2-mavzu. Hujayrani o’rganish usullari



Download 327,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana11.07.2022
Hajmi327,79 Kb.
#777285
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.Maruza



2-mavzu. Hujayrani o’rganish usullari 
1.Hujayraning o’rganish metodlari . 
2.sitofizikaviy metod. 
3. Avtoradigrafiya metodi 
Hozirgi zamon sitologiyasi ko‘p sonli va xilma-xil tekshirish metodlariga ega 
bo‘lib, ularsiz hujayraning tuzilishi va funksiyasi to‘g‘risidagi bilimlarni to‘planishi 
va takomil topishi mumkin bo‘lmagan bo‘lur edi.Quyida biz sitologiyada eng ko‘p 
qo‘llaniladigan metodlar haqida to‘xtalamiz.
Optik metodlar Yorug‘lik mikroskoplaridan foydalanish Zamonaviy yorug‘lik 
mikroskoplari juda murakkablashgan asbob bo‘lib, hujayrani o‘rganishda birinchi 
darajali rolini saqlab kelmoqda. Yorug‘lik mikroskoplarining kattalashtirish 
qobiliyati ularning eng qisqa oralig‘ga ega bo‘lgan ikki nuqtani alohida ko‘rsata 
olishiga bog‘liq bo‘ladi.Masalan: ikkita nuqta oralig‘idagi masofa qancha yaqin 
bo‘lsa, shu mikroskopning ko‘rsatish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Boshqacha 
qilib aytganda, mikroskopda ko‘rinadigan zarrachalar qancha mayda bo‘lsa, 
mikroskopning ko‘rsata olish darajasi ham shuncha ortiq bo‘ladi. Mikroskopning 
ko‘rsatish qobiliyati ob’ektivning aperturasi ya’ni optik sistemaning ishlovchi 
teshigini kattaligi va yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq. 
Mikroskopning ko‘rsatish qobiliyati ikki yo‘l bilan orttiriladi:1) ob’ektivning 
sonli aperturasini ko‘paytirish;2) preparatni yoritayotgan yorug‘likning to‘lqin 
uzunligini qisqartirish bilan. Sonli aperturani orttirish uchun immersion 
ob’ektivlardan foydalaniladi. Bunday ob’ektiv bilan preparat o‘rtasidagi bo‘shliq 
immersion suyuqliklar bilan to‘ldiriladi. Havoni yorug‘lik sindirish ko‘rsatikichini 1 
ga teng desak, immersion suyuqliklar qatoriga kiruvchi suvniki - 1,33, gliserinniki -
1,45, kedr yog‘iniki -1,51 ga teng bo‘ladi. Mikroskopning ko‘rsata olish qobiliyatini 
oshirishning ikkinchi usulida yorug‘lik nurlarining to‘lqin uzunligidan ancha qisqa 
bo‘lgan ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Biologik mikroskop o‘tuvchi 


