2-mavzu. Hujayrani o’rganish usullari


Zamonaviy elektron mikroskop(Karl Zeiss)



Download 327,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana11.07.2022
Hajmi327,79 Kb.
#777285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.Maruza

Zamonaviy elektron mikroskop(Karl Zeiss). 
Hajmiy elektron mikroskop yordamida hujayraning u yoki bu qismining 
kimyoviy tarkibi haqida axborot olish ham mumkin. Muzlatib chiqarib tashlash 
(travleniya) metodi. Bunda ob’ekt dastlab tezlik bilan suyuq azot yordamida 
muzlatiladi, keyin shu haroratdagi maxsus vakuum qurilmaga o‘tkaziladi. U yerda 
sovitilgan “pichoq” yordamida muzlatilgan ob’ekt yoriladi. Bunda muzlagan 
hujayraning ichki qismi ochilib qoladi. Vakuumda qotgan suvning bir qismi chiqarib 
tashlanadi, yalang‘ochlanib qolgan yuza asta-sekinlik bilan parga aylangan uglerod, 
keyin esa metall bilan yupqa qatlam qilib qoplanadi. Shunday qilib muzlagan, ammo, 
tirik holdagi strukturasini saqlagan yalang‘och yuzadan plyonka – replika olinadi. 
Keyin xona haroratida ob’ekt kislotada eritiladi, ammo plyonka-replika butun qoladi, 
uni elektron mikroskopda o‘rganiladi. Bu metodning ikkita afzalligi bor: 
1)tabiiy(nativ) namunalardan qilingan replikalarni o‘rganadi; 2)hujayra membranasi
yuzasining relefini o‘rganadi. Bu metod ham hujayraning yuzasida, ham ichida 
globulalarning joylashishini va membrana struktura jihatidan bir xil emasligini 
ko‘rishga imkon beradi.
Hujayra gomogenatlarini fraksiyalash metodi 
Ultratsentrifugalash. Ultratsentrifugani ishlab chiqilishi bilan sitologiyada yangi 
kuzatishlarga imkoniyatlar yaratildi. Bu asbob minutiga 100000 martaga yaqin 
aylanishda hujayraning juda mayda, alohida qismlari-yadrosi, pardasi, qobig‘i, 


mitoxondriya, ribosoma va boshqa komponentlarini ajratib olish, hamda ularning 
strukturasi 
va 
funksiyasini 
tekshirishga 
imkon 
beradi. 
Eng 
mukammal 
ultratsentrifugani Shved olimi Svedberg yasadi va birinchi bo‘lib foydalandi.
Ajratish va tekshirishning mazkur usuli yuqori kuchlanishli maydon hosil qilish yo‘li 
bilan vujudga keltiriladigan og‘irlik kuchini tezlanishiga asoslanadi. Zichligi kam 
bo‘lgan, erimay suyuqlikda qalqib yurgan zarrachalar og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘ka 
boshlaydi. Cho‘kish jarayonini tezlashtirish maqsadida yerning tortish kuchi 
ultratsentrifugada paydo bo‘ladigan markazdan qochirma kuch bilan almashtiriladi.
Odatda zarracha qancha kichik bo‘lsa, u shuncha sekin cho‘kadi. Shuning uchun 
cho‘kishni tezlashtirmasdan turib ularni ajratish uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
Hujayraning tarkibiy qismlarga ajratishning hozirgi zamon usullari to‘qimalarni 
gomogenizatsiyalash yoki hujayra chegarlarini turli-tuman mexanik yoki kimyoviy 
vositalar yordamida buzish yo‘li bilan ularning zichligi va sirtining kattakichikligiga 
muvofiq ravishda bo‘laklarga ajratishdan iborat. Hujayralarning sentrifugalashdan 
oldin ularni bir xil massa holiga kelguncha maydalanadi, bu gomogenat deyiladi. 
Gomogenat maxsus asbobgomogenizatorda hosil qilinadi. Gomogenlash past harorat 
(0-40) da olib boriladi. Olingan gomogenatni fraksiya (qism) ga ajratish uchun u 
yana sentrifugalanadi. Bunda hujayraning yadrosi va organoidlari o‘z solishtirma
og‘irligiga qarab, probirka tubiga cho‘kaboshlaydi. Solishtirma og‘irligi katta 
bo‘lgani uchun avval yadro cho‘kadi. Keyin mitoxondriya, lizosoma, mikrosomalar 
cho‘kadi. Probirkaning ustki qismida to‘plangan suyuqlik hujayra shirasi 
hisoblanadi. Sentrifugalab olingan hujayra moddalarining biokimyoviy xususiyatlari 
aniqlanadi, oqsillar, nuklein kislotalar, fermentlar va hujayra tarkibiga kiradigan 
yadro va boshqa organoidlar o‘rganiladi. Hujayradan quyi darajada tashkil topgan 
fraksiyalarni ajratib olish uchun muayyan vaqt davomida turli aylanish tezligida 
sentrifugalashdan foydalaniladi.

Download 327,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish