USB (Universal system bus) – Compaq, DEC, Microsoft, IBM, Intel, NEC firmalarining birgalikda ishlab chiqqan standarti. Birinchi tasdiqlangan varianti 1996 yil 15 yanvarda paydo bo’ldi va bitta interfeys yordamida ko’plab va har xil turdagi tashqi qurilmalarni bog’lashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. USB (Universal system bus) – Compaq, DEC, Microsoft, IBM, Intel, NEC firmalarining birgalikda ishlab chiqqan standarti. Birinchi tasdiqlangan varianti 1996 yil 15 yanvarda paydo bo’ldi va bitta interfeys yordamida ko’plab va har xil turdagi tashqi qurilmalarni bog’lashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. USB standarti «mijoz-server» arxitekturasi bo’yicha («Master-slave» terminologiyasi ishlatiladi) o’zaro munosabatni o’z ichiga oladi va 127 ta qurilmani ketma-ket ulashga yoki 7 ta qurilmagacha ulangan USB konsentratordan (hub) foydalanishga imkon beradi. Texnik xarakteristikalari. USB imkoniyatlari (1.1 versiyasi): Texnik xarakteristikalari. USB imkoniyatlari (1.1 versiyasi): - almashtirishning yuqori tezligi (full-speed signaling bit rate) - 12 Mbit/s;
- yuqori almashish tezligi uchun kabelning maksimal uzunligi – 5 m;
- past almashish tezlik rejimi (low – speed signaling bit rate) – 1,5 Mbit/s;
- almashsishning past tezligi uchun kabelning maksimal uzunligi – 3 m;
- ulanadigan qurilmalarning maksimal soni – 127;
- almashish tezligi turli xil bo’lgan qurilmalarning ulash mumkinligi.
“USB yo’lda” (On-The-Go - OTG). “USB yo’lda” (On-The-Go - OTG). 2001 yilda chiqarilgan. Bu USB 2.0 spetsifikatsitasiga yangilar qo’shilgan. Yangi kichik ulagichlar (raz’yomlar), aloqani o’rnatish uchun protocol, elektr quvvatiga bo’lgan talablar qo’shiladi. USB 3.0 spetsifikatsiyasi USB 3.0 spetsifikatsiyasi - USB 3.0 spetsifikatsiyasida yangilangan standartdagi kabellar va ulagichlar fizik va funksional jihatdan USB 2.0 bilan mos keladi va bir qiymatli identifikatsiya qilish uchun USB 3.0 ulagichlarini ko’k rangli plastmasadan tayyorlash qabul qilingan. USB 2.0 kabeli to’rtta liniyani o’z ichiga oladi – ma’lumotlarni qabul qilish/uzatish uchun juftlik, plyus va nol quvvat. Ularga qo’shimcha ravishda USB 3.0 yana to’rtta aloqa liniyasini qo’shdi (ikkita o’raglan juftlik), natijada kabel ancha qalinlashdi. USB 3.0 ulagichlaridagi yangi kontaktlar boshqa eskirgan kontaktlar qatoridan alohida joylashgan. USB 3.0 spetsifikatsiyasida ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi 5 Gbit/s gacha ko’tarildi – bu USB 2.0 ta’minlay oladigan 480 Mbit/s dan ancha kattadir. Shunday qilib, ma’lumotlarni uzatish tezligi 60 Mbayt/s dan 600 Mbayt/s gacha oshdi va 1 Tb ni 8-10 soat ichida emas, balki 40-60 daqiqada utkazishga imkon berdi.
- 3.0 versiyasi nafaqat yuqori ma’lumot uzatish tezligi, balki 500 mA dan 900 mA gacha bo’lgan tok kuchining oshishi bilan ham farq qiladi. Shunday qilib, bitta xabdan (uyadan) ko’p sonli qurilmalar ishlaydi yoki qurilmalarning o’zi alohida quvvat manbalaridan xalos bo’lishi mumkin.
USB 3.0 xab, VIA firmasining VL810 mikrosxemasiga asoslangan demonstratsion platasi
Do'stlaringiz bilan baham: |