yorug‘likda yoritiladigan preparatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu mikroskoplar 
hujayralar va boshqa ob’ektlarni o‘rganishda eng ko‘p qo‘llaniladi. Ammo, biologik 
mikroskoplarda asosan fiksatsiya qilinib, bo‘yalgan preparatlarni o‘rganilishi 
mumkin. Ko‘pchilik tirik bo‘yalmagan hujayralar o‘tuvchi yorug‘likda rangsiz va 
tiniq bo‘lib ko‘rinadi, shuning uchun ularni to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Fazakontrastik, 
Interferension, Fluoressent, Polyarizatsion, Qorong‘i maydonli, Ultra binafsha xillari 
mavjud. Qorong‘ilatilgan maydonli mikroskopiya. Qorong‘i maydonda preparatlarni 
o‘rganish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi. Qorong‘i maydonli 
kondensor odatdagi kondensordan farq qilib, yorug‘lik manbaidan tushayotgan juda 
qiyshiq chetki nurlarnigina o‘tkazadi. Chetki nurlar katta og‘ish burchagiga egaligi 
uchun ular ob’ektivga tushmaydi, natijada mikroskopning ko‘rish maydoni qorong‘i 
bo‘lib qoladi, tarqoq nurlar bilan yoritilgan ob’ekt esa yaxshi ko‘rinadi. Odatda 
preparatlarda har xil optik zichlikka ega bo‘lgan strukturalar bo‘ladi. Bu strukturalar 
umumiy qorong‘i maydonda turlicha nurlanishi tufayli aniq ko‘rinadi (tindal effekti). 
Bu usul bilan turli tirik hujayralarni kuzatish mumkin bo‘ladi. Faza kontrastik 
mikroskopiya. Biologik mikroskoplarda deyarli kuzatib bo‘lmaydigan ba’zi tirik 
preparatlarni kontrastligini faza kontrastik moslama yordamida keskin orttiriladi. Bu 
moslama biologik mikroskop kondensorining o‘rniga o‘rnatiladi. U fazali ob’ektivlar
to‘plami (O),halqasimon plastinka (P),halqali diafragmalar to‘plami (D)ni ushlovchi 
kondensor (K) dan tashkil topadi. Halqali diafragmalar va fazali plastinkalarni bir-
biriga moslashtirilganda ob’ektning kontrastligi orttiriladi. 
Faza kontrastik mikroskopiya usuli o‘rganilayotgan bo‘yalmagan 
tuzilmalarning bizga zarur bo‘lgan kontrastligini ta’minlaydi. Ob’ektni qancha 
yaxshi ko‘rish nurning qancha sinishiga bog‘liq. Yorug‘lik nuri ob’ektdan qancha tez 
o‘tsa, uning yoritilishi, demak, kontrastligi shuncha ortadi, binobarin, hujayra 
tuzilmalari ham shunga yarasha yaxshi ko‘rinadi. Hozirgi vaqtda hujayra va 
to‘qimalarni o‘rganishda faza kontrastli mikroskop keng miqyosda qo‘llanilmoqda. 
Bunda organizmdan ajratib olingan hujayralarni fiziologik eritmaga solib, uning 
nozik strukturasini kuzatish va mikroplyonkalarga tushirilgan surat orqali undagi 
barcha jarayonlarni batafsil o‘rganish mumkin. Bu metod yaltiroq preparatning turli 


qismlarini atrof muhitdan nur sindirish ko‘rsatkichi bilan farqlanishiga asoslanadi. 
Bunda preparatdan o‘tayotgan yorug‘lik turlicha tezlikda tarqaladi, ya’ni fazalarning 
siljishi yuz beradi. Faza o‘zgarishlari turli ko‘rinishdagi yorug‘lik to‘lqinlariga 
aylanadi, natijada ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan kontrastik tasvir hosil bo‘ladi. Faza 
kontrastik moslamani qo‘llash tirik hujayraning organoidlari, kiritmalari va boshqa 
qismlarini buzilmagan holda o‘rganishga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Interferension mikroskopiya. Bu metod faza kontrastik metodga o‘xshash bo‘lib, 
bo‘yalmagan yaltiroq ob’ektlarning kontrastik tasvirini hosil qilishda qo‘llaniladi. 
Shuningdek, bunda hujayraning quruq holdagi og‘irligini ham aniqlash mumkin. 
Buning uchun maxsus interferension mikroskop ishlatiladi. Yorug‘lik manbaidan 
kelayotgan nur tutami ikkita parallel shoxchalarga-yuqorigi va pastkilarga ajratiladi. 
Pastki shoxcha preparat orqali o‘tadi va uni yorug‘lik to‘lqinining fazasi o‘zgaradi, 
yuqorigi shoxchaniki o‘zgarmaydi. Preparatdan keyin, ya’ni ob’ktiv prizmasida har 
ikkala shoxcha birlashadi va o‘zaro ta’sirlashadi (interferensiyalashadi). Natijada 
turlicha qalinlikka va turlicha nur sindirish qobiliyatiga ega bo‘lgan preparatning 
qismlari turlicha bo‘yalgan holda ko‘rinadi. Bu mikroskop yordamida ob’ektning 
qalinligi, tarkibidagi quruq moddalar miqdori, suv, lipidlar, nuklein kislotalar va 
oqsillar miqdorini aniqlash mumkin.Bunda bo‘yalgan preparatda yadro-qizil, 
sitoplazma-zangori tusda ko‘rinadi.
Polyarizatsion mikroskopiya. Bu metod hujayra va to‘qimalarning turli 
strukturalarini qutblangan nurlarni sindira olishiga asoslanadi. Ba’zi strukturalar, 
masalan bo‘linish dukining iplari, miofibrillar, kiprikli epiteliyning kipriklari va 
boshqalar molekulalarning maxsus joylanishi bilan xarakterlanadi.Ular ikki xil nur 
sindirish qobiliyatiga ega bo‘ladigan anizotrop strukturalardir. Biologik 
mikroskopdan farq qilib kondensordan avval polyarizator qo‘yiladi. Preparatdan 
keyin esa, kondensator va tahlilator joylashtiriladi. U ob’ektning nur sindirishini 
o‘rganishga imkon beradi. Bu metod hujayradagi zarracha va boshqa strukturalarning 
ikki yoqlama nur sindirishi orqali aniq ko‘rishga imkon beradi. Preparatga maxsus 
ishlov berilgandan so‘ng hattoki, hujayraning u yoki bu qismini molekulyar 
tuzilishini ham aniqlash mumkin. Fluoressent mikroskopiya. Faza kotrastik 


mikroskopga o‘xshash fluoressentlyuminessent mikroskopiya ham tirik hujayrani 
o‘rganishga imkon beradi. Fluoressensiya deb ob’ektni o‘ziga yutgan yorug‘lik 
energiyasi paydo qilgan nurlanishiga aytiladi. Fluoressensiyani ultrabinafsha, to‘lqin 
uzunligi 0,27-0,4 mkm li spektrning ko‘k va binafsha nurlari yordamida hosil qilish 
mumkin. Hujayrada bo‘ladigan juda ko‘p moddalar o‘zlarining fluoressensiyasiga 
ega. Bu birlamchi fluoressensiya deyiladi. Masalan: yashil pigment-xlorofill, 
vitaminlardan A, V va boshqalar. Ammo, hujayrada bo‘ladigan ko‘pchilik 
moddalar o‘zlarining shaxsiy fluoressensiyasiga ega bo‘lmaydi. Bunday moddalar 
maxsus ishlov berilgandagina turli bo‘yoqlarga bo‘yalganday ko‘rinadi. Buni 
ikkilamchi fluoressensiya deb ataladi. Ikkilamchi fluoressensiya hosil qiladigan 
bo‘yoqlarni fluroxromlar deyiladi. Ularga to‘q sariq akridin, flyuoressin, rodamin va 
boshqalar kiradi. Bu metod nuklein kislotalarning joylashishini, hujayraning 
strukturalarining o‘zgarishini, uni tirik yoki o‘lik holda ekanligini bilishga imkon 
beradi. Preparatlarni to‘q sariq akridin bilan ishlanganda hujayradagi DNK yashil 
rangda, RNK esa qizil rangda ko‘rinadi .Ultrabinafsha mikroskopiya.Ultrabinafsha 
nurlar (UF) odamning ko‘ziga ko‘rinmaydi, shuning uchun ular bilan hujayra 
strukturalarini bevosita o‘rganib bo‘lmaydi. Hujayralarni UF nurlar yordamida 
o‘rganish uchun Ye.M.Brumberg (1939) ultrabinafsha mikroskop - MUF – 1 ni 
yasadi. Hujayraning tarkibiga kiruvchi har xil moddalar UF nurni sindirish 
xususiyatiga ega. Tirik yoki fiksatsiya qilingan bo‘yalmagan hujayralarda turli 
moddalar bunday mikroskopda bitta fotoplastinkaning o‘ziga 3 marta rasmga olinadi. 
Rasmga olish uchun UF to‘lqinining shunday uzunligi tanlanadiki, har bir zonada 
faqat bir xil moddani sindirish chizig‘i joylashadi. Boshqa zonadagi nurlarni 
sindirmaydi. Shuning uchun, ko‘ringan moddalar barcha rasmlarda turlicha bo‘ladi. 
Bu rasmlarni xromoskop deb ataluvchi asbobga joylashtiriladi. Bu asbob bitta rasmni 
ko‘k, ikkinchisini yashil, uchinchisini qizil nurlarda ko‘rsatadi. Natijada 
preparatning uch xil rangli tasviri hosil bo‘ladi, bular xromoskopda birlashtiriladi, bu 
oxirgi tasvirda hujayraning turli moddalari turli ranglarga bo‘yalgan bo‘lib ko‘rinadi. 
Bu mikroskop yordamida odatdagi biologik mikroskoplarda ko‘ringanga qaraganda 
ikki marta kichik (0,1 mkm) zarrachalarni ham ko‘rish mumkin. Ultrabinafsha 


mikroskop yordamida UF nurlarni sindirish miqdori asosida turli moddalarning 
hujayradagi miqdorini hisoblash mumkin.

Download 327,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish