2-mavzu. Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati va uning iqtisodiyotga ta’siri reja


“Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o’zaro



Download 22,55 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2022
Hajmi22,55 Kb.
#682060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat xaridi MI

 
3. “Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog’liqligi 
 
Har bir fanning metodi ob’ektiv borliqni, tabiat va jamiyatni rivojlanishni 
o’rganishda qanday yondashish lozimligini ko’rsatadi. Fanning o’z predmetini 
o’rganish usullari, vositalari uni metodi
3
ni ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning 
tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun - qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod t 
umumilmiy tavsifga ega, lekin xar bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib
o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va 
ayni vaqtda xususiy bo’ladi.
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Dialektik
uslubning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy xayotning barcha xodisalari va 
jarayonlari o’zaro bog’liqlikda va to’xtovsiz rivojlanishda qo’rib chiqiladi. 
O’zgarish 
va 
rivojlanishlar 
qarama-qarshiliklar 
qonuniyatlari 
asosida 
bo’lib,ob’ektiv haqiqat, haqiqiy borliq ifodalanadi deb qaraladi. Ya’ni, har bir 
jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar 
sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning paydo bo’lishiga, inkorni inkor qilish, 

3
Metod-grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, nazariyot, ta’limot va amaliyotlarni o’rganishdagi izlanishlar 
yo’li degan ma’noni anglatadi.  

qarama qarshilik kurashiga, eskini tugashi va yangi ilg’orjarayonlarni paydo 


bo’lish xususiyatiga ega bo’ladi. 
“Davlat xaridi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o’ziga xos tadqiqot 
usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: 
A) ilmiy abstraktsiya usuli - voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal berishi 
mumqin bo’lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib
o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli belgilarga e’tiborini 
qaratishdir . 
B) taxlil va sintez usuli – taxlil bu o’rganilayotgan bir butunni alohida 
qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa - hodisa va 
jarayonlarni qismlarga bo’lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir. 
S) mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli -tarixiylik dalili iqtisodiy 
fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib 
qo’yadi.Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida 
ro’y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, 
shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog’lanishlar bo’yicha xam tahlil qilinadi. 
“Davlat xaridi” fanini o’rganishda shuningdek, induktsiya va deduktsiya
taqqoslash, iqtisodiy-matematik usullardan ham foydalaniladi. Ta’kidlash joizki, 
bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini boshqarishda iqtisodiy-matematik 
usullardan keng foydalanilmoqda. Iqtisodiy-matematik usullarga korrelyatsion va 
regratsion tahlil usuli, integral usuli, chiziqli programmalashtirish, grafik usullar 
kabi 
usullar 
kiradi. 
Iqtisodiy-matematik 
usullar 
iqtisodiy 
axborotlarni 
kompyuterlarga kiritish, hisoblash va qayta ishlash, chuqur tahlil qilish, tegishli 
hisobot ma’lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma’lumotlarni qisqa fursatda mas’ul 
idora va tashkilotlarga yuborishda qo’llaniladi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmuni, ularda 
yuz berayotgan o’zgarishlar, ularning kelib chiqish sabablari aniqlanib va 
zaruriy xulosalarga  kelinadi
Hozirgi kunda davlat moliyasini isloh qilish sharotida iqtisodiy jarayonlar 
va munosabatlardagi o’zgarishlar har bir fan mazmunini sifat jihatdan yangilashni, 
tubdan qayta ko’rib chiqishni taqazo qilmoqda.
“Davlat xaridi” fani mazkur ob’ektiv talabdan kelib chiqqan aniq iqtisodiy 
fan bo’lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga 
rioya qiladi. Ya’ni, ko’pgina iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’likda bo’ladi.
Jumladan, “Davlat xaridi” fani “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan 
chambarchars bog’liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi”da iqtisodiy kategoriyalar va 
atamalarning mazmuni va mohiyati ochib berilsa, “Davlat xaridi” fanida ushbu 
iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning amal qilish mexanizmi o’rganiladi. 
Masalan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida “bozor” degan atamaning mazmuni nima 

ekanligi, uning turlari, ishtirokchilari haqida nazariy bilimga ega bo’lsak, “Davlat 


xaridi” fanida “bozor”ning hayotiy shakllari – yarmarka savdolari, birja savdolari, 
elektron auktsion savdolari, elektron katalog orqali savdolar, ochiq va yopiq 
tenderlar hamda ularni amalga oshirish tartibini o’rganamiz. 
“Davlat xaridi” fani “Moliya” fani bilan ham bog’liqdir. Masalan, “Moliya” 
fanining “Davlat byudjeti xarajatlari” degan mavzusida byudjet xarajatlarining 
tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi tushuntirilsa, “Davlat 
xaridi” fanida ana shu smetalarning uchinchi va to’rtinchi guruhlarida aks 
ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va moliyalashtirish mexanizmi o’rganiladi. 
O’zbekistonda davlat byudjetining g’azna ijrosi amal qilishi, yagona g’azna 
hisobraqamini yuritilishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari 
bo’yicha Hukumat Komissiyasining ishchi organi - O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining G’aznachiligi ekanligi, davlat xaridlari tizimida tuzilgan 
shartnomalarni, yuridik majburiyatlarni va ushbu shartnomalarni moliyalashtirish 
yuzasidan moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish, ularni moliyalashtirish 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy 
bo’linmalari tomonidan amalga oshirilishi bevosita “Davlat xaridi” fanini 
“G’aznachilik” fanini o’zaro bog’liqda o’rganishni talab qiladi.
Davlat xaridlari tizimida yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron 
auktsion savdolarining qo’llanishi, mazkur savdo turlari va ularning ishtirokchilari, 
savdolarga va undagi ishtirokchilarga qo’yilgan talablar yuzasidan etarli
ma’lumotga ega bo’lish uchun “Davlat xaridi” fanini o’rganishda “Moliya bozori” 
fanini ham puxta bilish talab etiladi. 
“Davlat byudjeti” fanida davlat byudjetining funktsional xarajatlari, byudjet 
so’rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan norma va 
normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish, byudjetdan 
moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar 
faoliyatidagi asosiy jarayonlarni o’rgatilishi “Davlat xaridi” fanini “Davlat 
byudjeti” fanini bevosita bog’ligini ko’rsatadi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan davlat 
xaridi tizimida xarid qilingan tovar(ish,xizmatlar) yuzasidan belgilangan tartibda 
buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni yuritishning zaruriyati “Byudjet 
hisobi” fanini ham “Davlat xaridi” fani bilan iqtisodiy aloqadorligini namoyon 
qiladi. 
Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg’armalar mablag’laridan oqilona va 
tejamkorlik asosida maqsadli foydalanganlik darajasi, davlat xaridi tizimini 
amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi, byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan moliyaviy qonunchilikka rioya etilishi 
ustidan davriy ravishda nazorat organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga 

oshirilib turilishi, “Davlat xaridi” fanining “Moliyaviy nazorat” fani bilan bevosita 


bog’liqligini ko’rsatadi. 
Shuningdek, “Davlat xaridi” fanida davlat xaridi tizimini baholash, 
o’tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni ma’lum bir davr bilan 
taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun “Iqtisodiy matematika” 
va “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan yaxshigina xabardor bo’lish talab etiladi.
Va nihoyat, “Davlat xaridi” fanida elektron auktsion savdolar va elektron 
katalog orqali savdolarini amalga oshirish va o’tkazishning tashkiliy 
mexanizmlarini yaxshi tushunish uchun “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” 
fanidan etarli ko’nikmaga ega bo’lish lozim. 

Download 22,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish