2. Axborot texnologiyalaining rivojlanish bosqichlari Kishilik jamiyati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kasbiy koʻnikmalar asosan shaxsiy namuna koʻrsatish bilan “Men kabi harakatlan” tamoyili asosida boshqalarga uzatilgan. Axborotlarni uzatish shakli sifatida diniy (ritual) oʻyin va qoʻshiqlardan foydalanilgan. Axborot texnologiyalari rivojlanishining birinchi bosqichi axborotlarni moddiy tashuvchilarda uzoq saqlash usullarini yaratilishi bilan bogʻliq.. Oy kalendari, oʻlchov uchun turli xil kesik va belgilar 20-25 ming yillar avval suyaklarga oʻyib tasvirlangan. Moddiy ob’ektlarga ishlov berish va axborotlarni roʻyxatga olish vositalarini paydo boʻlishi orasidagi davr tahminan million yillar atrofida hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, insonlarni axborot shakllari bilan ishlash davri sivilizasiya mavjudligining bor yoʻgʻi 1 %ni tashkil qiladi. Bundan abstrakt axborot masalalarini echish uchun axborotlarni moddiy ob’ektlardagi tasvirlar koʻrinishida taqdim etish holatlarida bir zumda inson samaradorligi ortib ketishi sabablari ma’lum boʻladi. Axborot texnologiyalari rivojlanishining ikkinchi bosqichi tahminan 6 ming yil avval boshlangan va yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yozuv davrining belgili axborotlarni moddiy tashuvchilarda roʻyxatga olish texnologiyalari bilan ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday texnologiyalarni qoʻllash bilimlarni toʻplash va uzoq saqlashni amalga oshirishga imkon beradi. Bizga ma’lumki, axborotlar tashuvchi sifatida tosh, suyak, daraxt, papirus va qogʻozlardan foydalanilgan. Hozirgi kunda bu roʻyxatni magnit qoplama, suyuq kristal, optik tashuvchilar va yarim oʻtkazgichlar bilan toʻldirish mumkin. Bu davrda bilimlar asta sekinlik bilan toʻplanib borishi bilan birga axborotlarga kirish qiyinchiliklari ham mavjud boʻlgan. Qoʻlyozma nashrlar koʻrinishidagi bilimlar yagona nusxalarda saqlangan. Insoniyat koʻnikmalari fondidan foydalanishlar qat’iy alohida insonlar ixtiyorida boʻlib, ular monopol holda foydalanish huquqiga ega boʻlganlar, ayrim hollarda toʻplangan bilimlar va manfaatdor insonlar oʻrtasida vositachi boʻlganlar. Bu toʻsiq uchinchi boqichda olib tashlanib, bu 1445 yilda Iogann Guttenberg tomonidan yozma stanokni yaratilishi bilan bogʻliq. Kitobni paydo boʻlishi keng doiradagi insonlarga axborotlarga kirish imkonini berdi va birdaniga bilimlar tarmogʻi boʻyicha tizimlashtirilgan bilimlar toʻplanishini tezlashtirdi. Kitob nashr qilishni yaratilishi – birinchi axborot inqilobi deb tan olinadi.. Axborot texnologiyalari rivojlanishining toʻrtinchi bosqichi 1946 yilda axborotlarga ishlov berish mashinalarini paydo boʻlishidan boshlanadi. Bu mashina Pensilvaniya universitetida ishga tushirilgan birinchi EHM (ENIAC turidagi) hisoblanadi. Bu vaqtga kelib aholining katta qismi axborot sohasida band boʻlib boradi. Masalan, 1946 yilda AQSHda mehnatga yaroqli aholining 30 %, 1980 yilda - 45 %, hozirgi kunga kelib 60-70 % axborot sohasida band boʻlgan. Axborot texnologiyalari rivojlanishining beshinchi bosqichi 1982 yilda ISO – Xalqaro standartlar tizimini ochiq tizimlar oʻzaro hamkorligi etalon modelini e’lon qilinishi bilan bogʻliq. Hozirgi kunda egiluvchanlik, qulaylik va tashqi ta’sirlarga moslanuvchan xususiyatlarga ega optimal axborot texnologiyalari boshqaruv ishlarini samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanib, bu texnologiyalar axborotlar va hisoblash texnikalari bilan malakali ishlash koʻnikmalarini talab qiladi.
Axborot texnologiyalari - xisoblash texnikalari vositalaridan foydalanish bilan tashkiliy tuzilmada axborotlarni toʻplash, olish, saqlash, ishlov berish, tahlil va uzatish funksiyalarini amalga oshiruvchi jarayonlar toʻplamidir yoki boshqacha aytganda axborotlar aylanmasi va ishlov berish hamda bu jarayonlarni yoritib beruvchi jarayonlar toʻplamidir. ATda ma’lumotlarga ishlov berish u yoku bu usulini tanlashda boshqariluvchi ob’ekt va boshqaruv tizimi bilan bogʻliq juda katta miqdordagi omillar ta’sir etadi. Ma’lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonlarini qurib olishda mumkin boʻlgan variantlar soni katta ahamiyatga ega boʻladi. SHuning uchun bu jarayonlarni oʻrganish va loyihalashtirishni engillatish maqsadida jarayonlarni bir nechta guruhlarga ajratib olish maqsadga muvofiq boʻladi. Bunda hisoblash tizimlarining ma’lumotlarga ishlov berish tartiblari guruhlashtirishga tabiiy holda ta’sir etadi. SHuning uchun hisoblash tizimining ishlash tartibi va foydalanish tartiblarini ajratish olish maqsadga muvofiq boʻladi.