan yiliga 0,5 mln. t. aerozol (19,2 t/ga) shamol bilan uchirilib ketadi. Mutaxassislarning fikricha, ko‘chadigan aerozolni hajmi 2,4 mln. t.gacha yetishi va bu holat haddan ziyod xavflidir (T.E.Mavlonov va bosh. 1998). Akpetkin arxipelagida 260 ming gektarga yaqin maydonda tenardit-mirabilit boyligi bor. Yiliga tenarditni 3,6 ming t. (225 t/ga) shamol bilan uchirib ketiladi. Adjiboy va Muynoq ko‘ltiqlarini qurigan hududlarini maydoni 100 ming gektardan ortiq bo‘lib, u yerdagi tuz-chang 0,8 mln. t. (8,3 t/ga)ni tashkil qiladi. Muynoq va Jiltirbas yarim orollari o‘rtasidagi qurigan tubni maydoni 100 ming ga bo‘lib, shu yerdan yiliga 2 mln. t. chang-tuz (14.1 t/ga) ko‘chadi. Kelajakda bu jarayon 4-5 barobar ortadi va 10 mln. t. (67.2 t/ga) ni tashkil qiladi. Bu juda xavfli xolatni yuzaga keltiradi.
Uncha katta bo‘lmagan nishabli tekisliklarda tuz-chang to‘zonni xajmi 2,4 dan 5,5 mln. t. ga. (40,7 dan 91,7 t/ga) ortgan. Muynoqni Shimoliy va Jiltirbas Shimoliy-sharqiy qismlaridagi mayda barxanli qumlar maydoni 120 ming gektar atrofida, balandligi 1,5-2 metrli barxanlar hududni 30% ni tashkil etadi. T.E.Mavlanov va boshka olimlarning bergan ma’lumoticha, turli barxanli kengliklarni o‘t bosishi sekin. Asosan janubiy va janubiy-garbiy yunalishlarda kuzatilib, bu jarayonning tezligi yiliga 100-120 metrni tashkil qiladi. Bu yerlardagi tuz-chang-to‘zonni yillik hajmi 11,3 mln.t. (94,1 t/ga). Bundan 10-15 yildan keyin barxanlarni balandligi 4-6 metrga yetadi. Shu sababli, bu yerlardan ko‘chadigan tuz va chang tuzonni xajmi 4,5 ming tonnagacha (39,6 t/ga) kamaydi. Orolni janubiy va janubiy-sharqiy qurigan qismini maydoni 10.8 mln. km2, u yerdagi tuz-chang tuzonni umumiy xajmi 26,2 mln. t. bo‘lib, shundan mln. tonnasi suvda eruvchi tuzdir. Bu kursatkich asta-sekin o‘sib boradi va 20-25 yildan keyin 52,9 mln. t. shundan 8,6 mln. tonnasi tuz bo‘ladi.
Quruq qum tuzli aerozolni yer betiga tushishi jarayoni tahlil qilinganda Amudaryoni deltasi Taxiatosh atrofiga yiliga 79 t/km2 xajmdan aerozol tushsa, shimoliy Orolbuyi yiliga 45 t/km2, sharkiy Orolbuyining chetlari yuzasiga shu kursatkichdan 1,5 barobar ko‘p, ya’ni yiliga Amudaryoni etak qismlariga 90-100 t/km2 quruq aerozol tushadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, Orol atrofida mayda zarrachali tuzli aerozolni yuqoriga ko‘tarilish chegarasi asosan 400- 1000 metr bo‘lib, 1200-2500 m balandlikda aerozolni konsentratsiyasi kamaygan. Masalan, 150-1000 m balandlik orasida aerozol konsentratsiyasi 2250 mkg/m3 ni tashkil qilsa, 1000-3000 m balandlikda jami 334 mkg/m bo‘lgan. Zarrachalarning 30 va 60 mkm xajmlari 1 km balandlikkacha ko‘tarilsa, undan katta zarrachalar arang 0,1 km ga yetgan (O.E.Semenov 1998). Bu jarayonlar Orol dengizining relef tushlishi va g‘arbiy shamollarning 12 m/soniya tezlikdagi harakati- ga bog‘liqdir.
Mutaxasissislarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari natijasi- qum ma’lumki, qum-tuzli aerozol shu hududning iqlim sistemasiga, .atmosferada quyosh radiatsiyasini o‘tish sharoitiga va uni uzoqligining uzgarishiga xamda atmosfera qatlamining mikrostrukturasi na ratsional tarkibiga katta ta’sir qiladi. Jumladan, Ustyurt plotasiga to‘g‘ri tushadigan radiatsiyani ancha va doimiy kamayishi oktyabr va noyabr oylarida 26-27%, yoz faslida esa 10% ni tashkil qilgan. O‘zbekistonning shimoliy-sharqiy tof oldi hududlarida (Toshkent) atmosferani tiniqligi pasaygan va tug‘ri tushadigan quyosh radiatsiyasi qishda 22% ga, yozda esa 14% ga kamaygan.
Tabiiy hududlarni qurigan joylarini o‘zgarish va qayta tik- lanish jarayoni Adjiboy va Jiltirbas qultiqlari, Amudaryoni etak qismi 1500 km2 yoki Orolni qurigan qismini 25% ni tashkil qilib, u yerdagi landshaftlar ut bosmagan yoki kam o‘t bosgan qumliklardan iboratdir. Bunday joylarni o‘rtacha yillik kamayishi 50 km2 ni tashkil qiladi. Qurigan joylarga tuzlarni 80% tarqalishi 1 km2 yiliga 75 t. yoki 750 kg/ga tuz tushadi (Raem - 30. V.A.Po- iov, 1998).
R.M.Razzoqov va K.A.Kosnazarovlarni (1998) bergan ma’lumot- lariga ko‘ra, Orol buyini tabiiy-iqlim va ekologik holatini o‘zga- rishi Orolni suv sathini tinimsiz pasayib (18 m, 1998 yil) keti- shi va cho‘llanishning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Taxlillarning ko‘rsatishicha, Orol buyiga tuzlarni ko‘chishi, havoga ko‘tarilishi va tushish jarayoni o‘sib bormoqda. Jumladan, kosmik ma’lumotlarga ko‘ra, chang-tuzonli bo‘ronlar davrida yiliga 15 dan 75 mln. t.gacha tuz-chang havoga ko‘tariladi. Kuchli sho‘rxoklarni har gektaridan 12- 20 tonnagacha tuz ko‘tariladi. Bunday holat tuz-chang zarrachalarni o‘sish deflyatsiyasi va bir joydan boshqa yerga transportirovka bo‘lib uchish, Orol qirgoqlarini 100 km doirasida yuzaga keldi va kuzatiladi.
Oroldan uchgan tuzlarni Belorussiya, Boltiq buyi, Pomir tog‘la- ri va Shimoliy muz okeani xamda Hindiston va AQSh hududlariga yetib borgani uncha ishonarli emasdir.
Tuz-changli aerozolning tushish miqdori joyning yer usti tuzi- lishiga, shamol harakati va tezligiga, qishloq xujalik ekinlarini
borligi xamda tuproqning namlik darajasiga bog‘liqdir. Shu omil- larga bog‘lik; holda bir gektar yerga 1.5-6 t. tuz-chang tushsa, uni 170- 800 kg xattoki, 1600 kg eriydigan Orol tubini qurigan joylarini tuzlaridir (Razikov, 1998).
Ilmiy tadqiqotlarning natijalarini kursatishicha, Orol tu- bining qurigan joylaridan ko‘tarilgan tuz-chang-tuzon tushgan joyga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu jumladan, qishloq-xo‘jalik ekin- laridan paxta, jo‘xori, sholi, sabzavot, bog‘dorchilik xamda tabiiy o‘tloqzorlarni o‘simliklarining o‘sish va rivojlanishiga, ularning hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekinlarning hosili yiliga 3-5% dan 15%gacha kamayadi. Qorahalpog‘istonda kuchli va o‘rta sho‘rlangan yerlar maydoni keyingi 20 yil ichida 38,5% dan 60-70% ga ko‘paygan. Shu yerlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildor- igi 1,5-2 barobarga pasaygan. Atmosfera yog‘inlari bilan yiliga gektariga 150-300 kg tuz tushadi, yog‘inlar suvining mineralizatsiyasi 30 dan 150 mg/l ni, Ustyurt atrofida 170 mg/l ni, Chimboy, Nukus, Xo‘jayli, Shumanay atroflarida 150-160 mg/l ni tashkil etadi. Tuproq yuzasi tuz qobiqlar bilan qoplanib o‘simlikni urug‘dan usib chiqishini sekinlashtiradi. Orol bo‘yidagi umumiy holat shundan iboratdir.
Havoning chang-tuzon va tuz zarrachalari bilan tuyinganligi inson salomatligiga, metallarning zanglashi va yemirilishiga, elektr simlarining zararlanishi va uzilib ketishi kabi hollarda sodir bo‘lib, bularni xammasi xalq xo‘jaligi uchun katta zarardir.
Bu jarayonlar iqlimning keskin o‘zgarishi, urbanizatsiya va cyg‘o- riladigan yerlar maydonining kengayishi, Orol voqasida cho‘lla- nish jarayonining kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Natija- da ekologik omillar o‘zgardi, o‘rtacha yillik harorat 27 °S gacha ko‘tarildi. Suvning parsial bosimi (7,5 gPa) va nisbiy namlik (20%) o‘smoqda.
Bundan 50-60 yillar avval Markaziy Osiyo daryolaridan suvni ko‘plab olish boshlangan edi. Birinchi navbatda Sirdaryo va Amu- daryo suvlari ekin maydonlarini sug‘orish, sanoat va turli xo‘jalik etiyojlari uchun ishlatila boshlandi. Buning natijasida Orol denizining suv hajmi, sathi va maydoni o‘zgardi. Bu ekologik omillarni o‘zgarishi o‘z navbatida suv jonzotlarining tarkibi, soni, sifati va maqsuldorligi, umuman aytganda, Orol regionida butun tiriklikni tuzilishini tubdan o‘zgartirib yubordi.
1968-1973 yillar Orolning janubiy Saribas, Abbas, Muynoq, Adjibay qultiqlari xamda dengizning ochiq qismini fitoplank- toni o‘rganildi. Shu vaqtda nomlari qayd qilingan qo‘ltiqlar bor dengizning ochiq qismida suvning chuqurligi 49-51 m edi.
Tadqiqotlar natijasida tuplangan ilmiy manba tahlil qilish jarayonida planktonda uchraydigan suvo‘tlarning 664 tur va tur va- killari aniqlangan ( A.Elmuratov, A.E.Ergashev. 1970, 1973). 38-jadval
Orol dengizining Janubiy ko‘ltiklari va ochsh$ dengizda uchraydigan
suvo‘tlarning tarkibi va garkal i shi (1968-73 yillar)

Suv utlari- ning guruqlari

Saribas

Abbas

Muy-
N01$

Aji-
boy

Dengiz- ning ochiq

Download 136,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish