3-savolning bayoni:
Neolit inqilobi davrida dastlabki sivilizatsiyalarga asos bo’lgan ilk
dehqonchilik majmualari yoki ilk dehqonchilik madaniyatlari vujudga
keldi. Neolitda ilk dehqonchilik madaniyatlari shakllangan va
rivojlangan bir nechta markazlar yuzaga keldi. Yaqin Sharqdagi Iordan-
Falastin majmuasi alohida madaniy mintaqani tashkil etdi. O’lik
dengizdan shimolda, Iordan daryosi vodiysida Tell-as-Sulton tepaligi
joylashgan. Ushbu tepalik Bibliyada tilga olingan, m.a. VIII-VII ming
yilliklarda mavjud bo’lgan sopolsiz neolit manzilgohi bo’lmish Iyerixon
qoldig’idir.
Ushbu madaniyat natufiya madaniyati an’analari asosida
shakllangan. Sopolsiz neolit A manzilgohi 4 ga maydonni egallagan va
haqiqiy ilk dehqonchilik manzilgohi bo’lgan. Iyerixonni o’rab turgan
to’rt metr balandlikdagi tosh devorga balandligi 8 metr va diametri 7
metr bo’lgan dumaloq tosh minora tutashib turgan. Mudofaa
inshootlarining mavjudligi nafaqat o’sha davrda turli qabilalar
o’rtasidagi murakkab ziddiyatli holatdan, balki yetarlicha moddiy
boyliklarning to’planganidan ham dalolat beradi. Iyerixon B davridagi
xom g’ishtdan barpo etilib, poli ohak bilan suvalgan, devorlari qizil va
qaymoqrangga bo’yalgan to’rtburchakli uylar yangi davrning o’ziga xos
xususiyati - aholining farvon hayot kechirganligidan dalolat beradi.
ichik Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati rivojlangan alohida
markazdir. Kichik Osiyoning janubi-g’arbidagi Xojilar manzilgohi m.a.
VIII asr oxiri – VII asr boshlariga oid quyi qatlamlaridan poli va
devorlari puxtalik bilan tekislangan va pardozlangan paxsa imoratlar
topilgan.
Hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan Cheyyunyu Tepasida
m.a. VIII ming yillikda tosh poydevorli, xom g’ishtdan qurilgan ikki
qavatli uylardan iborat manzilgoh paydo bo’lgan. Yuqori qavatda turar
joy xonalari, pastda omborxona va ustaxonalar joylashgan. Iyerixon
singari, bu yerda ham poli ohak bilan tekis suvalgan, bo’yalgan qulay
uylar jihozlarga ega. Sopol haykalchalar yasalgan, biroq spool idishlar
uchramaydi.
Aholi ovchilik, ziroatchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan.
Cheyyunyudan topilgan tosh motigalar Old Osiyoning boshqa yerida
uchramaydi. Va nihoyat, bu yerdan mis metallurgiyasining eng qadimgi
21
izi – malaxit (mis rudasi) parchalari, sof mis va mayda mis buyumlar
topilgan.
M.a. VII ming yillikning ikkinchi yarmida Kunya vodiysining 12-
13 gektar yerida vujudga kelgan Chatal Xuyuk manzilgohi atrofdagi 20
ga yaqin manzilgohlarning markazi bo’lgan. Aholisi 2-5 ming kishidan
iborat bo’lgan manzilgohda uylar xom g’ishtdan barpo etilgan. Aholi
chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bu dehqonchilik
markazida 14 turga yaqin o’simlik yetishtirilgan, shu jumladan bir necha
bug’doy turlari, arpa, no’xat, pista va bodom yog’i va h.k. ishlab
chiqarilgan. Chatal Xuyukda san’at va farovonlik taraqqiy etganligini
uylarning jihozlari, devoriy suratlar, pardoz buyumlari, haykalchalar,
taqinchoqlarda ko’rish mumkin. Nisbatan kam sonli sopol idishlar
o’rninu yog’och idishlar to’ldirgan.
Ilk dehqonchilik madaniyatlarining uchinchi markazi Shimoliy
Mesopotamiya va G’arbiy Eronning unga tutash viloyatlari bo’lgan. Bu
yerda m.a. VII-VI asrlarda Jarmo madaniyati rivojlangan. Bu madaniyat
yodgorliklari qatoriga 1950 yilda ochilgan Jarmo manzilgohining o’zini,
shuningdek Zagros tog’ining Iroq hududida topilgan Tell-Shamshir,
Eron hududidan topilgan Sorab Tepa va Guran Tepalarni kiritish
mumkin. Bu hududlar aholisi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan,
tosh poydevor ustida barpo etilgan xom g’ishtli mustahkam uylar
fikrimiz dalilidir. Alohida manzilgohlar minorali mudofaa istehkomlari
va darvozalarga ega bo’lgan. Ularning aholisi bug’doy, arpa, no’xat va
yasmiq yetishtirgan, shuningdek echki, qo’y va cho’chqalar boqishgan.
Kam sonli sopol idishlardan tashqari turli tosh idishlardan ham
foydalanilgan. Bu yerda ilk bor bizga tanish egri shakldagi o’roq
uchraydi.
Markaziy Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan
markazlardan biridir. Turkmanistondagi Joytun dehqonchilik madaniyati
Markaziy Osiyodagi ilk dehqonchilik madaniyatining eng qadimgi va
eng nodir yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Ashxobod shahridan 25 km
shimolda joylashgan bu ibtidoiy manzilgoh bir necha uylardan tashkil
topgan bo’lib, uylarning maydoni 25—30 kv. m ni tashkil etadi. To’g’ri
to’rtburchak shaklidagi uylar maydalangan somon qo’shilgan paxsadan
qurilgan va bo’yalgan. Ularning yonida omborxona, saroy va xo’jalik
uchun zarur o’ralar ham bor. Joytunliklar miloddan oldingi, VI—V ming
yilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman esa
ovchilik bilan shug’ullanganlar. Joytun xarobalaridan bug’doy, arpa
izlari, yorma tosh, tosh qurollar,
22
munchoqlar, urchuq, taqinchoqlar, hatto shaxmat-shashka donalariga
o’xshash buyumlar ham topilgan. Joytundagi uylardan loydan ishlanib,
pishirilgan odamlar va hayvonlarning haykalchalari topilgan.
Belujistonning tog’li hududlarida ochilgan Mexrgarx (Mergar)
manzilgohi m.a. VI m.y. oid. Dastlabki bosqichlarda bu yerda dehqonlar
va ovchilar xo’jaligi mavjud bo’lgan, u qisman termachilik bilan
to’ldirilgan. Mustahkam paxsa uylarda yashagan Mexrgar aholisi feruza
va chig’anoqlardan taqinchoqlar yasagan, nisbatan kechroq paydo
bo’lgan sopol idishlarni yorqin naqshlar bilan bezagan.
M.a. VI—V m.y. da Gang vodiysidagi kichikroq manzilgohlarda
yashagan qabilalar ovchilik va termachilik bilan shug’ullangan,
chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar va relyefli bezak berilgan qo’pol
sopol idishlardan foydalangan. Sopol bo’laklarida xonakilashtirilgan
sholi izlari topilgan. Biroq mehnat qurollari rivojining va ijtimoiy
tashkilotning past darajasi murakkab sug’orma dehqonchilikning
taraqqiyotiga to’sqinlik qilgan.
Neolit davridagi ilk dehqonchilik markazlari qatorida Bolqon,
Moldaviya, Ukrainaning janubi-g’arbi, Kavkaz, Xuanxening o’rta oqimi
(Yanshao madaniyati) ni ko’rsatish mumkin.
Aynan
ilk
dehqonchilik
madaniyati
mintaqalarida
ilk
sivilizatsiyalar yuzaga keldi. Hamma joyda ham ilk dehqonchilik
jamiyatlari taraqqiyoti tez va mustaqil ravishda sivilizatsiyalarning
shakllanishi bilan tugallanmadi. Bu hodisa dehqonchilik ayniqsa
mahsuldor va ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari yuqori bo’lgan joylardagina
sodir bo’ldi.
Neolit davrida dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishi bilan Yer
yuzi aholisi 15 marta o’sdi, bu insoniyat tarixidagi birinchi demografik
inqilobdir.
Neolit davrida me’morchilik, hunarmandchilik taraqqiy etdi.
Neolit davri odami o’z atrofini chiroyli narsalar bilan o’rashga harakat
qila boshladi. Ovchi, dehqon va chorvador qabilalarda dekorativ
an’analar ularning turmushi va mashg’ulotni aks ettirgan holda turlicha
edi. Neolit inqilobi natijasida moddiy madaniyat birinchi planga chiqdi,
ma’naviy madaniyat esa madaniyatdagi moddiy omillarning jiddiy ta’siri
ostida go’yo ikkinchi darajali hodisaga aylandi. Neolit davri san’atida
tushkunlik kuzatiladi. Paleolit davrining realistik san’atidan farq qilgan
holda u shartli-sxematikdir.
Ishlab chiqaruvchi xo’jalikning rivojlanishi jonli va jonsiz tabiat
haqida bilimlarning to’planishi va ilk tizimlashuviga imkon berdi.
23
Neolit davri diniy e’tiqodlari markazida tabiat kuchlari, ayniqsa Quyosh
va yer turar edi. Neolit davri diniy e’tiqodlari murakkablashdi, turli
me’yorlar va ta’qiqlar paydo bo’ldi.
Neolit so’ngida ma’lumotni saqlash va uzatishning og’zaki
usulidan yozma usuliga o’tish boshlandi, rasmli piktografik yozuv
vujudga keldi. Haqiqiy yozuv esa keyinroq, sivilizatsiyaning belgisi
sifatida vujudga keldi. Taraqqiyot sari harakat qilayotgan insoniyat
sivilizatsiyaning birinchi pillapoyalariga qadam qo’ydi: ilk shahar
tipidagi manzilgohlar, mahobatli me’morchilik, yozuv paydo bo’ldi.
M.a. IV ming yillikda insoniyat metall asriga qadam qo’ydi.
Insoniyat dastlab qo’llagan metall mis edi. Misdan foydalanishning
boshlanishi insonlarga juda katta imkoniyatlar berdi. Eneolit yoki
xalkolit davrida insoniyat xo’jalik faoliyatining barcha tarmoqlari rivoj
topdi va bu jarayon ishlab chiqarish texnologiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy
hayotdagi yirik o’zgarishlar, savdo ayirboshlashi va qabilalararo harbiy
to’qnashuvlar kuchayishi bilan birgalikda kechdi. Natijada ilk
dehqonchilik dunyosi asta-sekin sivilizatsiyaga o’ta boshladi.
Ammo urug’chilik jamoasidan sivilizatsiyaga o’tish taqsimlangan
jamiyatda (mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish taqsimoti, jamiyat
taqsimoti va h.k.) sodir bo’ldi, bu esa ilk dehqonchilik dunyosining
tabiatiga zid edi. Mis – tosh davri eski urug’chilik an’analarini saqlab
qolagnn holda, insonlar oldida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Shu
tufayli eneolit davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida
beqarorlik, noturg’unlik, tartibsizlik va insoniyat tarixiy taraqqiyoti
dinamikasining notekisligini ko’rsatish mumkin.
Sivilizatsiyaga o’tish davrida ma’lumot hajmining ko’payishi, uni
saqlash va uzatishning yangi shaklini topish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
M.a. IV-III ming yilliklarda Shumerda yozuvni yaratishga ilk qadam
qo’yildi. Buyumlarni va miqdorni tasvirlash uchun piktogrammalar
(yoki suratli yozuv) qo’llanilgan. Piktogrammalar shartlilashib, abstrakt
ramzlarga aylanib borib alohida so’z yoki bo’g’inlarni anglatuvchi
ideografik yoki logografik yozuvni vujudga keltirdi. Yozuvning vujudga
kelishi sivilizatsiya yo’lidagi muhim qadam, ibtidoiy insoniyat ma’naviy
taraqqiyotining eng yuksak cho’qqisi bo’ldi.
Nazorat uchun savollar:
1. Insoniyatning kelib chiqishi muammosiga sizning munosabatingiz?
24
2.
Ibtidoiy insonlar ma’naviy dunyosining shakllanishiga ta’sir
ko’rsatgan omillar?
3.
Neolit inqilobining sivilizatsiya poydevorining yaratilishida tutgan
o’rniga baho bering.
Nima uchun aynan eneolit davrida sivilizatsiyaga o’tish sodir bo’ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |