2-mavzu: Chinnigulkabilar (Caryophyllidae)sinfchasi. Raʼnokabilar (Rosidae) sinfchasi. Burchoqlar (Fabales) tartibi



Download 312,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana17.07.2022
Hajmi312,18 Kb.
#812360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-maruza 8e02b9627b60ae8b84bb9e9dbdaf1d87

Astragal
(Astragalus) turkumining 2.000 dan ortiq turi yer kurrasining 
Avstraliyadan tashqari barcha qit’alarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi 
Shimoliy yarim sharning subtropik mintakasida, xususan, O‘rta yer dengizi 
viloyatlarida, Markaziy Osiyoda tarqalgan. 
O‘rta Osiyo bu o‘ziga xos polimorf turkumning tarqalish markazlaridan biri 
hisoblanadi. Bu o‘lkada astragallarning 600 dan ortiq turi keng tarqalgan bo‘lib, 
uning 350 turi shu tuman endem o‘simliklaridan hisoblanadi. Janubiy O‘zbekistonda 
astragallarning 140 turi tarqalgan. Bu O‘zbekistonda o‘sadigan astragallarning 55% 
ni tashkil etadi. Ularning asosiy qismi adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida tarqalgan 
bo‘lib, muhim yem-xashak o‘simliklardan hisoblanadi. Tosh va shag‘al aralash tog‘ 
oldi va tog‘ zonalarida o‘suvchi balandligi 30-60 sm keladigan Isfahon astragali 
(Astragalus isphaganicus), balandligi 30-80 sm ga qadar bo‘lgan ko‘p yillik Boysun 
astragali (A. boisunensis), balandligi 70-120 sm bo‘lgan mevali astragal, (A. 
retamocarpus), Sivers astragali (A. siversianus), yaylovlarda keng tarqalgan 


Massagetov astragali (A. massagetovii),. Shugnan astragali (A. schugnanicus) va 
Shut astragali (A. Schutensis) deyarli barcha zonalarda uchraydigan bir yillik 
astragallardan. Shmalgauzen astragali (A. schmalhausenii), o‘roqsimon astragal (A. 
harpilobus), 
ilonsimon 
astragal 
(A. 
vicarius), 
qarmoqsimon 
astragal 
(A.campilotrichus), kunjutsimon astragal (A. sesamoioles), ingichka poyali astragal 
(A. filicaulis) kabilarini ko‘rsatish mumkin. 
Astragallar O‘zbekiston o‘simlik qoplamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Ular cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida keng tarqalgan. Oqsilga boy muhim 
yem-xashak o‘simliklari, cho‘lda bahor oylarida, adir, tog‘ va yaylovlarida yoz 
oylarida muhim oziqabop ekin hisoblanadi. 
Beda
(Medicago) turkumning 100 ga yaqin turi har ikkala yarim sharlarning tropik 
qismida, O‘rta yer dengizi floristik viloyati Yevropa, Kavkaz, O‘rta Osiyoda keng 
tarqalgan. Hamdo‘stlik davlatlarida 36 turi, shu jumladan, O‘rta Osiyoda 23 turi, 
O‘zbekistonda 11 turi tarkalgan. 
Bedalar muhim oziqabop bir va ko‘p yillik yem-xashak o‘simligi hisoblanadi. 
O‘zbekistonda bedalarning madaniy beda (Medicago sativa), sariq yoki o‘roqsimon 
beda (M. Falcata), M. tianschanica, M. transexana kabi ko‘p yillik, Medicago 
orbicularis, M. lupulina, M. rigidula, M. minima kabi bir yillik turlari cho‘l, adir, 
tog‘ oldi va tog‘ zonalarida keng tarqalgan. 
Bedaning madaniy turlari chorva mollarini boqish uchun ekiladi. Ayniqsa, uning 
ikki turi — Medicago sativa (
23-rasm
) va M. falcata muhim xo‘jalik ahamiyatiga 
ega. 
Burchoq
(Lathirus) turkumi. Ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simlik, barglari juft 
patsimon, uning oxiri mo‘ylov bilan tugaydi. Changchilari tutashib, nay shaklini 
hosil qiladi, mevasi dukkak. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 50 dan ortiq, shu 
jumladan, O‘rta Osiyoda 17 turi ma’lum. E’tiborga molik turlaridan, tosh va shag‘al 
aralash mayin tuproqli tog‘ yonbag‘irlari, daryo irmoqlari, madaniy o‘simliklar 
orasida o‘sadigan no‘xatsimon burchoqni (L. cicera), madaniy o‘simliklar orasida 
yovvoyi begona o‘t sifatida o‘suvchi Osiyo burchog‘ini (L. asiatica), dengiz sathidan 
2.500-3.000 m balandlikda toshloq va butazorlarda o‘sadigan mulkam burchog‘ini 
(L. mulkak) ko‘rsatish mumkin. 

Download 312,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish