2-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari Reja



Download 39,17 Kb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi39,17 Kb.
#765573
  1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу. Маъруза


2-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari
Reja:

  1. Ontologiya - borliq haqidagi ta’limot. Borliqning tuzilishi va shakllari.

  2. Falsafaning bilish nazariyasi. Ilmiy bilishning o‘ziga xos hususiyatlari.

  3. Metod tushunchasi. ilmiy bilish metodlari.

  4. Falsafada qonun tushunchasi. Tabiat va jamiyat qonunlari. Falsafa fanining qonunlari.

  5. Kategoriya. Falsafa fani kategoriyalarining mohiyati va xususiyatlari.

Adabiyotlar:
1.Falsafa o‘quv qo‘llanma. E.Yusupov 1999 y 216-239- bet.
2.J.Tulenov.dialektika nazariyasi.t.”O‘z-n” 2001-y 103-124-bet.
3.”Falsafa asoslari” –T.”o‘z-n” 2005-y 145-155-bet.
4.I.Karimov.”falsafa fani tarixi va nazariyasi”-T.2007-y.172-174-bet.
5.Falsafa ensiklopedik lug‘at.-T. 2010-y.
Tayanch tushunchalar: qonun, qonuniyat, progres, regress, konsensus (kelishuv), kategoriya, ayrimlik, xususiylik, umumiylik, sistema, stuktura, element, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, determinizm.

1. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi -ontologiya deb ataladi.( bu tushunchani birinchi bo‘lib x.volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning anashu qismi o‘rganadi.


Ilmiy falsafa nuqtai – nazaridan borliq tushunchasi, insonga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudbo‘lgan ob’ektiv olamni ifodalash, aks ettirish uchun ishlatiladi.
Borliq – olam va harqanday turdagi mavjudlikni ifodalaydigan falsafiy kategoriya. Ya’ni abstraktsiya (mavhum) bo‘lib mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni qamrab oluvchi o‘ta keng tushuncha.
Borliqning 4 shakli bir-biridan farqlanadi: tabiiy borliq, ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i.
Tabiiy borliqqa tabiat tabiiy yaratilgan borliq tushuniladi. ma’naviy borliqqa inson tomonidan yaratilgan qadriyatlar majmui-ya’ni madaniyat, til, ilm fan kabilar kiradi. Ijtimoiy borliq jamiyat hodisalarining barcha turlarini qamrab oladi. Inson borlig‘iga esa muayyan bir ijtimoiy guruh, tabaqa sinfga mansublik, o‘zligini anglay biladigan shaxslar kiradi. Borliqning atributlari, muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo‘ladi. Borliqning bir qancha atributlari mavjuddir. ular harakat, fazo vaqt, in’ikos va boshqalar.
Materiya-borliqdagi moddiy narsalar xodisalar va jarayonlarning umumiy hususiyatlarini ifodalovchi falsafiymavhum tushuncha. Materiya modda va maydon ko‘rinishiga ega. Atom va malekulalar materiyaning moddiy ko‘rinishi, elektramagnit maydon, yadro maydoni, gravitattsion maydon esa materiyaning maydon ko‘rinishlaridir. modda va maydon bir-biriga o‘tib turadi.
Harakat deb-olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. harakat rivojlanishda o‘z aksini topadi. rivojlanish progres tushunchasida ifodalanib quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab borishni anglatadi, regress esa uning aksi bo‘lib, orqaga qaytishni anglatadi. Harakatning beshta turi bor.
- mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi)
- fizik harakat (issiqlik, yorug‘lik, elektramagnit maydon siljishi)
- biologik harakat (organik hayotdagi o‘zgarishlar)
- ximiyaviy harakat (ximiyaviy birikish va parchalanish)
- ijtimoiy harakat (jamiyatdagi o‘zgarishlar)
Fazo vaqtning muay lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini aks ettiradi. ya’ni fazo narsalarning ko‘lamini, hajmini, o‘zaro joylashish tartibini ifodalaydi. Olamdagi, tabiatdagi barcha narsalar uzinligi, kengligi, bilan farqlanadi. ularning har-biri bir-birga nisbatan yaqin yoki uzoq, chap yoki o‘ngda joylashadi.bularning hammasi fazo tushunchasida ifodalanadi. Fazo so‘zi o‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan bo‘lib joy, ko‘lam degan ma’noni ifodalaydi.
Vaqt fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibining davomiyligini ifodalaydi. Xar bir narsa o‘z o‘tmishi, xoziri, kelgusiga ega. narsa hodisalarning ba’zi birlari avvalroq, boshqalari keyinroq bo‘ladi. Bular esa vaqt tushunchasida ifodalanadi. Vaqtning muhim hususiyati uning bir o‘lchovliligida, qaytarilmasligidadir.
2. Insonning o‘zini qurshab turgan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri – bilishdir. bilish deb – voqelik jarayonlarining inson ongida in’ikos etilishiga aytiladi.
Falsafaning bilishni o‘rganadigan bo‘limi – gnosealogiya deb ataladi. Gnosealogiya grekcha so‘z bo‘lib gnosez – bilish logos- ta’limot bilish to‘g‘risidagi ta’limot ma’nosini ifodalaydi. Bu tushunchani ilmiy muomalaga J. Ferer tomonidan kiritilgan. Falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, qarashlar ilgari surilgan.
Agnostitsizm – inson bilishiga shubxa bilan qarovchi falsafiy ta’limot. ular inson dunyoni bilishga qodir emas degan g‘oyani ilgari suradi. D. Yum, I. Kant.
Gnostitsizm – inson hamma narsani bilishga qodir deb biluvchi falsafiy ta’limot. Ular insondan, uning ongidan tashqarida dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimizni bila olamiz, degan fikrlarni aytgan.
. Bilish muammosining falsafada qo‘yilishi:
Demokrit – olamni bilish va haqiqatga erishish mumkin degan g‘oyani ilgari suradi.
Aristotel – tabiat bilish va xis qilish manbai. sezgi – ayrim narsalarni xis etadi., tafakkur narsalarning umumiy tomonlarini idrok etadi.
Abu Nasr Farobiy – inson barcha bilimlarni tashqi olamdan oladi, u idrok,sezgi, xotira, mantiqiy tafakkur orqali voqelikni biladi.
Frensiz Bekon – olamni bilish mumkin. bilish sezgidan boshlanadi. bilishning manbai – tajriba. Olim bilishning induktiv metodini ishlab chiqqan.
Rene Dekart – bilishning birdan bir manbai tafakkur. Olim bilishda ratsionalizm g‘oyasini ilgari surgan.
David Yum – inson real voqelikni bila olmaydi. u faqat o‘z sezgilarini bila oladi.
Immanuel Kant – u inson bilish mumkin bo‘lgan hodisalar olamini “narsa biz uchun” deya nomlaydi. “Narsa o‘zida”ni inson bila olmaydi deb hisoblaydi.
Avvalo bilishni ikki turga: xissiy va aqliy bilishga ajratish mumkin.
- hissiy bilishga (sezgi, idrok, tasavvur) kiradi.
- aqliy bilishga (tushuncha, hukm, xulosa) kiradi.
Sezgi – insonning beshta sezgi analizatorlari yordamida olamni anglashi, bilishi nazarda tutiladi.
Idrok sezgi vositalari yordamida olingan bilimlarni qayta sintez qilish jarayonida xosil bo‘ladi. ya’ni idrok – borliqdagi narsa va xodisalarni yaxlit xolda, bir butun ko‘rinishda, ularning xamma asosiy tashqi belgi va hususiyatlarini umumlashtirgan xolda in’ikos etishdir. Idrok predmet va xodisalarning bir butun yaxlit obrazidir.
Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazidir.
Bilishni oddiy (kundalik) va ilmiy (nazariy) bilishga ajratish mumkin.
Oddiy bilish kishilarning hayotida predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va tafakkuri orqali bilishdir.
Nazariybilish predmet va hodisalarning mohiyatini, qonuniyatlarini blishdir.
ilmiy bilish – predmet va xodisalarning qonuniyatlarini, uning mohiyatini bilishdar. Ilmiy bilish muayyan olim yoki tadqiqotchi tomonidan olib boriladigan izlanishlar asosida amalga oshiriladigan, uzoq davom etadigan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy bilish olamni chuqur, atroflicha o‘rganishni talab qiladi. ilmiy bilish natijalari ilmiy bilimlarda, fan mazmunida o‘z ifodasini topadi.
Ilmiy bilish darajalari 2 ga bo‘linadi.
- empirik bilish metodi - kuzatish, tajriba, o‘lchash.
- nazariy bilish metodlariga - tarixiylik, mantiqiylik, modellashtirish.
Ilmiy bilish shakllariga:
- ilmiy dalil
- ilmiy muammo
- ilmiy tahmin

3. Ilmiy fakt dalillarga, uni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to‘plashning o‘ziga xos usullari bo‘lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi. Ilmiy bilish metodlarini o‘rganadigan maxsus soha metadalogiya deb ataladi. Ilmiy bilishning metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra:


1) eng umumiy ilmiy metodlar
2) umumiy ilmiy metodlar
3) xususiy ilmiy metodlarga bo‘linadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos usullari xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan: anketa so‘rovi, hujjatlarni o‘rganish sotsiologiya faniga xos bo‘lgan ilmiy metod.
Umumiy ilmiy metodlar barcha fanlarga xos bo‘lgan metodlar. bunga analiz va sintez, umum lashtirish va mavxumlashtirish, induktsiya va deduktsiya kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo‘lib, u barcha fanlar uchun metadalogiyadir. Dialektik uslub xususiy fanlar erishgan yutuqlardan foydalanib ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular bir-birini to‘ldiradi va boyitadi.
Olamni ilmiy bilishning tarixan shakllangan bir qancha uslublari mavjud bo‘lib, bularga: dogmatik, sofistika, metafizika, dialektika, sinergetika kabi ta’limotlarni ko‘rib o‘tishimiz mumkin.

Download 39,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish