S = Sp + Sg + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg„armalar;
Sg - davlat jamg„armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg„armalari.
Bunda xususiy jamg„armalar daromadlar (Y), transfert to„lovlari (TR), davlat
zayomlari bo„yicha foizlar yig„indisidan (N) soliqlar (T) va iste‟mol (C) xarajatlari
yig„indisini ayirish natijasiga teng bo„ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) – C
Davlat jag„marmalari quyidagi miqdorga teng bo„ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar
davlat jamg„armalari nolga teng bo„lsa, davlat budjeti
muvozanatlashgan, jamg„arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT)
bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg„armalari tashqi dunyoning bizning importimiz
hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan
harajatlarini ayirib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |