Asosiy fondlar
|
Aylanma fondlar
|
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish turi
|
Mehnat vositasi sifatida
|
Mehnat buyumlari sifatida
|
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish xususiyati
|
Ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta qatnashadi
|
Ishlab chiqarishning har bir yangi siklida to‘la iste’mol qilinadi (bir marta qatnashadi)
|
Tayyor mahsulotga qiymatini o‘tkazish usuli
|
Tayyor mahsulotga butun xizmat muddati davomida yemirilgan qiymatini ayrim qismlarga bo‘lib o‘tkazadi
|
Tayyor mahsulotga o‘z qiymatini to‘la va bir yo‘la o‘tkazadi
|
Natural shaklining o‘zgarishi
|
Xizmat muddatining oxirigacha o‘z natural shaklini saqlab qoladi
|
Natural shaklini saqlab qolmaydi. O‘zining
jismoniy shaklini, ko‘pincha moddiy tarkibini ham bir yo‘la o‘zgartiradi
|
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari (sehlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar);
inshootlar (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.);
har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar;
mashinalar va asbob-uskunalar (energiyani, suyuk va gazsimon moddalami ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari, generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);
ishchi mashinalar va uskunalar (dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar);
o‘lchov va tartibga soluvchi asboblar (laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar);
transport vositalari;
foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asbob va ishlab chiqarish inventarlari.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:
boshlang‘ich qiymatga
asosiy vositalarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar, yetkazib berish, o‘rnatish kabi pul xarajatlarining jami kiradi.
Dastlabki baho asosiy fondlarning foydalanishga topshirgan paytda hisobga olingan dastlabki muvozanat narxini ko‘rsatadi. Misol. Generator 15000000 so‘m ga sotib olindi. Uni korxonaga yetkazib berish uchun 100000 so‘m, o‘rnatish uchun 200000 so‘m sarflandi. Generatorlarning dastlabki to‘la narxi – 15300000 so‘m ga teng.
15000000 + 100000 + 200000 =15300000 so‘m
Tiklangan qiymati – asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning bugungi kunda qancha turishini ko‘rsatadi. Misol: Transformator 2015 - yilda 300000 so‘m ga sotib olingan, xuddi shunday transformator 2017 - yil yanvar oyida 270000 so‘m ga sotib olindi. Ikkita transformator muvozanat qiymati 570000 so‘m ni tashkil qiladi. 2017 - yil yanvar oyida ikkala transformator tiklangan narxi 540000 so‘m, chunki shu transformatorning bahosi 270000 so‘m ni tashkil qilgan edi. Bu baho asosiy fondlarning ma’naviy eskirganligini va yeyilganligini hisobga olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |