2-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari


Asosiy vositalarning tarkibiy tuzilishi va о‘sishining tahlili



Download 151,77 Kb.
bet8/16
Sana31.05.2023
Hajmi151,77 Kb.
#946883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
2 мавзу

Asosiy vositalarning tarkibiy tuzilishi va о‘sishining tahlili
3-jadval

Ko‘rsatkichlar



Yil boshiga



Yil oxiriga

Yil boshiga nisbatan o‘zgarish

mln
so‘m

%

mln
so‘m

%

mln
so‘m

%

  1. Sanoat asosiy ishlab chiqarish vositalari

67937

97,7

69991

98,5

+2054

103

  1. Boshqa tarmoqdarning asosiy ishlab chiqarish vositalari

1536

2,2

1049

1,5

-487

68,3

3. Noishlab chiqarish vositalari

9

0,01

9

0,01







Jami asosiy vositalar

69482

100

71049

100

1567

102,2

Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi formula yordamida taqqoslang:




Bu yerda,


Izd1 - amaldagi asosiy vositalarning ishlab chiqirish xarajatlari (so‘m);
Izd2 - Yangi asosiy ishlab chiqarish xarajatlari (so‘m).

Asosiy vositalar amortizatsiyasi
«Amortizatsiya» atamasi umuman olganda asosiy vositalarning eskirishini qoplanishini, tiklanishini bildiradi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning eskirishini pul mablag‘­larini jamg‘arish orqali qoplash amortizatsiya deyiladi. Binobarin, amortizatsiya fondi – eskirishni (yeyilishni) qoplash uchun mo‘ljallan­gan pul fondidir. U amortizatsiyaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan tar­kib­ top­adi. Amortizatsiya - mehnat vositalarining eskirishini qisman qop­lash uchun mablag‘ ajratishdir.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar yemiriladi, eskiradi, asta-sekinlik bilan o‘zining texnik xususiyatini, iste’mol qiymatini yo‘qotib boradi, ularning qiymati esa ishlab chiqarilayotgan tovarga o‘tkazilib boriladi.
Mashina, uskuna, asboblar yeyiladi, arzonlashadi. Asosiy vositalar qiymatining eskirish summasi amortizatsiya fondiga borib tushadi.
Amortizatsiya fondidan vositalarning ma’lum qismini kapital ta’mirlash davomida ularni qisman tiklash maqsadida foydalaniladi. Bu sharoitda yo‘qotilgan qiymatni qisman qoplash sodir bo‘ladi. Asosiy vositalarning xizmat muddati tugagandan keyin ular butunlay eskiradi, istemol qiymatini yo‘qotadi, jamg‘arilgan amortizatsiya fondi yangi Mehnat vositalarini sotib olish imkonini beradi.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida asosiy vositalar ma’naviy jihatdan juda tez eskiradi, jismoniy eskirishi bilan, is’temol qiymatini yo‘qotib boradi.
Binobarin, har bir xo‘jalikda amortizatsiya fondi ajratiladi. Aytib o‘til­ganidek, asosiy vositalar o‘z qiymatini tayyorlangan mahsulotga oz-oz o‘tkazib boradi.
Mahsulot sotilganidan so‘ng bu qiymat xo‘jalikka pul shaklida qaytadi va amortizatsiya uchun o‘tkaziladi. Bu mablag‘lar kapital re­mont va es­kirgan asosiy vositalarni to‘la tiklash uchun sarflanadi. Har yil­lik amortizatsiya ajratmalarining miqdoridan amortizatsiya me’yor­lariga binoan asosiy vositalarning balans qiymatidan foizlar ajratiladi.
Asosiy vositalarning eskirishi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning qoldiq qiymati shunchalik kam bo‘ladi va aksincha, asosiy vositalarning eskirish summasiga qarab korxonadagi mavjud asosiy vositalarning yangi yoki eskiligiga baho berish mumkin.
Eskirish summasini hisoblashni aniqlashtirish uchun yillik amortizat­siya summasi asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan foiz hisobida aniqlab olinadi. Buning uchun yillik amortizatsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lib, yuzga ko‘paytirish kerak. Shu yo‘l bilan topilgan raqam asosiy vositalarning amortizatsiya me’yori deyiladi. Asosiy vositalarni to‘la tiklash va kapital tamirlash uchun alohida amortizatsiya me’yorlari belgilanadi.
Har oyda ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazib turiladigan oylik amortizatsiya summasi yillik amortizatsiya summasini o‘n ikki oyga bo‘l­ish yo‘li bilan topiladi. Amortizatsiya ajratmalari har oyda oldingi oy uchun hisoblangan amortizatsiya ajratmalari miqdorida belgilanadi.
Asosiy vositalar o‘z balans qiymatini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga to‘liq o‘tkazmasdan hisobdan chiqariladigan bo‘lsa, farqi korxona tasarrufida qolgan foyda hisobidan qoplanadi. Amortizatsiya fond­ining ajratmalari mahsulot sotishdan tushgan pul mablag‘i tarkibida xo‘ja­likning hisob-kitob raqamiga tushadi. Bu mablag‘lar faqat kapital xara­jat­larni mablag‘ bilan ta’minlash uchun sarflanadi. To‘la tiklash uchun ajrati­ladigan asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyida­gi­lar kiritiladi:

  • asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;

  • asosiy vositalarning eskirish darajasi;

  • yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali;

  • eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.

Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab, ularning texnikasiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosati, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydal­anish­dan olib qo‘yilgan asosiy vosita holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning har bir turi bo‘yicha o‘rganiladi.
Asosiy vositalarning texnik holati yangilanganlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish bilan to‘ldiriladi.
Korxonada jami asosiy vositalarning yangilanish darajasi hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 1% ga (7,6-6,6) o‘sgan.
Sanoatda asosiy ishlab chiqarish vositalarining yangilanish darajasi esa hisobot yilida 6,9%ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3% ga (6,9-4,6) o‘sgan. Korxonada jami asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymati o‘tgan yilda 69 mln. 482 ming so‘m ni tashkil etib, bu ko‘rsatgich hisobot yilida 1mln. 567 ming so‘m ga ko‘paygan.


Download 151,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish