5
О проблемах управления государственными закупками в Республике Узбекистан и направлениях
совершенствования. Аналитическая записка. UNDP. Ташкент-2008
6
У.Бурханов. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf Davlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
“Davlat xaridi” fani boshqa fanlar singari o’ziga xos predmet, maqsad va
vazifalarga ega. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti byudjet tashkilotlari, byudjet va
byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun
tovar(ish,xizmatlar), sotib olish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlari xarid qilish va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar
narxlarini tartibga solish mexanizmi va jarayonlaridir.
“Davlat xaridi” fanining predmeti esa byudjet tashkilotlari, byudjet va
byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun
tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini xarid qilish va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar
narxlarini tartibga solish mexanizmidagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni
o’rganishdir. Fanning predmeti ana shu mexanizmni chuqur o’rganish, uni to’g’ri
tashkil qilishni ta’minlashdir. To’g’ri tashkil etish deganda davlat xaridi
munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olib,
ular o’rtasidagi zaruriy muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish
tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar manfaatini ochiqlik va
raqobatlilik tamoyillariga amal qilish zarur bo’ladi.
Demak, “Davlat xaridi” fanini chuqur o’rganish orqali amaliyotda davlat
byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet
tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’
oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib
olishga, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini optimal tarzda
xarid qilishga va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga va davlat siyosati talablaridan kelib chiqqan
holda tartibga solishga erishish mumkin.
Fanning maqsadi esa bo’lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni
talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va
mexanizmi, davlat xaridini tashkil etish hamda narxlarni tartibga solish va
boshqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol
yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning Davlat xaridi tizimi bo’yicha nazariy-amaliy
bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi esa talabalarga davlat xaridining iqtisodiy ahamiyati;
davlat xaridining predmeti va sub’ektlari; davlat xaridini tashkil etish modellari;
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh etish borasida hukumat
tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar; xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi
bo’yicha shartnomadan ko’zlangan maqsad; O’zbekiston Respublikasida Davlat
xaridini tashkil etish jarayoni; davlat xaridini rejalashtirish; davlat xaridini tashkil
etish shakllari; shartnomani tuzish va ijro etish; davlat xaridini nazorat tizimi,
baho, talab va taklif xususiyatlari, ularning shakllanishini o’rganish; narxlarini
shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini, uslublarini o’rganish; narxning
shakllanishiga xarajatlarning va daromadlarning ta’sirini o’rganish; iqtisodiyot
tarmoqlarida narx shakllanish xususiyatlari bilan tanishish; davlatning narx
siyosati haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |